Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
10−13 may kunlari havo salqin bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda. Hafta davomida tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.
Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar, shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari, qolaversa, Konimex hamda Navbahor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘z yaqinlariga xatlarda nimalar haqida yozishgan? “Gazeta.uz” Shon-sharaf muzeyi va “O‘zarxiv” agentligi taqdim etgan xatlar bilan bo‘lishmoqda. Jangchilar nafaqat o‘z yaqinlariga noma yo‘llagan, balki gazetalar tahririyatlariga urush haqidagi hikoyalarini yuborishgan va hattoki sheʼrlar ham yozishgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, davlat rahbari G‘alaba bog‘idagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
Metall Center kompaniyasi O‘zbekiston va xorijlik ishlab chiqaruvchilarning keng turdagi metall mahsulotlari sotuvini amalga oshirmoqda. Xaridorlar uchun tezkor yetkazib berish xizmati va qator chegirmalar mavjud.
O‘zbekistonning Londondagi sayyohlik elchisi Sofi Ibbotson Mo‘ynoqning turistik salohiyatini oshirish haqida fikr bildirib, Nukus xalqaro aeroportining shahardan uzoqligi, Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘llar nosozligi hamda infratuzilma qoniqarli darajada emasligini ta’kidladi. U borish va qaytish oson va tez, qolaversa, yashash sharoitlari yaxshi bo‘lgan shaharlarda turistlar soni tez ortishini aytib, rasmiylarni Mo‘ynoqqa ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.
Ikki nafar fuqaro Bo‘stonliq tumanidagi 2,4 gektar yerni sotish uchun avansni olayotganida qo‘lga olindi. Yerni 980 ming dollarga sotishni rejalashtirgan fuqarolar keyinchalik uni qurilish uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan. Fuqarolardan biri Bo‘stonliq tuman yo‘l-qurilish boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari bo‘lib chiqdi.
Ushbu hamkorlik doirasida Wendy’s mazkur yubileyga bag‘ishlangan tadbirda issiq ichimliklarni cheklangan miqdordagi maxsus stakanlarda taqdim etadi.
Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil qilindi.
Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasi binosi tomining qariyb yarmi favqulodda vaziyat tufayli qulab tushdi. Qurilish vazirligi buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelganini ma’lum qildi.
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning eskirganini tekshirayotgan hokimlik, pora bilan ushlangan yana bir hokim yordamchisi, OAV va kinolardagi ayol siymosini o‘rganishga chaqirgan Mass-media fondi, talabalar turar joylari qurmoqchi bo‘lganlarga beriladigan 50% subsidiya, o‘zini osib o‘ldirgan 2 qashqadaryolik maktab qizi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 7 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Mo‘ynoqda bo‘lib o‘tayotgan Stixiya musiqiy festivali doirasida mahalliy turoperator Dilfuza Kutlimurotova Orolbo‘yi hududiga bir marta kelgan odam tabiatning qadriga yetib ketishini ta’kidladi. «Toshkentda daraxtlarni kesishayapti — Mo‘ynoqda esa bitta bargning qadri baland, hattoki bolalar teginmaydi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida bu yerda na suv, na elektr energiya, na yo‘l bo‘lgan. 2017 yildan beri tumanda infratuzilma yaxshilanishi ortidan mahalliy aholi bilan birga turistlarning ham soni orta boshlagan.
Toshkent shahar hokimligi 12 mingta ko‘p qavatli uyning eskirganlik darajasini o‘rganmoqda. Inventarizatsiya uch oyda yakunlanishi va kamchiliklarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Antikorrupsiya agentligi «Kultepa», «Vardonze yodgorligi» va «Quloqtepa» madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zarar sabablarini bartaraf etishni so‘rab, Turizm va madaniy meros vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Agentlikning ta’kidlashicha, qonunbuzarliklarga Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinmagani va yetarli nazorat o‘rnatilmagani sabab bo‘lgan.
Toshkent hokimligi Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi nima uchun poytaxtdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchilik ishlarini bajarish huquqini tendersiz olganini tushuntirdi.
Qamashi tumani va Qarshi shahrida maktabda o‘qiydigan qizlar o‘zini osib, vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda prokuratura ushbu holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Davlat xususiy sherikchilik asosida talabalar turar joylarini qurishni istagan tadbirkorlarga bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi. TTJlar loyihasi tender orqali aniqlanadi.
2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qiymati 75 milliard so‘mni tashkil etadi. obyektlar orasida Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Amir Olimxon madrasasi, Tolipoch qal’asi qoldiqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi yodgorliklar bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting