Jamiyat

Sudda Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum qilindi
10 avgust 2022, 11:24

Sudda Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum qilindi

Insta-bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) o‘ldirilishi bo‘yicha sudlangan shaxs jinoyat tafsilotlarini so‘zlab berdi, deb xabar qildi UzReport.

DTM 8 avgustdagi test natijalarini e’lon qildi
10 avgust 2022, 10:02

DTM 8 avgustdagi test natijalarini e’lon qildi

OTMga kirish uchun 8 avgust kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Ular to‘plagan ballarini to‘rt xil usulda bilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir sabab Namangandagi imtihonlar belgilangan vaqtidan kechroq boshlandi.

1 yanvardan qon donorlari uchun bir qator imtiyozlar beriladi
10 avgust 2022, 09:12

1 yanvardan qon donorlari uchun bir qator imtiyozlar beriladi

2023 yildan «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga 4,5 mln so‘m to‘lanadi. Ular jamoat transportidan bepul foydalanadi, sanatoriylarga navbatsiz yo‘llanma oladi. Yiliga 3 marta qon topshirganlar va ularning qarindoshlariga zarur bo‘lganda, qon bepul beriladi.

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 8 yoshli velosipedchi bola halok bo‘ldi
9 avgust 2022, 22:07

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 8 yoshli velosipedchi bola halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonida velosiped boshqarib ketayotgan bola va uning singlisini urib yubordi. Hodisa oqibatida sakkiz yoshli bola vafot etdi.

9 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 avgust 2022, 22:00

9 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston, turnir chempionlarini telefonda tabriklagan prezident, 16,5 yilga qamalgan bloger Asalhoney`ning qotili, kollej va texnikumlarga qabul kvotalari, Muqimiy ko‘chasidagi yong‘in, Toshkentda boshlangan ekologik reyd va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)
9 avgust 2022, 21:59

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sobiq Milliy bog‘ hududida joylashgan plyajli ko‘l 15 avgust kuni ochilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri bog‘da bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Maktablar oldida ilk bor transport oqimini sokinlashtirish boshlandi
9 avgust 2022, 21:13

Maktablar oldida ilk bor transport oqimini sokinlashtirish boshlandi

Toshkentda ilk bor maktab va bog‘chalar oldida transport oqimini sokinlashtirish dasturi tayyorlanmoqda. Maslahatchilar — Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin. Birinchi bosqichda tez va arzon yechimlar: belgilar, ustunchalar, notekisliklar qo‘llaniladi. Loyiha «ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish mumkin».

Prezident taklifi bilan tashkil etilgan «Oqila ayollar» harakatining asosiy vazifalari belgilandi
9 avgust 2022, 18:38

Prezident taklifi bilan tashkil etilgan «Oqila ayollar» harakatining asosiy vazifalari belgilandi

O‘zbekistonda «Oqila ayollar» harakati tashkil etildi. Harakat a’zolari faol va tashabbuskor ayollardan iborat bo‘ladi. Ular yosh qizlarda oilaga sadoqatni singdirish, xotin-qizlarga qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushintirish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.

Yangiqo‘rg‘onda yana bir arxeologiya yodgorligi vayron qilindi
9 avgust 2022, 18:11

Yangiqo‘rg‘onda yana bir arxeologiya yodgorligi vayron qilindi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «O‘rdatepa» arxeologiya yodgorligi vayron qilinib, uning o‘rniga ikki fuqaro uy qurgani aniqlandi. Avvalroq xuddi shu tumandagi «Gaistontepa» arxeologik yodgorligi butunlay vayron bo‘lgani xabar qilingan edi.

Toshkentda shirkat rahbari aholi kommunal to‘lovlar uchun bergan 350,6 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
9 avgust 2022, 18:10

Toshkentda shirkat rahbari aholi kommunal to‘lovlar uchun bergan 350,6 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari alohining kommunal to‘lovlari uchun bergan jami 350,6 mln so‘m mablag‘larini bank kassasiga kirim qilmasdan, noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 4 gektar yerni $42 mingga sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi
9 avgust 2022, 17:19

Samarqandda 4 gektar yerni $42 mingga sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatida bir nechta shaxslar 4 gektar yer maydonini 42 ming dollarga sotishga urinib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bloger Asalhoney`ning qotili 16,5 yilga qamaldi
9 avgust 2022, 17:11

Bloger Asalhoney`ning qotili 16,5 yilga qamaldi

Sud o‘z uyida o‘ldirib ketilgan bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) qotiliga 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi
9 avgust 2022, 16:22

O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi

O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlarida Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga mudofaa vazirlari Bahodir Kurbanov va Sherali Mirzo imzo chekdi.

Kvartirada yashovchilar gaz uchun to‘lovni fuqaro soniga qarab to‘lashi yoki eski hisoblagichlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi
9 avgust 2022, 16:05

Kvartirada yashovchilar gaz uchun to‘lovni fuqaro soniga qarab to‘lashi yoki eski hisoblagichlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

«Hududgazta’minot» kompaniyasining tushuntirishicha, markaziy issiqlik ta’minotiga ulangan 11,5 ming ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish qarori xonadonlarga hisobdonlarning o‘rnatilishi noqulayligi va tabiiy gazdan kam foydalanadigan fuqarolarning murojaatlari asosida qabul qilingan.

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi (jadval)
9 avgust 2022, 15:52

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi (jadval)

Toshkentning Sergeli tumanidagi bir qator mahallalarda 10 avgust kuni soat 10:00 dan boshlab ichimlik suvi to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida esa suv bosimi pasayadi. Jadval.

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
9 avgust 2022, 15:45 13

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekistonda 149 ta kollejga kirish uchun 59 460 ta️, 194 ta texnikum uchun 80 178 ta kvota ajratildi. Hujjatlar ️kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Hujjat qabuli esa 15 avgustga qadar uzaytirildi.

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
9 avgust 2022, 14:24

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in kelib chiqdi. Uni o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Olov 12:50 da o‘chirildi, binoning 900 kv.m. maydoni zararlangani aytilmoqda.

Interpol xalqaro qidiruvdagi chet ellik fuqaroni qo‘lga oldi
9 avgust 2022, 13:14

Interpol xalqaro qidiruvdagi chet ellik fuqaroni qo‘lga oldi

Interpol byurosi Qirg‘izistonda rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxsni O‘zbekistonda ushladi. Bosh prokuratura ekstraditsiya qilish masalasini ko‘ryapti.

5 yil ish stajiga ega fuqarolarni OTMga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
9 avgust 2022, 11:09

5 yil ish stajiga ega fuqarolarni OTMga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

86 ta vazirlik va tashkilotlarga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ishlagan fuqarolarni OTMlarga suhbat asosida kiritish uchun tavsiya qilish huquqi berilmoqda. Bunda abituriyent «superkontrakt» asosida o‘qiydi va ularni ro‘yxatga olish 8−22 avgust oralig‘ida DTM sayti orqali amalga oshiriladi.

Toshkentda ekologik reydga start berildi
9 avgust 2022, 09:45

Toshkentda ekologik reydga start berildi

9 avgust kunidan boshlab Toshkent shahrida ekologik reyd o‘tkazilmoqda. Ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlaridan iborat Ekopatrul inspektorlari tuzildi, ular hududlarga bo‘linib, yo‘nalishlar kesimida butun shaharni o‘rganib chiqadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting