Jamiyat

Diplomatiya universiteti «Smart universitet» tizimiga o‘tadi
25 iyul 2022, 16:01

Diplomatiya universiteti «Smart universitet» tizimiga o‘tadi

Prezident qarori bilan, JIDU «Smart universitet»ga aylantiriladi. Oliygoh 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekistonning to‘rtta universiteti bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Qolaversa, universitetning iqtidorli talabalariga xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati beriladi.

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi
25 iyul 2022, 15:22

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

Suzish federatsiyasi mansabdorlari terma jamoa tarkibida bo‘lmagan fuqaroni xalqaro yig‘inga yuborib, 71 mln so‘mni asossiz ishlatgani, 287 nafar sportchi mehmonxona xizmatidan foydalangani haqida soxta hujjat tayyorlab, 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES
25 iyul 2022, 14:00

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov buni rad etib, hozirgacha mamlakatda umuman vabo aniqlanmaganini ma’lum qildi. SES ochiq suv hafzalari va ichimlik suvini vaboga qarshi muntazam tekshirib turgani qo‘shimcha qilindi.

Energetika vazirligi: cheklovlar keng ko‘lamli muammolarning oldini oladi
25 iyul 2022, 12:17

Energetika vazirligi: cheklovlar keng ko‘lamli muammolarning oldini oladi

Energetika vazirligining xabar berishicha, yuqori harorat va elektr uzatish liniyalarining haddan tashqari qizib ketishi sharoitida dispetcherlar ayrim hududlar va sanoat obyektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzishga majbur bo‘lmoqda. Agar shunday qilinmasa, katta hajmda baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet
25 iyul 2022, 11:26

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Hafta boshida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jazirama pasaya boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25−26 iyul kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqaladi, havo harorati +33…+36 darajagacha tushadi.

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi
25 iyul 2022, 10:03

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IT, tibbiyot, moliya — yaqin kelajakning eng istiqbolli va barqaror kasblari qaysi?
25 iyul 2022, 10:01

IT, tibbiyot, moliya — yaqin kelajakning eng istiqbolli va barqaror kasblari qaysi?

Global mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab yuqori darajada qayta tiklanib, rekord darajadagi «iqtidorlar tanqisligi» kuzatilmoqda. Ushbu murakkab bozor sharoitida qaysi kasblar eng istiqbolli, daromadli va barqaror bo‘ladi? «Gazeta.uz» maqolasida kelajak kasblari haqida hikoya qilinadi.

G‘afur G‘ulom bog‘i ochilishi sentabrga qoldirildi — Senat
25 iyul 2022, 09:49

G‘afur G‘ulom bog‘i ochilishi sentabrga qoldirildi — Senat

Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i 1 sentabr kuni ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Senat. Bog‘ni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management vakili bu oxirgi muddat ekanligi va obyektning ochilishi avgust oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini qayd etdi.

Bakan Tex va FT Textile Group BSCI sertifikatlariga ega bo‘ldi
23 iyul 2022, 17:00

Bakan Tex va FT Textile Group BSCI sertifikatlariga ega bo‘ldi

O‘zbekistonning Bakan Tex va FT Textile Group kalava-ip ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari Business Social Compliance Intiative sertifikatiga ega bo‘ldi.

Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariyadagi sudda g‘alaba qozonishdi
23 iyul 2022, 16:30

Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariyadagi sudda g‘alaba qozonishdi

Shveysariya apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaga qo‘yilgan pora olish bo‘yicha ayblov yuzasidan uning advokatlari kiritgan shikoyatni qisman qanoatlantirdi. Mazkur sud qarori unga muzlatib qo‘yilgan 303 mln dollar mablag‘ni qaytarib olishga yordam berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg Law.

Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum o‘z joniga qasd qilishga urindi
23 iyul 2022, 15:56

Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum o‘z joniga qasd qilishga urindi

Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum yashash binosidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Mahkumlarda og‘ir tan jarohatlari aniqlangan. Jinoyat alomatlari bo‘lmagani uchun prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atmadi. Holatga «Ezgulik» jamiyati rahbari hamda Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanayotganda aholiga suv transportda yetkazib beriladi
23 iyul 2022, 13:05

Ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanayotganda aholiga suv transportda yetkazib beriladi

Ichimlik suvi ta’minoti to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Shu bois, ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanayotganda hamda avariyaviy holatlarda aholiga suv transportda yetkazib beriladi.

O‘zbekistonda ASUS kompaniyasining 2022 yilgi noutbuklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
23 iyul 2022, 13:00

O‘zbekistonda ASUS kompaniyasining 2022 yilgi noutbuklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

ASUS iste’molchi, o‘yin va biznes segmentlarida 2022 yilning yangi mahsulotlarini taqdim etdi.

Nima tayyorlaymiz: Yaxna sho‘rvalar
23 iyul 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Yaxna sho‘rvalar

Yozbop okroshka, kuk-si, go‘ja, samarqandcha chalop, gaspacho, qizil lavlagili yaxna sho‘rva, Bolgariyaning mashhur tarator sho‘rvasi — Zira.uz turli xil mazali yaxna sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Bozorlarda oziq-ovqat sotish qoidalari buzilishi bo‘yicha 1000 dan ortiq holat aniqlandi
23 iyul 2022, 08:52

Bozorlarda oziq-ovqat sotish qoidalari buzilishi bo‘yicha 1000 dan ortiq holat aniqlandi

9 mingga yaqin savdo shoxobchasida tovarlarni sotish sharoitlari tekshirilganida, 1033 ta chakana savdo qoidalarini buzish holati aniqlandi. Jumladan, tovarlar quyosh nuri ostida yoki muzlatgichli vitrinalar va muzlatgichlardan tashqarida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun IIBga olib borish amaliyotidan voz kechiladi
23 iyul 2022, 08:24

Fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun IIBga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab «Ye-patrul» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. PPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi barcha muloqotlar bodi-kameralar orqali yozib olinadi.

O‘zbekiston qashshoqlikning keskin o‘sishi xavfiga to‘qnash kelishi mumkin — BMTTD
22 iyul 2022, 23:04

O‘zbekiston qashshoqlikning keskin o‘sishi xavfiga to‘qnash kelishi mumkin — BMTTD

O‘zbekiston asosiy resurslar narxi keskin oshgani sababli qashshoqlik darajasi o‘sishi xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi, deya ma’lum qildi BMTTD.

22 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 iyul 2022, 22:00

22 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent uchun 2 ta «shovqinsiz» tramvay, yo‘qolgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirilmasligi, qovun-tarvuz sotuvchilari, isishda davom etayotgan kunlar, Qoraqalpog‘istonda «Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi, Samarqandda 5G internet, O‘zbekistondagi donorlik va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumonlanayotgan 20 yoshli «moykachi» qo‘lga olindi
22 iyul 2022, 18:51

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumonlanayotgan 20 yoshli «moykachi» qo‘lga olindi

Surxondaryoda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan 20 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. U internet orqali «Tavhid va jihod katibasi» xodimi bilan muloqot qilib, uning g‘oyaviy ta’siri ositida «jihod» qilishni maqsad qilgani aytilmoqda.

Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
22 iyul 2022, 18:47

Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting