Jamiyat

Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
14 oktabr 2022, 14:26

Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urildi, buning oqibatida konstruksiya mashinaning o‘rtasidan teshib o‘tdi. Ikki erkak va uch ayol voqea joyida vafot etdi.

Samarqandda avtobus haydovchisi hamkasbi bilan janjallashib, uni bosib ketdi
14 oktabr 2022, 12:30

Samarqandda avtobus haydovchisi hamkasbi bilan janjallashib, uni bosib ketdi

Samarqandning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida avtobus haydovchilari janjallashib qoldi. Haydovchilardan biri harakatni boshlagan avtobus yon oynasiga osilib oldi. Oqibatda u avtobus tagiga yiqilib, vafot etdi.

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»
14 oktabr 2022, 12:00

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»

Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi
14 oktabr 2022, 11:28

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi. Harorat +29 darajagacha yetishi mumkin. Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Xitoyning Exeed kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
14 oktabr 2022, 10:39

Xitoyning Exeed kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Xitoyning Exeed avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2023 yil boshida mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Ohangaronda bir guruh shaxslar 16 gektar yerni $1,4 mln evaziga sotishda gumonlanmoqda
14 oktabr 2022, 10:21

Ohangaronda bir guruh shaxslar 16 gektar yerni $1,4 mln evaziga sotishda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tong vaqti Toshkent tumanida ikki marta zilzila qayd etildi
14 oktabr 2022, 10:10

Tong vaqti Toshkent tumanida ikki marta zilzila qayd etildi

Qozog‘istonning Toshkentga yaqin bo‘lgan hududida tongi soat 04:39 va 05:16 da ikki zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Toshkent tumanida sezildi.

Ikkita YTHda bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi
14 oktabr 2022, 09:39

Ikkita YTHda bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi

Jizzaxda yuz bergan YTHda Cobalt traktor tirkamasiga urilishi oqibatida mashinada bo‘lgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, haydovchi va uch nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlandi. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan avariyada esa ikki nafar voyaga yetmagan shaxs jabrlandi, ulardan biri mashina boshqaruvida bo‘lgan.

13 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 oktabr 2022, 22:00

13 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilishi, Samarqandda ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamalgan «mulla», MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi, 2030 yilda 41 mlndan oshadigan aholi, nobud bo‘lgan timsoh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Chirchiqda 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarga hujum qildi
13 oktabr 2022, 17:59

Chirchiqda 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarga hujum qildi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 nafar shartnoma asosida ishlaydigan harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga urindi. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan jinoyat ishi ochildi. Ular tergov davomida gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, 1 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

«O‘zmilliybank» yolg‘on xabarlardan ogohlantirdi
13 oktabr 2022, 17:00

«O‘zmilliybank» yolg‘on xabarlardan ogohlantirdi

Firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida «O‘zmilliybank» kartadagi pul mablag‘larini himoya qilishga yordam beradigan qoidalar bilan o‘rtoqlashdi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi «Imkoniyatlar markazi» tashkil etiladi
13 oktabr 2022, 16:54

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi «Imkoniyatlar markazi» tashkil etiladi

2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda «Imkoniyatlar markazi» faoliyati tashkil etiladi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.

Hafta boshida sovuq va nam havo kirib keladi — O‘zgidromet
13 oktabr 2022, 15:51

Hafta boshida sovuq va nam havo kirib keladi — O‘zgidromet

17 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18−19 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu kunlarda havo harorati 8−10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Video: Invento bolalarga maktabda moslashishga qanday yordam beradi
13 oktabr 2022, 15:00

Video: Invento bolalarga maktabda moslashishga qanday yordam beradi

Neyropsixolog Nafisa Usmonxo‘jayeva va maxsus ta’limga muhtoj bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassisi Kerri-Lin du Plassi bolalarga individual yondashuv va inklyuzivlikning muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
13 oktabr 2022, 14:46

WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

BAAning WizzAir Abu Dhabi loukoster aviakompaniyasi 13 dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi ko‘rsatilgan.

Buxoro aeroportini DXSH asosida boshqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda
13 oktabr 2022, 14:10

Buxoro aeroportini DXSH asosida boshqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Transport vazirligi va Uzbekistan Airports vakillarining Malaysia Airports Holdings Berhad (MAHB) kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Buxoro aeroportini modernizatsiya qilish va davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish uchun tadbirkorlarni jalb qilish mexanizmlari muhokama qilindi.

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimi kaltaklandi
13 oktabr 2022, 12:45

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimi kaltaklandi

Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportidan hayvonot bog‘iga jo‘natilgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi
13 oktabr 2022, 12:05

Toshkent aeroportidan hayvonot bog‘iga jo‘natilgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi

Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara…
13 oktabr 2022, 12:00 1

Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara…

21 oktabr… Tilimizni ulug‘lab ma’ruza o‘qidim, uning qadim va boyligi, dunyodagi boshqa hech bir tildan qolishmasligini dalillashga urindim. Go‘yo buni bilib olishsa, ish pishadiyu odamlar til qadrini o‘z joyiga qo‘yadigandek. Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara, deb yozgandi Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda.

Farg‘onada 1 gektar yerni $16 ming evaziga sotishda gumon qilingan shaxs ushlandi
13 oktabr 2022, 11:58

Farg‘onada 1 gektar yerni $16 ming evaziga sotishda gumon qilingan shaxs ushlandi

Farg‘ona tumanida fuqaro 1 gektar zaxiradagi yerni o‘ziniki ekanini aytib, uni $16 000 evaziga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatidagi holatlarda jami 25 sotix yerni $11 500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting