23−25 fevral kunlari Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim xududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Aviareys yo‘lovchilarini chalg‘itish bilan bog‘liq yana bir holat Qarshida sodir bo‘ldi. Moskvaga uchish uchun aeroportga 150 ga yaqin odam yetib keldi, biroq, uchib ketish joyi Navoiy bo‘lib chiqdi. Yo‘lovchilar jo‘nab ketish joyigacha taksida o‘z hisobidan borishiga to‘g‘ri keldi. Chiptalar onlayn xarid qilingandi.
O‘zbekistonda Global yashil o‘sish institutining vakolatxonasi ochildi. Institut Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda umumiy qiymati 5,65 mln dollarlik Orolbo‘yi mintaqasining yashil tiklanishini moliyalashtirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishni boshlab yubordi.
Prezident qarori bilan Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, IIV Tezkor-qidiruv departamentida esa Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi. Yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlar xatlovdan o‘tkaziladi.
Yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘p. Chaqaloqlarning yarmidan ko‘pini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. Eng ko‘p tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda, eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Qashqadaryoda fuqaroni 4 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga noqonuniy tarzda ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Buxorodagi holatda esa fuqaro boshqa bir fuqaroni ishga kirishida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali yordam berishini aytib, 1500 dollar olganlikda gumon qilinmoqda.
Prezident yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatishni Toshkentning barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etishni topshirdi. Xizmatlaridan aholi rozi bo‘lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno. Boshqaruv kompaniyalari tajribasi ijobiy baholandi.
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19,6 ming kv. metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Hokim bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lganligi bois Andijon viloyati prokuraturasi uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha Xalq depututlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritdi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 175 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 15 taga ko‘p. Shu kuni ikki fuqaro virus asoratlari oqibatida vafot etdi. 31 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun JIB Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedov muddatidan avval ishdan bo‘shatildi.
Shveysariya bankidagi mablag‘lari ochiqlangan 4 nafar o‘zbekistonlik, ichki ishlar xodimlarining videosini ruxsatsiz tarqatish taqiqlanishi mumkinligi, qadimiy qo‘lyozmalar sabab O‘zMU mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoiy ishi, avtomobil uchun navbatlarni sotish sxemasini oshkor qilgan «O‘zavtosanoat» rahbari, jarimaga tortilgan Firdavs Abduxoliqov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent viloyatida uch nafar fuqaro ketma-ket ikkita bankomatni o‘g‘rilagani aniqlandi. Gumondorlar birinchi safar joyidan yechib olib ketgan bankomatning ichidan 138 mln so‘m chiqqan, ikkinchi safar esa bankomat ichida pul bo‘lmagan. Bo‘sh bankomat shu bois Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismidan kesib, olib ketilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buni qilgan fuqaro 1 mln 350 ming so‘m jarimaga tortilgani va o‘simlik dunyosiga 1 mlrd 575 mln so‘m zarar yetkazganini ma’lum qildi.
Onasi ayiq volyeriga tashlab yuborgan 3 yoshli qizaloqning ahvoli yaxshilangani bois shifoxonadan uyiga javob berildi. U hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga Nozima Davletova direktor etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 2021 yilning fevralidan fondga rahbarlik qila boshlagan Akbar Rizayevning o‘rnini egalladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Zarifboy Ibodullayev ilmiy jamoatchilikka murojaat qildi. Professor ilmga kirib kelayotgan yosh olimlar orasida plagiatlik avj olganini ta’kidlab, SCOPUS`da maqola chiqarish talabini «paxta planini bajarish»ga o‘xshatdi. Ibodullayev Sardoba fojiasi ortidan Fanlar Akademiyasi olimlarining ko‘rsichqon va tulki inlarini topish uchun suv omboriga yuborilganini sharmandalik» deb atagan. «Bor haqiqatni prezidentga yetkazaylik. Biz noto‘g‘ri yo‘ldan ketmayapmiz-mi?», — degan u.
Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentga yuborilgan 7 ta sisternadagi AI-95 markali benzin o‘g‘rilab ketildi. Gumondorlar vagonlar lyukidagi tamg‘ani buzib, neft tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga ortib ketishgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jurnalistlar hamda Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida ko‘chalardan qanday maqsadlarda foydalanish va jamoat transporti ustuvorligi yuzasidan munozara bo‘lib o‘tdi. Shahar ma’muriyati ko‘chalarda yo‘lovchi yoki yuk tashish imkoniyatini emas, balki harakat o‘tkazuvchanligini oshirishga e’tibor qaratmoqda, rekonstruksiya qilinayotgan ko‘chalarda muammo ko‘rmayapti hamda yangi trotuarlar va velo-yo‘laklarni qulay, tramvayni esa Navoiy ko‘chasining «o‘lchamlari»ga mos kelmaydi, deb hisoblaydi. Shuningdek, ma’muriyat bu borada shahar aholisi bilan maslahatlashishni ortiqcha deb hisoblaydi, sababi — bu vaqt talab etadi.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan tarixiy-badiiy ahamiyatga ega 56 ta qo‘lyozma va toshbosma asarlar talon-toroj qilinganini aniqladi. Mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
IIV rahbarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yili YTHlar oqibatida 263 nafar bolalar vafot etgan. Bolalar ishtirokidagi YTHlarining oldini olish maqsadida, kelajakda maktablarda maxsus avtobus harakatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, «Yo‘l harakati xavfsizligi» bo‘yicha alohida fan kiritish taklif qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting