Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deyilayotgan shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Kasaba uyushmalari tomonidan yil boshidan beri 14 mingga yaqin xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 13,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi. Jamoa shartnomasini bajarish uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha bir xodimga yil davomida sarflangan mablag‘ miqdori 1,5 mln so‘mdan 5 mln 62 ming so‘mgacha oshdi.
Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farhod Dehqonov Toshkent shahar, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod qilinishi va yangi hokim tayinlanishi, yangi chiqarilgan qaror va farmonlar, prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlar — “Gazeta.uz"ning 8 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Aydar-Arnasoy hududida ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta’kidlandi. Ko‘llar atrofida qo‘shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish, baliq ovlash hajmini 4 ming tonnadan 20 ming tonnaga yetkazish va qirg‘oqlar bo‘yidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekish topshirildi.
Navoiy viloyatidagi YTHda halok bo‘lgan 3 nafar bank xodimi “yuqori turuvchi rahbarlar bergan topshiriqlarni bajarish uchun dam olish kuni ishga jalb qilingani” aytilmoqda. Mehnat vazirligi holatni o‘rganishni boshladi.
Magic City majmuasi qo‘riqchilari hamda gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi shaxslar o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi ushlangan, qolganlarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov sog‘ligi davolanish talab etilganligi sababli, o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etildi. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Normat Tursunov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Nurafshonda Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish, shuningdek, kutubxona qurish uchun 34,4 mlrd so‘m (3,2 mln dollardan ortiq) mablag‘ yo‘naltirildi. Loyiha Qarshidagi «Qashqadaryo Maks Servis Qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hokimlik xarajatlar yuzasidan izoh berdi.
8 noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmadi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
O‘zbekiston shahar va qishloqlarini chang-to‘zonli tuman qopladi. Bunday paytda ochiq havoda bo‘lish sog‘liq uchun xatarlidir. Ayni paytda mamlakatdagi daraxtlar va yashil bog‘lar, dalalar, ko‘l va daryolar najot so‘rab iltijo qilmoqda. Agar ularning gapirishga zaboni bo‘lganida, bizga nima degan bo‘lishardi? Botir Qobilov ruknida shu haqda hikoya qilinadi.
7 noyabr kuni respublika bo‘ylab 3768 kishi «Tez yordam» xizmatiga murojaat qilgan. Shundan 349 tasi chang-qumli bo‘ron natijasida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq chaqiriq bo‘lgan.
DXX tomonidan «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti ta’siriga tushib qolgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi. U Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida qo‘shni davlatlarning biriga o‘tganida qo‘lga olingani aytilmoqda.
Bugun va ertaga O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kuni mamlakatga iliq havo massalari kirib keladi. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +15…+18 daraja iliqgacha isiydi.
Farg‘ona viloyatidagi mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi qolmadi va muassasalar faoliyati to‘xtatildi. Dang‘ara tumanida yashovchi Berdiyevlar oilasi 6 nafar tarbiyalanuvchini asrab olib, “Bolalar baxti” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil qildi. Shuningdek, Qo‘qon shahrining O‘zbekiston va Toshloq tumanlarida ham oilaviy mehribonlik uylari tashkil etilgan. Muassasaning 80 nafar sobiq ishchi-xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha yashash manzillariga yaqin bo‘lgan joylarda ish bilan ta’minlanmoqda.
31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Iqtisodiyot tarmog‘ida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar suhbat asosida OTMlarga o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Talabgorlar vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari tomonidan berilgan tavsiyanomalar asosida suhbatga kiritiladi.
Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.
Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Ularning 3 nafari Xalq bankining Nurota filiali boshqaruv xodimlari ekani aytilmoqda. Shuningdek, viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting