Haydovchilarga murojaat qilgan “Hududgazta'minot”, demokratiya reytingida 1 pog‘ona yuqorilagan O‘zbekiston, korrupsioner sudyalar ko‘rgan ishlarni qayta ko‘rish taklifi, prezidentning Andijonga tashrifi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
16−22-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlari, xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida qor ko‘chkisi bo‘lishi xavfi e’lon qilindi.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sud raisi va prokurorlarning ko‘rib chiqqan barcha materiallari ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart ekanini ta’kidladi. So‘nggi vaqtlarda bunday shaxslar pora bilan qo‘lga olinayotgani xabar qilinmoqda.
Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.
Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab-internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Holat o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmani tarbiyachi qonun doirasida javobgarlikka tortilishi shartligini bildirdi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari ketmoqda.
O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.
Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.
Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.
Toshkentda yo‘lovchi ayolning egnidagi libosi haqida gapirib, har xil shahvoniy so‘zlar bilan shilqimlik qilgan taksi haydovchisi va Xorazmda qizga telefon orqali ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif etib, shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud hukmlari o‘qildi. Ayblanuvchilarning ikkisi ham 5 sutkaga qamaldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va rasmiy tadbirlarda jami 33 mln so‘mlik 26 ta hadya olganini ma’lum qildi. Eng yuqori qiymatli sovg‘alar Qatardagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan.
Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi tufayli ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va sovuq kunlardan betalafot o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.
Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.
Chilonzor tumanida uch nafar 20 yoshli yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Yigitlar buni shart bajarish sifatida qilgani, shuningdek, internetga chiqib ketish orqali mashhur bo‘lmoqchi bo‘lganini bildirdi. Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.
30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti, Rossiya TIVga chaqirilgan O‘zbekiston elchisi, Toshkentda issiqlik tariflarini oshirish muddati, 90 ming dollar ustida qo‘lga tushgan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
2024-yilda Toshkentda har biri 729 o‘rinli kamida 4 ta yetti qavatli avtoturargoh quriladi. Joy narxini avtomobilning zararli chiqindilari darajasidan kelib chiqib aniqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yildan beri muhokama qilinayotgan pullik to‘xtash joylari qurishni boshlash ham kutilmoqda.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Samarqanddagi anjumanda Markaziy Osiyoda hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda yagona salomatlik” tashabbusini ilgari surdi. Loyiha qiymati 11 million yevroni tashkil etadi.
Uzum Market va O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi tomonidan “2024-trendlari” forumi tashkil qilinib, unda soha mutahassislari biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadilar.
Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting