Jamiyat

2022 yilgi davlat dasturidagi 7 ta band bo‘yicha vazifalar o‘z vaqtida bajarilmagan
28 sentabr 2022, 18:34

2022 yilgi davlat dasturidagi 7 ta band bo‘yicha vazifalar o‘z vaqtida bajarilmagan

«Yuksalish» umummiliy harakati 2022 yilgi davlat dasturidagi 7 ta band bo‘yicha vazifalar o‘z vaqtida bajarilmaganini ma’lum qildi. Hududiy dasturlar bo‘yicha eng ko‘p Jizzax va Qashqadaryoda vazifalar belgilangan muddatda amalga oshirilmagani aniqlandi.

Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari sud tomonidan oqlandi
28 sentabr 2022, 17:36

Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari sud tomonidan oqlandi

Tarmoqlarda Farg‘onadagi IIO xodimlari bir fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. IIV holat bir yil avval sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi viloyat sudi tomonidan ko‘rilib, xodimlar harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.

O‘zbekiston OTMlari va litseylarining umumiy reytingi e’lon qilindi
28 sentabr 2022, 17:31

O‘zbekiston OTMlari va litseylarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilgi kabi «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU 1-o‘rinni egalladi. Qolaversa, bu yil ilk bor litseylar reytingi ham e’lon qilindi.

Toshkentda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochildi
28 sentabr 2022, 17:17

Toshkentda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochildi

Toshkentda Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshladi. Ilk o‘quv yilida 160 nafar talaba qabul qilindi.

YOTO servisi Visa bilan hamkorlikda aksiya e’lon qildi
28 sentabr 2022, 17:00

YOTO servisi Visa bilan hamkorlikda aksiya e’lon qildi

Toshkentda birinchi YOTO elektrosamokatlar ijaraga berish xizmati va Visa hamkorlik aksiyasini e’lon qildi. Endi YOTO ilovasida Visa kartasi bilan to‘lovni amalga oshirayotganda balansni to‘ldirish summasidan 20% bonus olishingiz mumkin.

Sankt-Peterburgda 4 nafar o‘zbekistonlik pasportlari olib qo‘yilib, ishlatilayotgani aniqlandi
28 sentabr 2022, 16:13

Sankt-Peterburgda 4 nafar o‘zbekistonlik pasportlari olib qo‘yilib, ishlatilayotgani aniqlandi

Sankt-Peterburgda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish obyektida pasportlari olib qo‘yilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarishga erishdi. Ish beruvchi javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi
28 sentabr 2022, 16:09

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi uchun bitim imzoladi. OTB loyiha uchun 25 yil muddatga va 5 yillik imtiyozli davr bilan $150 mln qarz ajratadigan bo‘ldi. Prezident mazkur bitimni ma’qullab, qaror qabul qildi.

Ilk bor robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi
28 sentabr 2022, 15:39

Ilk bor robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor robot-xirurg bilan murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Koreyaning «Meere» kompaniyasi tegishli robot inson qo‘liga qaraganda ancha katta diapazonda egilib, aylana oladi. SVVga ko‘ra, O‘zbekistonda robotoxirurgiyaning rivojlanishi uchun mutaxassislar va robotlar soni ko‘payishi zarur.

Internetdan foydalanishga sharoiti yo‘qlar uchun maxsus platforma yaratildi
28 sentabr 2022, 14:42

Internetdan foydalanishga sharoiti yo‘qlar uchun maxsus platforma yaratildi

Internetdan foydalanishga sharoiti yo‘q aholi qatlami uchun «Yaxshi narsalar interneti» deb nomlangan axborot platformasi ishga tushdi. U YUNISEF hamda hukumat idoralari va mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Platformadan foydalanish bepul.

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib jami 5 mlrd so‘m zarar yetkazgan korxonalar aniqlandi
28 sentabr 2022, 14:08

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib jami 5 mlrd so‘m zarar yetkazgan korxonalar aniqlandi

Quvasoy shahri, Uchko‘prik va Bo‘stonliq tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatlari aniqlandi.

Qashqadaryoda kanaldan bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi
28 sentabr 2022, 11:38

Qashqadaryoda kanaldan bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi

Qarshi tumanining Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanalda bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 2007 yilda tug‘ilgan bolaning jasadini ko‘rib qolib, suvdan olib chiqdi. Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertiza tayinlandi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 sentabr 2022, 11:30

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Shavkat Zayniddinov va Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Otabek Nosirov Yangiyer shahriga hokim bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
28 sentabr 2022, 10:50

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Sultanbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bungacha Quyi Chirchiq tumani hokimining shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank
28 sentabr 2022, 10:24

2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank

2022/2023 o‘quv yilida shu vaqtgacha 27,8 ming nafar talabaga berilgan 317 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kreditning 242 mlrd so‘mini ayollar oldi. Avvalroq, prezident oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda o‘quvchi xotin-qizlarning 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini olishi haqida qaror chiqargandi.

27 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 sentabr 2022, 22:00

27 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Chegara to‘g‘risidagi yangi shartnomani kelishishni boshlagan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb etilayotganlar, iqtisodiy taraqqiyot vazirining yangi birinchi o‘rinbosari, «Buxoro neft bazasi»ning 7 mansabdoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan rahbarlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
27 sentabr 2022, 21:21

Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan rahbarlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov paxta terimida majburiy mehnatga hamda budjet tashkilotlari xodimlaridan hasharchilar uchun pul yig‘ishga yo‘l qo‘ygan rahbarlarni «hech ikkilanmasdan zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortish» kerakligini ma’lum qildi.

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
27 sentabr 2022, 18:02

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Farg‘onadagi qozonxonani rekonstruksiya qilishga Rossiya kompaniyasi investitsiya kiritadi
27 sentabr 2022, 17:31

Farg‘onadagi qozonxonani rekonstruksiya qilishga Rossiya kompaniyasi investitsiya kiritadi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 7,5 gektar maydondagi RK-2 markaziy qozonxonasiga yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari o‘rnatiladi. Rekonstruksiya uchun Rossiyaning «SP OOO «BETWEEN TWO RIVERS» kompaniyasi 45 mln dollar investitsiya kiritadi.

Davlat organlarining ma’lumotlar bazasidan pul to‘lab foydalanish mumkin bo‘ladi
27 sentabr 2022, 14:35

Davlat organlarining ma’lumotlar bazasidan pul to‘lab foydalanish mumkin bo‘ladi

Hukumat davlat organlarining ma’lumotlar bazalariga kirishni ochdi. Tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi orqali pullik asosda olishlari mumkin.

Samarqandda yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi
27 sentabr 2022, 14:25

Samarqandda yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi

Yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 79 ta medal — 25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Turkmaniston jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting