O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Jumladan, har bir viloyatning «tashrif qog‘ozi» ishlab chiqiladi, turistik mavsum uzaytiriladi, 2023 yil mamlakatning turistik salohiyatini jahonga targ‘ib qilish yili bo‘lib, bunga 100 mlrd so‘m ajratiladi.
10-apreldan Qamchiq va Jizzax dovonlari, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus hamda mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi. Shuningdek, turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga ayrim avtotransportlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi.
Tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilarning Open budget loyihasiga ovoz ko‘paytirish maqsadida zarur bo‘lgan sim-kartalarni sotib olish uchun maktabga pul olib borayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat o‘rganilayotganini bildirib, bunday harakatni qoraladi.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Parvozlar haftada bir marta — chorshanba kuni amalga oshiriladi. Kompaniya Urganchga Moskva va Mineralniye Vodidan ham yo‘lovchi tashiydi.
Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilganini va masala ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. «Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, sudlanganlarning aksariyati apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.
Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Shuningdek, 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun 40 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi.
28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.
«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.
Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.
Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Yashash hududidagi muammolarni hal etish uchun loyiha taklif etgan aholi ko‘proq ovoz yig‘ishga harakat qilmoqda va turli usullardan foydalanmoqda. «Gazeta.uz» mazkur jarayon ishtirokchilariga mikrofon tutdi (video).
Yana o‘rinbosarlikka qaytgan Baxtiyor Rahmonov, tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘i qaytarilishi, gaz portlab, vafot etgan er-xotin va 2 nabira, yana qimmatlayotgan pomidor narxi, apreldan pensiyalar, maydan davlat xodimlari oyligi oshishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Nega ko‘pchiligimiz Toshkentga oshiqamiz? O‘qish, ish, turli-tuman imkoniyatdan tashqari boshqa sababi ham bormi? “Gazeta.uz” shu savollarga javobni O‘zbekistonning turli hududlarida tug‘ilib-o‘sib, yashash va ish joyi sifatida poytaxtni tanlagan bir nechta kasb egalaridan so‘radi.
Olmazor tumanida Spark yo‘ldan o‘tayotgan er-xotinni urib, zarbdan so‘ng yerga yiqilgan ayolni bosib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi.
Germaniya Qurolli Kuchlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini yangilash uchun 1 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi.
Xo‘jayli tumanida fuqaro shox-shabba va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida terak butalari zararlandi. Unga nisbatan 1,5 mln so‘m jarima va tabiatga keltirgan zararni qoplash uchun 1,8 mln so‘m da’vo hisoblandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting