Poytaxt metropoliteni kuz boshlanishi bilan yo‘lovchilar oqimining oshishi kutilayotganidan ogohlantirdi. Yo‘lovchilardan transport kartalaridan foydalanish va vagonlar eshigi oldida to‘planib turmaslik, tushib ketayotganlarni kechiktirmaslik so‘raldi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusiga tegganlikda gumonlangan va qidiruvga berilgan shaxs Jizzax viloyatida ushlandi. Qo‘lga olish jarayonida u Aydar-Arnasoy ko‘li ortidagi chekka hududlardan biriga yashiringani aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanida YPX inspektori haydovchini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur voqeadan so‘ng, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani va u ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 829 dona baliq nobud bo‘lganini aniqladi. Bu «Navoiyazot» va «Navoiy IES» korxonalarining daryoga tashlaydigan oqova suvlaridan sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Ekologlar laborator tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
1 noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati yana 10 taga ortadi. Ularning orasida — rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ijaraga berish, avtomobil bozolarida vositachilik qilish, kulolchilik va boshqalar mavjud.
Haftaning birinchi yarmida biroz issiq ob-havo saqlanib qoladi, harorat +34…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa havo salqinlasha boshlaydi, harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Hafta davomida faqat Qoraqalpog‘istonda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda dushanbadan 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi, seshanba kuniga kelib bo‘ron ta’siri kamaya boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtdagi mehmonxonalarda tongi soat 5:00 dan boshlab dam olayotganlarni uyg‘otib, hujjatlarini tekshirmoqda. IIV bu holatni «dunyoda odatiy va to‘g‘ri qabul qilinadi», deya izohladi. Turizm vazirligi esa IIVdan tekshiruv nega o‘tkazilganini tushuntirishni so‘rab, xat kiritdi.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat umumiy o‘rta ta’lim davlat tomonidan kafolatlangani uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovning mavjudligini Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi. Parlament a’zosi tushuntirish berishi uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
14−17-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandning 16 ta ko‘chasi, shu jumladan, jamoat transporti harakati uchun yopiladi. Bu kunlarda shaharga kirish ham yopiladi, tranzitchilar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi (xarita).
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston aholisini USM xoldingiga aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritishga, shuningdek, sherik bo‘lishga yoki Alisher Usmonovdan yordam olishga chaqiruvchi reklamalar tarqalmoqda. Kompaniya buni foydalanuvchilarni aldash uchun yaratilgan firibgarlik loyihalari deb atadi.
Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.
Prezident Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunida mamlakatni ozod qilishga uringani uchun totalitar tuzum repressiyasiga uchragan o‘zbeklarni tilga oldi. Uning so‘zlarini Rossiya OAVlari «SSSRni o‘zbek millatining gultojlarini yo‘q qilishda ayblash» deb talqin qildi, Duma deputati esa buni spekulyatsiya deb atadi.
2022/2023 o‘quv yili uchun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt summasi 10 foizga kamaytirildi.
Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda obodonlashtirish ishlari ko‘pincha daraxtlar shikastlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Chilonzor ko‘chasini ta’mirlashda zarar yetgan emanlarni davolashni tavsiya qilgan dendrolog Atirgul Xolmurzayeva oddiy fuqarolar qanday qilib ildizi shikastlangan daraxtlarni qutqarishi mumkinligini so‘zlab berdi.
Aholisi kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami jo‘natildi. Og‘irligi salkam 40 tonna bo‘lgan yuk tarkibida o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari va boshqalar bor.
Mustaqillik bayrami sharafiga payshanba kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting