Ish kunlari quruq, ammo sovuq, dam olish kunlari esa biroz bulutli va kam yog‘inli bo‘lishi kutilyapti; kunduzi iliqroq harorat kuzatilsa-da, tunda baribir sovuq bo‘ladi. Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam havo oqimi kirib kelishi bilan haroratning tungi minimumi ham nol darajaga yaqin bo‘lishi mumkin.
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi.
O‘g‘rilikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Video.
Pryanikli uycha, tiramisu ruleti, “Qishki olcha” torti, zanjabilli pryaniklar va Yangi yil uchun boshqa shirinliklar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Kambag‘allik darajasini 6 foizga tushirish rejasi, O‘zbekisonning JSTga a’zo bo‘lishining yakuniy bosqichi, kengashlardan vakolatlarini ishlatishni so‘ragan bosh vazir o‘rinbosari, 2025-yilda ham kamayadigan gaz qazib olish hajmi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Uzum Market" bilan maxsus loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonning Mang‘it shahri haqida.
20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatda joylashgan barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzildi. Ular stansiyalarning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi. Zapravkalar xodimlari FVB o‘quv markazida o‘qitiladi.
Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari Damas mashinalarida Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi. Avtomobillar Buxoro hududida to‘xtatib qolingan.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Ichki ishlar vazirligi buxorolik 17 yoshli yigit kriptovalyutada 2,64 mln dollar ishlab topgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik u birja operatsiyalarida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangani va buning uchun haq olganini aytdi.
Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynagani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.
O‘zbekiston maktabgacha ta’limini yaxshilashga yordamlashadigan OTB, vazirning blogerga arizasini rad etgan IIBB, 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonani aniqlagan “O‘zbekkosmos”, 33 ming o‘yinchoq bilan bezatilgan Toshkent bosh archasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
2025-yilda biznesdagi ayollarga budjet hisobidan to‘lanadigan “dekret” miqdorini yana 2,5 baravar — 40 mlrd so‘mgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda (2024-yilda 3 baravar edi). Senator buni mablag‘lar past darajada o‘zlashtirilgani bilan izohladi va bu sur’atda dastur 3−4 yilda yakunlanishi mumkinligini aytdi.
Ecobase V-UV texnologik PVX membranasi Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti rekonstruksiyasida ballastli tom yopish uchun ishlatiladi.
Andijon shahridagi oshxonada ishlagan fuqaro 2023-yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan. Sud ularni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi.
Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting