Jamiyat

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
15 dekabr 2024, 11:00

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni 10:30 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Toshkentda onkobemor bolalarga yordam berish maqsadida “Noreal Van Gog”ning ko‘rgazmasi ochildi
15 dekabr 2024, 10:44

Toshkentda onkobemor bolalarga yordam berish maqsadida “Noreal Van Gog"ning ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida Van Gogning 200 dan ortiq suratlari reproduksiyasidan iborat ko‘rgazma ochildi. Suratlar sotuvga ham qo‘yilgan bo‘lib, tushgan mablag‘ning bir qismi saratondan davolanayotgan bolalar uchun “Ezgu Amal” fondiga yo‘naltiriladi. 15-dekabr ko‘rgazma va sotuvning oxirgi kuni.

Sharh: Kutilayotgan sovuqlik to‘lqini uzoq davom etmaydi, ammo baribir hushyor bo‘lmoq kerak
14 dekabr 2024, 17:30

Sharh: Kutilayotgan sovuqlik to‘lqini uzoq davom etmaydi, ammo baribir hushyor bo‘lmoq kerak

O‘zbekiston 15−17-dekabrda joriy qish mavsumida ilk bor tungi haroratlar -10 dan pasayib ketuvchi sovuqlik to‘lqini ta’siriga tushadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunda energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida “Gazeta.uz” uchun material tayyorladi.

Click Marafon: keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda
14 dekabr 2024, 17:00

Click Marafon: keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda

Endilikda Click`da pul o‘tkazmalari Kia K5 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. O‘tkazmalar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori. O‘yin 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.

2024-yilda 13,7 ming nafar yoshlar IELTS`dan 7+ ball oldi
14 dekabr 2024, 16:54

2024-yilda 13,7 ming nafar yoshlar IELTS`dan 7+ ball oldi

O‘zbekistonda 2024-yilda 52 ming 706 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Ularning 1800 nafari 8 ball, 22 nafari esa maksimal — 9 ballni qo‘lga kiritgan.

So‘rovnoma: Haydovchilar zapravkalarda necha soat navbat kutmoqda?
14 dekabr 2024, 12:50

So‘rovnoma: Haydovchilar zapravkalarda necha soat navbat kutmoqda?

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi ayrim zapravkalarda bo‘lib, yoqilg‘i quyish uchun navbat kutayotgan haydovchilar fikriga qiziqdi. Ularning aksariyati tonggi soat 04:00−05:00 da shoxobchaga kelib, navbatda turayotgani, bu holat 3−4 kundan buyon davom etayotganini qayd etdi.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14 dekabr 2024, 09:43

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Hazorasp tumanidagi yengil konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 13 ta ekipaj jalb etildi va yong‘in bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil gazaklari
13 dekabr 2024, 23:57

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil gazaklari

“Archa” tartaletkalari, qisqichbaqa tayoqchalaridan “Rafaello”, tunets balig‘i, tuxum va marinadlangan bodringdan grenkalar hamda Yangi yil uchun boshqa gazaklar — Zira.uz jamlanmasida.

BMTTDning Markaziy Osiyo shaharlarini iqlim xatarlariga moslashtirish loyihasi ishga tushirildi
13 dekabr 2024, 23:01

BMTTDning Markaziy Osiyo shaharlarini iqlim xatarlariga moslashtirish loyihasi ishga tushirildi

BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Markaziy Osiyo shaharlarining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni ishga tushirdi. 5 million dollarlik loyiha uch yilga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Parij bitimi bo‘yicha majburiyatini 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyor — prezident
13 dekabr 2024, 19:04

O‘zbekiston Parij bitimi bo‘yicha majburiyatini 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyor — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Parij bitimi bo‘yicha olgan majburiyatini 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Mamlakatning hozirgi majburiyati 2030-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 35 foizga kamaytirish hisoblanadi.

“Technonicol” tizimlaridan foydalanish chet elda yirik sanoat obyektlarini qurishda standartga aylanmoqda
13 dekabr 2024, 19:00

“Technonicol” tizimlaridan foydalanish chet elda yirik sanoat obyektlarini qurishda standartga aylanmoqda

“Namangan” to‘qimachilik klasterini qurish jarayonida biriktirilgan izolyatsiya va Logicroof PVX-membranali “TN-Krovlya Smart PIR” tizimidan foydalanilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi
13 dekabr 2024, 17:41

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj san’ati ustasi va aktyor To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. U “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Fillar mening do‘stlarim”, “Avtomobildan saqlaning” kabi filmlarga ovoz bergan va ko‘plab kinolarda rol ijro etgan.

Energetika vaziri moliyachi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat arizasi kiritdi
13 dekabr 2024, 17:34

Energetika vaziri moliyachi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat arizasi kiritdi

Moliyachi Otabek Bakirov energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov unga qarshi shikoyat arizasi berganini ma’lum qildi. Bunga sabab “Sag‘bon” podstansiyasining doimiy ta’mirlanishi haqidagi maqola bo‘ldi. Moliyachi bu shikoyatni “energotsenzuraga urinish” deb baholadi.

Samarqandda 23 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
13 dekabr 2024, 16:57

Samarqandda 23 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger Guzalya Maxmudkulova o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi. Tarmoqlarda ayolning turmush o‘rtog‘i va uning oilasi bilan muammolari bo‘lgani aytilmoqda.

Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
13 dekabr 2024, 16:26

Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirladi. “Ijodiy yo‘lingiz ko‘pchilikni ilhomlantiradi”, — dedi prezident unga.

Harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi
13 dekabr 2024, 15:04

Harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi

O‘zbekistonda harakati cheklangan bolalarni maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizini davlat qoplab beradi. Prezident har bir tumandagi bog‘chalarda bittadan inklyuziv ta’lim guruhi ochish, 954 maktabda inklyuziv sinflar tashkil etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqini berish rejalashtirilmoqda
13 dekabr 2024, 14:46

Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqini berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofaviy videouchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. U bilan manzil-koloniyalar hamda tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning yiliga 24 marta masofali video uchrashuvlar olish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi
13 dekabr 2024, 14:27

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi

Prezident ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda 400 ta ko‘p qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi yashayotgani, lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotganini ta’kidladi.

“Top-100” ayol ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldosheva “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi
13 dekabr 2024, 12:42

“Top-100” ayol ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldosheva “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga muvofiq, BBC tuzgan dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi. “Mana shunday irodali insonlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shanba kuni harorat +12 darajagacha ko‘tariladi, yakshanbadan yana soviy boshlaydi
13 dekabr 2024, 12:23

Shanba kuni harorat +12 darajagacha ko‘tariladi, yakshanbadan yana soviy boshlaydi

Shanba kuni havo harorati kunduzi +12 darajagacha ko‘tariladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa havo sovib, kechasi -10 darajagacha pasayadi. Hududlarda yomg‘ir, qor kuzatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting