Vazirlik va davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bo‘yicha statistika e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 849 nafar yoshlar ishlashi va shundan 210 nafari xotin-qizlardan iborat ekani aniqlangan. Eng ko‘p xotin-qizlar Suv xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida ishlaydi.
Kunlik mehnat markazlarini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Ushbu markazlarda bir martalik ishga yollanuvchilarga mehnat qurollari va maxsus kiyimlar beriladi, ularning manfaati himoya qilinadi va ish topishda ko‘maklashiladi. Ishchi va ish beruvchining onlayn muloqoti uchun «Mening ishim» buyurtmalar birjasini yaratiladi.
Parkent tumanida bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi ichimlik suvi rezervuarining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rgan dala hovlilarining bino va inshootlari hamda boshqa kommunal tarmoqlarda qurilish-tiklash ishlari boshlandi.
Poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi kutilmoqda.
Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi musulmonlarning hissiyotini haqoratlashga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakatlarga nisbatan «tajovuzkorona emas, balki payg‘ambarga xos bosiqlik va zukkolik» bilan munosabat bildirishga chaqirdi.
Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.
Andijon viloyatida avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalariga gaz yetkazib berish muddati cheklandi. Gaz shoxobchalarga soat 06:00 dan 16:00 gacha yetkazib beriladi.
Tanlov asosida saralab olinadigan beshta oliy ta’lim muassasasiga tajriba tariqasida kontrakt asosidagi talabalar sonini belgilash va imtihonlarni mustaqil o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etgan Nukus markaziy qismining istiqbolli loyihasi bilan tanishdi. Ko‘chalarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘llar va bog‘lar yaratish, turar joy binolari, IT-parklar va boshqa ob’ektlar qurilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev 20 xonadonga mo‘ljallangan besh qavatli bitta podyezdli turar-joy binosining namunaviy loyihasini tasdiqladi. Bunday uy-joylar mamlakatning aholisi zich joylarda quriladi. Bu uylar avval qurilganlariga qaraganda 33 foizga arzonroq bo‘ladi, dedi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov.
Prezident Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi «Ko‘ksaroy qarorgohi» davlat muassasasi tashkil etildi. Direksiya hududini obodonlashtirish uchun avtotransport va maxsus texnika xaridiga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi.
Apreldan shakar importiga bojxona to‘lovlari va aksiz solig‘i stavkalari nolga tenglashtirilishi oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar «Angren shakar» va «Xorazm shakar» faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 2000 dan ortiq ishchi daromadsiz qolishi mumkin.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning doimiy aholisi 477,5 ming kishiga yoki 1,4 foizga o‘sdi va 34,38 million nafarga yetdi.
2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.
Keles yo‘li (Toshkent xalqa yo‘li) ko‘prikdan 9-maktab oldigacha bo‘lgan yo‘l qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Xaritada haydovchilar harakatlanishiga qulay bo‘lishi uchun ikkita yo‘l ko‘rsatilmoqda.
Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar, keksalar uchun turizm oyligi, bekor bo‘layotgan imtiyozlar, mobil operatorlari uchun imtiyozlar — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 970 ta bekor qilingan oilaning 49,8 foizi farzandsiz, 50,2 foizi esa bir va undan ko‘p farzandli hisoblanadi. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
«O‘zarxiv» agentligi Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrining ochilishi aks etgan ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,4 mln kishini, chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni esa 1,6 mln kishini tashkil etdi. Ushbu davrda chet elga ketganlarning 87,2 foizi o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting