O‘zbekiston fuqarolarining fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi 25 yosh etib belgilanmoqda. Shuningdek, fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etilishi taqiqlanishi mumkin. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funksiyalari Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi noyob jonivorlar yashaydigan Hisor davlat qo‘riqxonasining bahoriy tabiatidan tasvirlarni e’lon qildi.
UzReport TV orqali Senat majlisi translyatsiyasi boshlanganidan qariyb 8 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Parlament yuqori palatasining YouTube-sahifasida jonli efir 2019 yil oktabridan beri birinchi marta namoyish etilmadi. Prezident farmoniga ko‘ra, 1 dekabrdan boshlab yig‘ilishlar MTRK kanallari va internet tarmog‘ida efirga uzatilishi kerak edi.
Prezident farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish agentlikning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.
Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Nurafshonda esa MCHJ rahbari 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. DXX, Bosh prokuratura huzuridag Departament va IIV noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq bir qancha holatlarni aniqladi.
Iste’molchilarga ichimlik suvi bo‘yicha asossiz hisoblangan to‘lovlarning yarmi miqdorida kompensatsiya talab qilish huquqi berilmoqda. Ushbu kompensatsiya ichimlik suvi ta’minoti tashkilotidan undiriladi.
Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Prezident qarori bilan bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 mlrd so‘m budjet ssudasi ajratildi. Mazkur ssuda hisobidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga qarz beriladi.
Samarqanddagi mehmonxonalardan birining ish boshqaruvchisiga xorijlik sayyoh, IT-mutaxassisni haqoratlab, kamsitgani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Andijon hududida sodir bo‘lgan 4,1 magnitudali zilzila Xonobod, Qo‘rg‘onepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarida ham sezildi.
«O‘zkomnazorat»ga tayinlangan yangi boshliq, Tashqi ishlar vazirligidan ketgan Abdulaziz Kamilov, 30 aprel kuni bo‘ladigan xayriya hashari, O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi, qorako‘lchilik va ipakchilik uchun muddati uzaytirilgan imtiyozlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.
Kiyevda ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokor Temurbek Yusupov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Ukraina poytaxtida vaziyat ancha yaxshilangani, komendantlik soati qisqargani, jamoat transporti ishi tiklanganini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar hozircha shaharga qaytishni tavsiya etmayapti, chunki vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Shuningdek, u Polsha bilan chegarada sodir bo‘lgan YTHda yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lganini ma’lum qilib, Ukrainadagi «banderovchilar va natsistlar» haqidagi xabarlar bo‘yicha fikr bildirdi.
1-maydan respublikadagi to‘xtab turish va avtomobil qo‘yish joylarida turli ko‘rinishdagi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Avvalgi yo‘l harakati qoidalarida to‘xtash joyi belgisi faqat bir ko‘rinishda edi.
YHXX hududiy boshqarmalarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining hamkorlikda ishlovchi katta inspektor lavozimi joriy etildi. U, jumladan, o‘rta maxsus ta’lim dargohlarida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va turli musobaqalarni tashkil etadi.
Hukumat farmoyishiga ko‘ra, shanba kuni O‘zbekistonda umumxalq hayriya hashari bo‘ladi.
AQShda yashovchi sherigi bilan Samarqandda yashovchi fuqaroni 40 ming dollar evaziga Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bunday holatlar hududda avval ham qayd etilgan edi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Marosimda “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ishtirok etib, chaqiriluvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilish holatlarini tizimli ravishda sodir etib kelgan veb-saytlar faoliyati vaqtincha cheklanadi. Intelektual mulk sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi.
Amazon kompaniyasining tematik reklamalarning avtomatlashtirilgan xaridi bo‘yicha konsultanti Irina Ablyazova — “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan Amerikadan bo‘lmaslik ish topishga qanday yordam berishi, kompaniyaning qat’iy korporativ madaniyati, nima uchun rahbariyatga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart emasligi va AQShga qanday qilib borish mumkinligi haqida so‘radik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting