Jamiyat

Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi
28 noyabr 2022, 11:41

Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi

Oliy sud Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar, jumladan Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov va boshqalarga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i, universitet o‘qituvchisi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori ham bor.

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi
28 noyabr 2022, 11:08

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi
28 noyabr 2022, 10:17

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi
28 noyabr 2022, 10:06

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida
28 noyabr 2022, 09:43

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida

Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi
28 noyabr 2022, 09:22

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi

Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi
28 noyabr 2022, 07:42

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda
27 noyabr 2022, 17:26

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda

1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat
27 noyabr 2022, 15:00

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat

Toshkentlik vatandoshimiz Kamola Mahmudova 25 yildirki O‘zbekistonda yashamaydi, ammo bu uning saratonga chalingan bolalarga yordam berishi va Buxoroda daraxt ekishiga to‘sqinlik qilmaydi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida ona yurtiga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi.

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi
27 noyabr 2022, 13:05

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi

O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining raisi etib Ubaydulla Mingboyev qayta saylandi.

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi
27 noyabr 2022, 12:33

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi
27 noyabr 2022, 12:08

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 noyabr 2022, 11:39

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda
26 noyabr 2022, 19:32

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda

Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.

Fransiya fuqarosi Tojikistondan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi
26 noyabr 2022, 18:37

Fransiya fuqarosi Tojikistondan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi

Surxondaryodagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan o‘tayotgan fransiyalik fuqaroning yuklari orasidan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i aniqlandi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
26 noyabr 2022, 18:05

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan shu vaqtgacha Navoiy viloyati hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi hokimi prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Fuqarolarning pasportlari bilan IMEI-kodlarni noqonuniy rasmiylashtirgan shaxslar ushlandi
26 noyabr 2022, 18:03

Fuqarolarning pasportlari bilan IMEI-kodlarni noqonuniy rasmiylashtirgan shaxslar ushlandi

IIV Kiberxavfsizlik markazi mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib yurgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Ular 175 kishining pasportidan foydalangan.

Toshkentda yangi ekspress yo‘nalishdagi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi
26 noyabr 2022, 15:53

Toshkentda yangi ekspress yo‘nalishdagi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi

Toshkentda shanba kuni «TTZ — Mashinasozlar» ekspress-yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlar uch kun avval boshlangan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

«Quyi Chotqol» GES: xalq farovonligi yo‘lidagi yana bir yirik loyiha
26 noyabr 2022, 15:00

«Quyi Chotqol» GES: xalq farovonligi yo‘lidagi yana bir yirik loyiha

«O‘zbekgidroenergo» «Quyi Chotqol» GES qurilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda loyihaning texnik xususiyatlari va ahamiyati xaqida ma’lumot berdi.

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi: 3 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohatlandi
26 noyabr 2022, 14:31

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi: 3 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohatlandi

A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralida “Isuzu” avtobusi va “Fura” yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. SSV to‘qnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgani, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting