PMTI demografik hisobot va prognozlarni e’lon qildi. O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Bunga sabablar sifatida aholi daromadlarining oshishi, ko‘p farzandlilik tendensiyasiga ijobiy qarashlarning shakllanishi va tibbiy madaniyatning yetarli darajada emasligi ko‘rsatilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «o‘qib qo‘yish» uchun chaqirilgan «mulla» xonadondagi ayolga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tuman sudida o‘tkazilgan majlisda mulla 10 sutkaga qamaldi. U avval ham ichkilik ichib, jamoat joyida tartib buzgani uchun jarimaga tortilgan.
Qibray tumanida qurilishi rejalashtirilgan kottejlarga oldindan pul to‘lagan 108 ta xonadon egalari prezidentga murojaat yo‘lladi. Fuqarolar noyabr-dekabr oylarida topshirilishi reja qilingan kottejlar hali ham kurilmagani va to‘langan pullar faqatgina qisman qaytarib berilishidan norozi.
Non shahri — poytaxtda nega talabaga boshpana topilishi qiyin? Nima uchun uy egalari ijarachi sifatida talabalarni tanlamaydi? E’lonlarda “Talabalar bezovta qilmasin, faqat oilaga beriladi” deb yozilishiga sabab nima? “Gazeta.uz” har ikki tomon bilan suhbatlashib, muammoga yechim topishga harakat qilib ko‘rdi.
Jamoatchilik tanqididan so‘ng Andijondagi tashlandiq Nodirabegim bog‘i va undagi qurigan ko‘lni (sobiq Komsomol) tiklashga kirishildi. Uch yil muqaddam viloyat rahbari shahar hokimini tanqid qilib, bog‘ni rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilib, Turkiyaga qochib ketganini aytgan edi.
«Tashabbusli budjet» loyihasiga ajratiladigan 8 trln so‘m mablag‘, Samarqandda kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topilgani, poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m ekanini aytgan DSQ, HUMO kartalaridan yo‘lkiraga ortiqcha pul yechib olinayotgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonning charm ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalaridan biri Orient Technology UzCharmSanoat Expo 2022 ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuningdek, aviakompaniya Toshkentdan Sharjaga reyslarni ko‘paytirmoqda.
Qish mavsumida harorat −10 darajagacha sovuq, shimolda esa −20 darajagacha pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5−8 darajaga past, deb hisoblaydi sinoptiklar. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan umumiy baholash aniqligi yuqori emas, deyiladi O‘zgidrometda.
Samarqandda bir oy avval zo‘rlangani xaqida ariza yozgan qizning jasadi kanaldan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura 18 yoshli qizning murdasi topilganini tasdiqlab, holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 9 mln 662 ming nafardan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatidan kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davridan ko‘p (9,2 mln nafar).
Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida qalbaki 13 400 AQSh dollariga avtomashina xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tarmoqlarda jamoat transporti uchun Humo kartasidan to‘lov qilinganda yana bir necha bor pul yechib olinmoqda. ATTO rahbari Davron Shoyakubovning aytishicha, muammo Humo va ATTO tizimlari xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda va ortiqcha yechib olingan pullar 48 soat ichida qaytariladi.
2023 yildan har bir mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun «mahalla budjeti» tizimini joriy etiladi. Har bir viloyatning soliq undirilishi past bo‘lgan bittadan tumanida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
sentabr va oktabr oyida shartnomasiz ijarada yashovchi 1-kurs talabalariga ikki oylik to‘lovning bir qismi to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa to‘lovlar faqat ijara shartnomasini taqdim etgan talabalar uchun davom ettiriladi.
Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 75 mln dona, 2023 yil bahor oylarida yana 125 mln dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha topshiriq berdi. Daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e’lon qilindi. «Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim», — dedi prezident.
Yangihayot tumani Yo‘ldosh mavzesida avariya holatidagi yog‘och uylarda 15 mingdan ziyod aholi yashaydi. 5000 ta ulkan chinor va eman daraxtlari tufayli ularni ko‘chirish kechikmoqda. Hokimlik muammoni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani va aholining bu yerdagi hayot haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» reportajida.
Erkin A’zam 26 yil avval «ustuvor», «boqimonda», «lutfan», «qadamranjida», «tashrif buyurdi» kabi «g‘alati mashhur» iboralarni tanqid qilib, ular aslida boshqa ma’noni anglatishini ta’kidlagandi. Yillarga cho‘zilgan harakatsizlik sabab yot so‘zlar hali ham suhbat-muloqotlarimizda hukmron.
11 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlandi.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig‘i ogohlantirildi. FVV, Madaniyat vazirligi va qator viloyat hokimliklarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlariga jazo choralari qo‘llanildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting