Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.
Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.
G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.
Bananli krambl, shokolad va bananli maffinlar, banan solib pishirilgan qatlama va kekslar, pechene va quymoqlar, fransuzcha grenka va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy bananli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelinadi. 18 metrli transportning qayrilish darajasi yo‘l parametrlariga to‘g‘ri kelishi uchun uning o‘rtasi “garmoshkali” tarzda bo‘ladi.
$4 ming olganlikda gumonlanayotgan Yashnobod tumani sudi sudyasi, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi uchun rag‘batlar, yangi ko‘p qavatli uy tomlarining yarmiga quyosh panellarini o‘rnatish talabi, 2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan 10 mlrd so‘m zarar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Shahrisabzda gaplashib yurgan qizining shaxsiy suratlarini qo‘lga kiritib, ushbu rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va undan 5 000 AQSh dollar talab qilganlikda gumonlangan yigit qo‘lga olindi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga Sag‘indiq Turmanov tayinlandi.
O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi sudyasi (erkak) 4000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bosh prokuror taqdimnomasiga ko‘ra uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va sudyalik vakolatini tugatdi. Oliy sud roziligi bilan sudya qamoqqa olindi.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida elektron chegara nazorati tizimi va qo‘l yuklarini tekshirish uchun yangi rentgen uskunalarini namoyish etdi. Endilikda yo‘lovchilar poyabzalini yechmasdan va suyuqlik idishlarini ochmasdan tekshiruvdan o‘tadi. Hududda yana bir Duty Free do‘koni, kafe va dorixona ham ochildi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi suv sathi 2 metrgacha pasayib, hajm 36,8 mlrd metr kubga tushgan. Oqibatda qirg‘oq bo‘ylari 15−50 metrga chekinib, tuz qatlami hosil bo‘lgan. Senatga ko‘ra, bu o‘zgarishlar noyob qushlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Open Data Inventory ma’lumotlarning ochiqligi global reytingida O‘zbekiston 40-o‘ringa ko‘tarilib (2020 yilda 44-o‘rin), Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Shunga qaramasdan, ifloslanish bo‘limidagi ko‘rsatkich 0 ballgacha tushib ketdi.
Shanba kuni O‘zbekistonning faqat janubi-sharqiy qismida yomg‘ir davom etadi, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati kunduzi +10 darajagacha, yakshanba kuni esa +12 darajagacha isiydi. Joylarda tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Buxoro viloyatiga boradi. U yerda mahallalar hayoti, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, hududni rivojlantirish masalalari muhokamasida ishtirok etadi.
DXX va Samarqand viloyati IIB radioaktiv va zaharli qurilmalarni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolarni aniqlagani aytilmoqda. Ular qurilmani 200 ming dollarga sotayotgan paytda qo‘lga olingani aytilmoqda.
Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.
Bir kun avval yopilgan Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati tiklandi. O‘tgan kun davomida ayrim hududlarda qor massalari erishi kuzatildi. Bundan tashqari, qor ko‘chkilarini majburiy tushirish ishlari amalga oshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting