Jamiyat

«Qamchiq» dovoni avtomobil harakati uchun ochildi
12 mart 2022, 20:12

«Qamchiq» dovoni avtomobil harakati uchun ochildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Toshkent-Vodiy» avtomobil yo‘lidagi «Qamchiq» dovonida transport harakati qayta tiklanganini ma’lum qildi.

«Qamchiq» dovonida qolib ketganlar uchun poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
12 mart 2022, 17:06

«Qamchiq» dovonida qolib ketganlar uchun poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Qamchiq» dovoni avtomobil harakati uchun yopilganligi sababli yo‘lda qolib ketgan fuqarolar Ohangaron, Angren va Orzu vokzallaridan yo‘lovchi poyezdlarida manzillariga yetkazib qo‘yiladi. FVV haydovchilardan vaqtincha dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ramoqda.

Toshkent viloyatida “Isuzu” avtobusi yonib ketdi
12 mart 2022, 16:34

Toshkent viloyatida “Isuzu” avtobusi yonib ketdi

Juma kuni Yangiyo‘l tumanidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli avtobus yonib ketdi. Shu kuni boshqa bir holatda, Toshkent shahrida “Lacetti” haydovchisi 60 yoshli piyodani urib yubordi. Avariya oqibatida fuqaro shifoxonada vafot etdi.

«Qamchiq» dovonida avtomobil yo‘lining osti qismi o‘pirilib ketdi. Angrenda maxsus shtab tuzildi
12 mart 2022, 14:25

«Qamchiq» dovonida avtomobil yo‘lining osti qismi o‘pirilib ketdi. Angrenda maxsus shtab tuzildi

«Qamchiq» dovonidagi ikki tunnel o‘rtasidagi avtomobil yo‘lining ostki tuproq qismi o‘pirilib ketdi. FVV holat yuzasidan Angren shahridagi «Angrenlend» kafesida maxsus shtab tuzilganini ma’lum qildi. Yo‘lovchilar dovonga yaqin hududdagi ovqatlanish shoxobchalariga joylashtirilmoqda.

Toshkent aeroportida $27,3 ming va 1,8 mln rublni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12 mart 2022, 12:17

Toshkent aeroportida $27,3 ming va 1,8 mln rublni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida qo‘shni davlat fuqarosi tamaqi qutilari ichiga 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni yashirgan holda O‘zbekistondan Istanbulga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Nima tayyorlaymiz: tovuq go‘shtidan taomlar
12 mart 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: tovuq go‘shtidan taomlar

Baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti, qozon-kabob, qaymoq-qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi, ko‘zachada pishirilgan tovuq, grechka va tovuq oyoqchalari, «dangasa» xonim — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopildi
12 mart 2022, 09:23

«Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopildi

FVV qor ko‘chish xavfi yuzaga kelganligi sababli 12 mart soat 9:00 dan boshlab «Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 mart 2022, 22:00

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinganiga munosabat bildirgan prezident, Moldovadan evakuatsiya qilingan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar, «hayfsan» olgan Farmatsevtika agentligi rahbari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi, bolalarni 2 yoshdan qabul qilishiga ruxsat berilgan ayrim bog‘chalar, rekonstruksiyasi boshlangan Abdulla Qodiriy bog‘i va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
11 mart 2022, 18:24

O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda bo‘lib o‘tgan V Xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida 16 ta davlat orasida rekord natija — 2850 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa 1860 ball to‘plagan Marokash jamoasiga nasib etdi.

Xorijdagi yosh vatandoshlar O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarga ishga jalb qilinadi
11 mart 2022, 17:37

Xorijdagi yosh vatandoshlar O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarga ishga jalb qilinadi

Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan va yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan yosh vatandoshlarga vazirlik, idora va tashkilotlarda ishlash uchun sharoitlar yaratiladi. Jumladan, ularga xizmat uylari beriladi, kamida 2 yil ishlaganlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratiladi. 1 iyungacha esa «Yosh vatandoshlar reyestri» ishga tushiriladi.

Navoiyda radioaktiv moddani 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11 mart 2022, 17:20

Navoiyda radioaktiv moddani 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 250 gramm «Radiy» radioaktiv moddasini noqonuniy ravishda sotishga uringan ikki kishi ushlandi.

«Bu yer karusellar joyi emas». Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi
11 mart 2022, 17:02

«Bu yer karusellar joyi emas». Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘i dushanbadan rekonstruksiya uchun yopildi. Bu yerda sug‘orish tizimi va piyodalar yo‘laklari yangilanadi, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari, chiroqlar va mashg‘ulotlar uchun maydonlar o‘rnatiladi, shuningdek, yashil maydonlar maydoni kengaytiriladi. Bog‘ning yoz boshida ochilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Cotton Campaign boykotining bekor qilinganini olqishladi
11 mart 2022, 15:35

O‘zbekiston Cotton Campaign boykotining bekor qilinganini olqishladi

O‘zbekiston hukumati Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishladi. Prezident matbuot kotibi bu boradagi islohotlar ortga qaytmasligi va bundan buyon ham qat’iy davom etishini ta’kidladi, Senat raisi esa buni «tarixiy voqea» deb atadi.

«Samarqand-Juma» avtobekatini «razborka» yo‘li bilan egallamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
11 mart 2022, 15:04

«Samarqand-Juma» avtobekatini «razborka» yo‘li bilan egallamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanida o‘zaro kelishmovchiliklarni «razborka» yo‘li bilan hal qilmoqchi bo‘lgan shahslar qo‘lga olindi. Ushbu guruhlarga rahbarlik qilgan va faol ishtirok etgan shaxslarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Rossiya ikki yildan so‘ng O‘zbekistonga parvozlar uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
11 mart 2022, 14:36

Rossiya ikki yildan so‘ng O‘zbekistonga parvozlar uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

«Rosaviatsiya» ikki yil avval O‘zbekiston va yana yettita davlatga parvozlar uchun koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kiritilgan cheklovlarni bekor qildi.

O‘zbekiston va Rossiya sayyohlar oqimini oshirishga qaror qildi
11 mart 2022, 14:33

O‘zbekiston va Rossiya sayyohlar oqimini oshirishga qaror qildi

O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzoladilar. U 20 ta tadbir, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston turizm yilini o‘tkazish hamda “Buyuk ipak yo‘li” transchegaraviy sayyohlik yo‘nalishini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.

Dam olish kunlari yomg‘irli va salqin bo‘ladi
11 mart 2022, 12:49

Dam olish kunlari yomg‘irli va salqin bo‘ladi

O‘zbekistonda kelasi haftaning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladigan beqaror ob-havo davom etadi. Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalar mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishi bilan bog‘liq, deya tushintiradi O‘zgidromet.

Xivada 18−20 yoshli to‘rt fuqaro Suriyaga ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda
11 mart 2022, 11:57

Xivada 18−20 yoshli to‘rt fuqaro Suriyaga ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda

Xorazm viloyatida 2002−2004 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar shaxs Suriyadagi terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishib, ular safiga borib qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida suv o‘chirildi
11 mart 2022, 11:40

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida suv o‘chirildi

Bo‘z-suv suv olish inshootining D-1000 tarmog‘i nosozlik tufayli o‘chirildi. Buning oqibatida Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlari vaqtincha suvsiz qoladi.

Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi
11 mart 2022, 11:10

Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat MTMlariga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi. Bunda tarbiyalanuvchilar pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting