Jamiyat

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi
3 dekabr 2021, 10:54

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 1 martgacha O‘zbekistonning barcha tumanlarida blokpostlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV ushbu xabarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida hududlarda kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda
3 dekabr 2021, 10:26

Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda

Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga 15 turdagi qonunbuzarlik kiritilmoqda. Shuningdek, poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shu turdagi jinoyatchilarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik va jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik taklifi bildirildi.

O‘zbekiston ilk bor Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi
3 dekabr 2021, 01:24

O‘zbekiston ilk bor Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi

Madridda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon turizm tashkilotining sessiyasida 2023 yilgi Bosh assambleyani o‘tkazish uchun O‘zbekiston tanlab olindi. Shu munosabat bilan 2023 yilda Samarqandga jahon turizm poytaxti maqomi beriladi. Bosh assambleyani o‘tkazishga Portugaliya ham da’vogarlik qilgandi.

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
2 dekabr 2021, 23:50

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish, jumladan, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi chora joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, «yo‘lda bezorilik» sodir etgan haydovchilar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatiladi.

Ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolar kafilligiga ham ruxsat beriladi
2 dekabr 2021, 21:26

Ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolar kafilligiga ham ruxsat beriladi

O‘zbekistonda ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinadi. Ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 mln so‘m subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruxsat beriladi.

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonachilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 dekabr 2021, 20:50

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonachilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda katta miqdordagi «Tropikamid», «Zardeks» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar vazifalari belgilab berildi
2 dekabr 2021, 19:55

Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar vazifalari belgilab berildi

O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar — hukumat, IIV, Milliy gvardiya, FVV, DXX, Bosh prokuratura, AKT vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, SSV, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalari belgilab berildi.

Toshkent viloyatida korxona xodimlari qariyb 490 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi
2 dekabr 2021, 18:54

Toshkent viloyatida korxona xodimlari qariyb 490 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi korxonaning xodimlari savdodan tushgan 489,7 mln so‘mni o‘zlashtirganligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi
2 dekabr 2021, 17:47

O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda jamoat xavfsizligini ta’minlashning umumiy qoidalari, konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari, kutilayotgan natijalar va boshqalar o‘rin olgan.

DXX Toshkentdagi narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi
2 dekabr 2021, 17:43

DXX Toshkentdagi narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkentda mefedron moddasini ishlab chiqaruvchi narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi. Ijaraga olingan 3 ta xonadondan sintetik narkotik moddasi va uskunalar olib qo‘yilgan. Internet orqali narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zolaridan bitkoin ko‘rinishida jamg‘arilgan 133,7 ming dollar musodara qilindi. Shuningdek, narkotiklar chet eldan elektrosamokatlarda olib kirilgani aniqlandi.

Andrey Kanchelskis «Navbahor» to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya tufayli unga tahdid bo‘lganini aytmoqda
2 dekabr 2021, 16:47

Andrey Kanchelskis «Navbahor» to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya tufayli unga tahdid bo‘lganini aytmoqda

«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.

Toshkent metropolitenining jetonlari qanday bo‘lgan va dunyo metrolarida yo‘lkira qanday to‘langan?
2 dekabr 2021, 13:36

Toshkent metropolitenining jetonlari qanday bo‘lgan va dunyo metrolarida yo‘lkira qanday to‘langan?

1 dekabrdan boshlab Toshkent metropoliteni plastik jetonlarni qabul qilishni to‘xtatdi. «Gazeta.uz» Toshkent metropolitenining jetonlari tarixi, shuningdek, Moskva, London va Nyu-York metrolaridagi to‘lov tizimlari haqida hikoya qiladi.

Qarshida talaba qiz o‘zini texnikum yotoqxonasidan tashlab yubordi
2 dekabr 2021, 10:17

Qarshida talaba qiz o‘zini texnikum yotoqxonasidan tashlab yubordi

Qarshidagi medtexnikumda tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini yotoqxonaning 4-qavatidan tashlab, vafot etdi. Uning o‘limi sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

1 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 dekabr 2021, 21:54

1 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Haydovchilarga quloqchin yoki bluetooth orqali telefondan foydalanishga ruxsat etilgani, O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgani, o‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilayotgani, noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qilgani, avtomobilning old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun jarima bekor qilingani — «Gazeta.uz»ning 1 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz — Adliya vazirligi
1 dekabr 2021, 20:57

Avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi bugun e’lon qilingan qonunga tushuntirish berdi. Unda aytilishicha, haydovchilar telefonda faqat bluetooth, quloqchin va boshqa garnituralar orqali gaplasha oladi, lekin telefonning o‘zidan foydalana olmaydi.

Avtomobilning old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun jarima bekor qilindi
1 dekabr 2021, 17:16

Avtomobilning old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun jarima bekor qilindi

Transport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. Biroq, harakat vaqtida ulardan dasturlarni tomosha qilishda foydalanish taqiqlanganicha qolmoqda.

Turin politexnika universiteti talabasi o‘ldirilgan voqea tafsilotlari ochiqlandi
1 dekabr 2021, 16:39

Turin politexnika universiteti talabasi o‘ldirilgan voqea tafsilotlari ochiqlandi

Poytaxt IIBB Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi o‘ldirilishiga oid voqea tafsilotlari yuzasidan ma’lumot berdi. Voqea aslida muassasaning 1 kurs talabalari o‘rtasidagi mojaroga aralashish oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda. Talabaning o‘limi yuziga tushgan zarba va buning oqibatida miyada qon quyilishi sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha ilk laboratoriya tashkil etildi
1 dekabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha ilk laboratoriya tashkil etildi

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha bo‘yicha birinchi laboratoriya ishga tushirildi. Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Apelsin ilovasi tug‘ilgan kuni munosabati bilan aksiya o‘tkazmoqda
1 dekabr 2021, 15:00

Apelsin ilovasi tug‘ilgan kuni munosabati bilan aksiya o‘tkazmoqda

Apelsin mobil ilovasi ikki yoshga to‘ldi va buning munosabati bilan aksiya bo‘lib o‘tmoqda. Aksiyada beshta iPhone 13 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkin.

Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi
1 dekabr 2021, 14:53

Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi

Respublika maxsus komissiyasi o‘zbekistonliklarga yangi yil bayramini oila davrasida nishonlashni tavsiya etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting