Jamiyat

Foto: Toshkent aeroporti, Urganch va Farg‘ona vodiysi yangi aeroportlari tashqi ko‘rinishi
12 aprel 2022, 15:55

Foto: Toshkent aeroporti, Urganch va Farg‘ona vodiysi yangi aeroportlari tashqi ko‘rinishi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroporti, Urganch aeroporti va Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun yagona aeroport fasadining konseptual ko‘rinishi bilan tanishdi.

Nukusda yangi tug‘ilgan chaqaloq uni adashib o‘lik deb, «morg»ga berib yuborishgach vafot etdi
12 aprel 2022, 13:50

Nukusda yangi tug‘ilgan chaqaloq uni adashib o‘lik deb, «morg»ga berib yuborishgach vafot etdi

O‘tgan yili Nukusda shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni xato tufayli o‘lgan deb qayd etib, patologiya byurosiga berib yuborishgan. Patologo-anatomik chaqaloqning ko‘krak qafasini ochganida uni hali tirik ekanligini aniqlagan, biroq, unga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan, shifokorlarga qaytarib bergan. Chaqaloq vafot etdi, uch kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.

5 yillik ish tajribasiga ega xotin-qizlarni OTMga imtihonsiz qabul qilish taklif etilmoqda
12 aprel 2022, 12:27

5 yillik ish tajribasiga ega xotin-qizlarni OTMga imtihonsiz qabul qilish taklif etilmoqda

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat tajribasiga ega ayollarni OTMlarga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilish taklifini bildirdi. Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida tavsiyanoma 3 yilga berilishi, ularga alohida kvota ajratilishi va bunday abituriyentlar o‘rtasida alohida test sinovlari o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Fuqarolarning 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorligi ish haqidan undiriladi
12 aprel 2022, 11:42

Fuqarolarning 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorligi ish haqidan undiriladi

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, undiruv qarzdorning mol-mulkiga emas, balki uning bankdagi hisobraqamiga qaratiladi. Qolaversa, 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorlik ish haqi, stipendiya, pensiya yoki boshqa daromaddan undirilishi mumkin.

MIB ishiga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi
12 aprel 2022, 11:31

MIB ishiga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi

Qonunchilikka sud hujjatlarining majburiy ijrosiga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritildi. MIB ishiga aralashish holati ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Toshkentdan Qozog‘istonga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
12 aprel 2022, 10:51

Toshkentdan Qozog‘istonga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

12 apreldan boshlab Toshkentdan Qozog‘iston shaharlariga avtobus qatnovlari tiklanadi. Transport vazirligi beshta shaharga reyslar jadvali va chiptalar narxlarini e’lon qildi.

Farg‘onada Olimpiya kolleji bosh hisobchisi 4,3 mlrd so‘m pulni qimorga tikkanligi aytilmoqda
12 aprel 2022, 10:09

Farg‘onada Olimpiya kolleji bosh hisobchisi 4,3 mlrd so‘m pulni qimorga tikkanligi aytilmoqda

Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi 3 yil davomida 4,3 mlrd so‘mlik mablag‘larni asossiz ravishda o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. U o‘zlashtirilgan mablag‘larni internet orqali qimor o‘yinlariga tikib, sarflab yuborgan. Bosh hisobchiga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Xalq bu kuchdir». Toshkent aholisi yana bir bolalar maydonchasini himoya qilishga erishdi
12 aprel 2022, 10:04

«Xalq bu kuchdir». Toshkent aholisi yana bir bolalar maydonchasini himoya qilishga erishdi

Toshkentning Yunusobod tumani Markaz-5 dahasi aholisi quruvchi bilan kurashda yangi bino qurilishi ko‘zda tutilgan joydagi bolalar maydonchasi va yashil hududni himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mojaro vaqtida ayrim aholi vakillari va faollar jarohatlandi. Hodisa poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev aralashuvi bilan hal etildi.

11 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 aprel 2022, 22:19

11 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Humo kartalaridagi uzilishlar, prezident bilan bog‘liq xabarlar ostidagi “o‘quvchilarimiz” izohlari, desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qilgan Mudofaa vazirligi, kutilayotgan issiq kunlar, Ukrainaga gumanitar yordam yuborgan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz” ning 11 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvada qo‘ndi
11 aprel 2022, 21:48 2

Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvada qo‘ndi

Minskdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga bomba qo‘yilganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Toshkentda $6900 qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxslar ushlandi
11 aprel 2022, 18:20

Toshkentda $6900 qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 6900 dollar qalbaki kupyuralarni sotishga uringanlikda gumonlangan uch kishi qo‘lga olindi. Toshkent viloyatida esa ikki fuqaro 11 ming dollarni noqonuniy tarzda 125,4 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi
11 aprel 2022, 17:43

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida sportning 9 ta turi bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu orqali yil oxirigacha 6 mln nafar yoshlarni sport bilan qamrab olish reja qilingan. Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, qolaversa, maktab va OTMlar doirasida ham musobaqalar tashkillashtiriladi.

«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani
11 aprel 2022, 16:58

«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa «bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni» so‘rab chiqdi. «Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim», — dedi u. Vakil holatni o‘z nazoratiga oldi.

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda
11 aprel 2022, 15:13 1

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda
11 aprel 2022, 13:00

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda

Britaniya menedjment universiteti bitiruvchilari ikkita diplom, IT va biznes tahlili bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislik hamda ACCA, CFA, PMI va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi
11 aprel 2022, 12:59

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi

Mudofaa vazirligi havo desant xizmati harbiylarining parashyutda sakrash bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi.

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda
11 aprel 2022, 12:19

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda bir qator bank ilovalarida Humo kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi ushbu muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi hamda uzilishlar mobil ilovalarning hammasiga ham ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari
11 aprel 2022, 12:17

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari

«Prezidentimiz birinchi raqamli», «Mirziyoyevga ehtirom», «Orzularingiz ushalsin, Shavkat Miromonovich» — bu kabi izohlar prezident bilan bog‘liq xabarlar ostida tez-tez uchrab turadi. Bu kim tomonidan nima uchun qilinayotgani va bu borada nima qilish kerakligini bilmaymiz. Ammo bunday sharhlarni o‘qish har doim qiziqarli.

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi
11 aprel 2022, 11:59

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi

Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
11 aprel 2022, 11:49

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting