Namanganning Mingbuloq tumanida Lacetti yuqori tezlikda kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 5-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Qiz kasalxonada vafot etgan.
oktabr oyidan boshlab Ozarbayjonning yirik aviakompaniyasi Samarqandga yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Shaharga parvozlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Boku-Toshkent-Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 5 martagacha ko‘payadi.
Invento UIS`ning yuqori malakali o‘qituvchilari maktabning tuzilishi va ota-onalarning farzandlarini o‘qitish jarayonida qatnashishlari nima uchun muhimligi haqida so‘zlab berishdi.
1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblash uchun foydalaniladigan maksimal o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshiriladi. Jami 352 ming fuqaroning pensiya miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
Toshkent xalqaro aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etildi. Bo‘limda yo‘lovchilar xorijga chiqishini cheklaydigan qarz bor yoki yo‘qligini tekshirtirishi mumkin. Qarz to‘langandan so‘ng, xodim taqiqni olib tashlaydi.
Boysun tumanidagi fermer xo‘jaligiga biriktirilgan tog‘li hududda 10 tup Zarafshon archa, 7 tup ko‘k terak daraxtlari tag qismidan kesilganligi aniqlandi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga 105 mln so‘m zarar yetkazilgan. Uni fermer xo‘jaligi qoplaydigan bo‘ldi. Shuningdek, ish bo‘yicha hujjatlar sudga oshirildi.
Navoiy viloyatida bir guruh shaxslar issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,2 gektar yerni 200 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlar kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.
Poytaxtni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja, Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan bergan prezident, Toshkentda rashk sabab talaba qizni «samosud» qilgan ayol, Shavkat Mirziyoyevning transport sohasidagi ishlar sustligi haqida gapirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi Husnutdin Hosilovni 3 oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirdi. Mutasaddilarga vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirdi.
Prezident MBga berilgan 1 trln so‘mlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha $100 mln xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish topshirig‘i bo‘yicha mablag‘lar tadbirkorlarga yetib bormaganini tanqid qildi. Pul banklarga joylanmasa, MB rahbariyatiga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.
Prezident Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 mlrd so‘m ajratish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va arab davlatlaridan aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar Asakabank hisob raqamidan 700 ming dollar o‘g‘rilagani haqida xabarlar tarqaldi. Bank matbuot xizmati holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgani, hodisa mijozlar jamg‘armalariga ta’sir ko‘rsatmasligini qayd etdi.
26 sentabrdan 24 oktabrgacha O‘zbekistonning sakkizta shahrida “Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar to‘gridan to‘gri universitet xodimlaridan dolzarb ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
Mudofaa vazirligi 2022 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallagan milliy terma jamoa harbiylarini taqdirladi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev transport vazirligiga Samarqand aeroportida aviareyslar va yo‘nalishlarga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini barcha davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga yetkazishni buyurdi. Shuningdek, vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan kuniga kamida 1 ta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.
Toshkentda ayol rashk sabab Pedagogika universiteti talabasini «samosud» qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliygoh matbuot xizmatiga ko‘ra, holat talabaga ham tushunarsiz bo‘lgan. Qiz voqea yuzasidan IIOga ariza yo‘llagan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan berdi. Shuningdek, 14 ta tuman hokimini bugun ishdan olib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berilishini aytdi.
Dushanba kuni «Qamchiq» dovonida sigareta chekib harakatlangan Volvo yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilishi oqibatida mashina ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Andijonda IIB bilan hamkorlikda 994 dona «Lirika» hamda umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari, Farg‘onada esa DXX tomonidan 240 dona «Tropikamid» psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Poytaxtning Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida yashovchilar hududdagi ko‘p qavatli uy qurilishidan norozi ekanliklarini bildirdi. Avvaliga 2 qavatli bo‘lishi aytilgan bino keyinchalik 12 qavatli uy ekani ma’lum bo‘lgan. Aholi bino mahalla infratuzilmasiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Hozirda qurilish to‘xtatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting