Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yashovchi pensiya va nafaqa oluvchilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar 15 sentabrdan temir yo‘l va avia chiptalarni 50 foizlik imtiyoz bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar bo‘yicha asosiy ayblanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratov Urganchdagi tergov hibsxonasida ombudsman va parlament komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda tergov harakatlari paytida qiynoqqa solinmagani va bosim o‘tkazilmaganini ma’lum qildi.
XTV ota-onalar uchun Kundalik.com platformasiga obuna bo‘lish ixtiyoriy ekanligini ma’lum qildi. Yillik obuna narxi 8000 so‘mni tashkil etadi, bu 2020 yilga nisbatan 1200 so‘mga arzon. Qolaversa, tizim yordamida o‘qituvchilarning har chorakda 20 soat vaqti tejalishi aytilmoqda.
«Amalga oshirilgan ishlarni boshqalar 10 yilda ham eplashi dargumon», «avvalgisi bilan bugungisini taqqoslab bo‘lmaydi», «bog‘ dunyodagi o‘zining muqobillari bilan dadil tenglasha oladi», «bu bayramga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi» — Davlat OAVlarida 5 yil davomida ta’mirlangan Milliy bog‘ ochilishi qanday yoritildi?
«Vaqf» xayriya fondi «Vaqf suvlari» loyihasi doirasida turli hududlardagi, olis qishloq va ovullarda toza ichimlik suviga muhtoj bo‘lgan aholi uchun artezian quduqlarini qazib, minorali suv inshootlarini barpo etdi. Ushbu maqsadlar uchun 851,4 mln so‘m xayriya sifatida sarflandi.
SSV maktab oshxonalarida «fastfud» tayyorlash va sotish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. Bu turdagi mahsulotlar umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgani qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi.
Prezident qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarni tanqid qilib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari Aktam Xaitovni ogohlantirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.
Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan kechada uning rafiqasi Tatyana Karimova umri davomida hamisha birga bo‘lishganini esga oldi. «Sevgimiz bizni birlashtirgan va kuch bag‘ishlagan», — dedi u. Birinchi prezidentning xos soqchilari boshlig‘i Jahongir Abirov esa 1990 yil qiyin kechganini so‘zlab berdi.
Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabda darsliklar o‘quvchi va ularning ota-onalariga uloqtirib tarqatilgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘qituvchi hamda maktab direktori ishdan olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun 225 ta maktab o‘z eshiklarini ochadi. UNICEF buni “hal qiluvchi va muhim tashabbus” deya atadi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, inklyuziv ta’limning joriy etilishi umumiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda, deb qayd etdi jamg‘arma.
6 oy davomida O‘zbekistonda ekologiyani muhofaza qilish uchun davlat budjetidan 1,9 trln so‘m yo‘naltirildi. Shunga qaramasdan deputatlar mablag‘lar o‘zlashtirilmay qolayotgani, mas’ul vazirlik va idoralar ularni samarali sarflamayotgani va ishlar bajarilmayotganini tanqid qildi.
Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarish va oylik maoshlari undirishga erishdi. Ularni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
16 avgust kuni Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 12 yoshli qiz cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan. Uni IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv-qidiruv guruhi qidirmoqda.
Yangi boshlangan o‘quv yili, maktab darsliklari bepul ijaraga berilishi, xorijga chiqish pasportini olish osonlashgani, 95 kg narkotik, Afg‘onistondagi masjidda bo‘lgan terrorchilik va Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasi yaqinida bo‘lgan portlashni qoralagan O‘zbekiston va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i bilan darsliklar sifatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bundan tashqari, darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Ekologlar dron yordamida o‘tkazgan reydda fuqaro Jarqo‘rg‘on tumanidagi Surxondaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al qazib olayotganini aniqladi. Unga 9 mln so‘m jarima tortildi, texnikalari esa hududdan chiqarib yuborildi.
«O‘zyo‘linspeksiya» yil boshidan beri 139 ta holatda yo‘llardagi 6,1 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganini aniqladi. Inspeksiya talabnomasi bilan 4,2 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar pudratchilar tomonidan qaytadan bajarildi. Qoidabuzar mansabdorlarga nisbatan esa 134 ta bayonnoma tuzildi.
Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklarining ijara to‘lovlari narxi keskin oshirilishi ortidan keng jamoatchilik, jumladan, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar fonida darsliklarni bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.
DXX Toshkent va Surxondaryoda jami 95 kg giyohvand moddalarni aylanmasi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan shaxslar ushladi. Moddalar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirilgani aniqlandi.
O‘zbekistonda xorijga chiqish biometrik pasportini endi barcha DXMlar orqali rasmiylashtirish mumkin. Xizmat eksterritorial tamoyil asosida, ya’ni fuqaroning ro‘yxatda turgan manzilidan qat’iy nazar ko‘rsatiladi. Qolaversa, pasportni olish uchun talab etiladigan ma’lumotnomalar ham qisqartirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting