Jamiyat

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»
9 dekabr 2022, 17:55

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»

IIV tizimidagi kadrlarning 5−7 foizi ortiqcha vaznga ega xodimlardan iborat. Muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi tufayli semiz xodimlar soni har yili kamaymoqda. Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori xodimlarga maxsus unvonlar berilmayapti, yuqori lavozimga tayinlanmayapti.

Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi — vazir o‘rinbosari
9 dekabr 2022, 16:33

Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi — vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

«Mas’ullarga tanbeh berildi». IIV jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilingan holatga munosabat bildirdi
9 dekabr 2022, 14:30

«Mas’ullarga tanbeh berildi». IIV jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilingan holatga munosabat bildirdi

IIV Samarqand va Qashqadaryoda IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qilgan holatga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bu Narpay tumani va Qarshi shahar IIBlari «rahbariyatining shaxsiy tashabbuslari» bo‘lib, «mas’ullarga tanbeh berildi».

11 oyda «Tez yordam» xizmatiga 5 mingga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushgan
9 dekabr 2022, 14:08

11 oyda «Tez yordam» xizmatiga 5 mingga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushgan

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi
9 dekabr 2022, 12:42

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi

«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.

O‘zbekistonning yetti viloyatida qor ko‘chish havfi e’lon qilindi
9 dekabr 2022, 12:15

O‘zbekistonning yetti viloyatida qor ko‘chish havfi e’lon qilindi

10−14 dekabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax,Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shu sababdan, ushbu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda avtomashina haydovchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi
9 dekabr 2022, 12:05

Dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari 0…−5 darajagacha pasayadi. Shimol va cho‘l hududlarda −22 darajagacha sovuq tushishi mumkin.

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi
9 dekabr 2022, 10:49

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida gaz quvuridan uzilgan zavod xodimlari norozilik uyushtirdi. Viloyat IIB tashkilot shartnomaga ko‘ra gazdan uzilganini ma’lum qildi. «O‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan» xodimlarga 5−10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

8-dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etdi
9 dekabr 2022, 10:15

8-dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etdi

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 8-dekabr kuni O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi biroz kamayib, 122 kishining virusga chalingani ma’lum qilindi. Hududlar kesimida poytaxt (66 nafar) birinchi o‘rinda.

Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev oilasiga ta’ziya bildirdi
9 dekabr 2022, 09:39

Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev oilasiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Abdumavlon Abdullayev 92 yoshida vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Abdumavlon Abdullayev g‘o‘za genetikasining fundamental asoslarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan edi.

«Elektr yoki gaz qachon o‘chganini eslolmayman». Xorijdagi o‘zbeklar yirik shaharlarning energiya ta’minoti haqida
9 dekabr 2022, 00:01

«Elektr yoki gaz qachon o‘chganini eslolmayman». Xorijdagi o‘zbeklar yirik shaharlarning energiya ta’minoti haqida

O‘zbekistonda birinchi qor yog‘ishi bilan energiya tizimi inqirozga yuz tutdi. Bunga asosan aholi soni oshib borayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. Xorijdagi yirik shaharlarda ham shunday muammo bormi? Ularda ham gaz va «svet» tez-tez o‘chadimi? «Gazeta.uz» ayni shu mavzuda chet eldagi o‘zbeklar bilan suhbatlashdi.

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda
8 dekabr 2022, 16:30

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda

Yangibozor tumanida fuqaro va uning nevarasi uyda vafot etdi. Ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimi qanday ishlaydi?
8 dekabr 2022, 15:50

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimi qanday ishlaydi?

1 dekabrdan yo‘llarda qoidabuzarlik uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida boshlandi. Xo‘sh, jarima ballarini kuzatib borsa bo‘ladimi? Qoida buzmagan haydovchilar rag‘batlantiriladimi? Jarimalar 12 balldan oshsa nima bo‘ladi? Shu va boshqa savollarga «Gazeta.uz» bilan suhbatda YHXX boshlig‘i javob berdi.

“Qanday qilib Xitoy universitetlariga o‘qishga kirish mumkin?” Talaba Hojiakbar Xolmatov hikoyasi
8 dekabr 2022, 15:22 1

“Qanday qilib Xitoy universitetlariga o‘qishga kirish mumkin?” Talaba Hojiakbar Xolmatov hikoyasi

2019-yilda Hojiakbar Xolmatov Xitoyga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. Uyidan olisda o‘tkazgan 4 yil mobaynida u xitoy tilini o‘rgandi, mamlakatning eng yaxshi universitetlaridan biriga grant asosida o‘qishga kirdi va 20 ta shaharga bordi. U Xitoy ta’lim tizimi va talabalar hayoti haqida so‘zlab berdi.

Shiorlar mamlakati. Fotoreportaj
8 dekabr 2022, 13:09

Shiorlar mamlakati. Fotoreportaj

O‘zbekiston — shiorlar mamlakati. Ular butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Biz ularni sezmasligimiz va ma’nosi haqida fikr yuritib ko‘rmasligimiz mumkin, lekin ular, xohlaymizmi yoki yo‘q, hammaning xotirasida muhrlangan. «Gazeta.uz» jurnalistlari mamlakatning turli nuqtalaridagi shiorlarni to‘pladi.

Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi topildi
8 dekabr 2022, 10:10

Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi topildi

Qarshi shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yuborib, ketib qolgan Cobalt haydovchisi qidiruvda edi. Xabar berilishicha, haydovchi topilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1-martga qadar davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi
7 dekabr 2022, 23:24

1-martga qadar davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi

Prezident Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan 2023-yilning 1-martigacha davlat muassasasiga qarashli mashinalarga gazdan foydalanishni vaqtincha taqiqlanadi. Shuningdek, 2 oy muddatga AI-80 benzini importi va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘i undirish bekor qilinadi.

7 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 dekabr 2022, 22:09

7 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

402 kishini afv etgan prezident, Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston, «blekaut»dan ogohlantirgan energetika vaziri, gaz va elektr muammolaridan qamalmaganlar noliyotganini aytgan deputatning vakolati tugatilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi — prezident
7 dekabr 2022, 21:55

Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi — prezident

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida unga kiritilayotgan o‘zgartishlarga to‘xtaldi. Bu islohotlarni «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantig‘i, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, shiddat bilan o‘zgarayotgan davrning o‘zi taqozo etmoqda», — dedi u.

Prezident 402 kishi, jumladan 17 nafar chet ellikni afv etdi
7 dekabr 2022, 21:24

Prezident 402 kishi, jumladan 17 nafar chet ellikni afv etdi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 402 kishi, jumladan, 17 nafar xorijlik va 63 ayol afv etildi. Xususan, 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting