Jamiyat

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
17 yanvar 2022, 10:23

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita
17 yanvar 2022, 10:02

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita

Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup Eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan deb baholab, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ma’lum qildi.

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi
16 yanvar 2022, 21:44

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi

O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi
16 yanvar 2022, 14:17 21

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi

Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.

Andijon viloyati perinatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlandi
16 yanvar 2022, 12:47

Andijon viloyati perinatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlandi

Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesildi. Daraxtlarning kesilishi Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilmagan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov daraxtlarni kesishga buyruq berganini hokimlik matbuot xizmati rad etdi.

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi
16 yanvar 2022, 11:57

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi

15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlarining yarmi Toshkent shahrida (456 ta) qayd etildi.

Umra safariga ilk reys 22 yanvar kuni amalga oshiriladi
15 yanvar 2022, 20:53

Umra safariga ilk reys 22 yanvar kuni amalga oshiriladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Safarga 2020 yilning fevraligacha ro‘yxatdan o‘tganlar boradi. Ziyoratchilar Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson&Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Sputnik V va o‘zbek-xitoy vaksinalarini olganlar esa talab qilingan vaksinalardan birining ilk dozasini olishi yetarli bo‘ladi.

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi
15 yanvar 2022, 13:24

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi

Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda
15 yanvar 2022, 11:47

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket yettinchi kun o‘sishda davom etmoqda — juma kuni yana 876 kishida virus aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (434 ta holat) qayd etildi. 2 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.

Nima tayyorlaymiz: gazaklar
15 yanvar 2022, 10:30

Nima tayyorlaymiz: gazaklar

Uyda tayyorlanadigan sarimsoqpiyozli suxariklar, lavash va pishloqli chipslar, shprotlardan tayyorlangan pashtet, pishloqli lavash, pishloq va kolbasali «atirgullar», pishloq va ko‘katli pishiqlar — Zira.uz gazaklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi
14 yanvar 2022, 22:44

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi

«Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasidagi davlat ulushini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish belgilanmoqda. Bundan tashqari, Arnasoy suv omborida bir yil muddatga baliq ovlashga moratoriy e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

Metroning «Turkiston» stansiyasida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
14 yanvar 2022, 22:10

Metroning «Turkiston» stansiyasida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

14 yanvar kuni kechki payt metroning Yunusobod yo‘nalishi «Turkiston» bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun chiqishiga olib keldi. Nosozlik bartaraf etilgan, yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish tiklangan.

14 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 yanvar 2022, 22:00

14 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Onlayn auksionda sotilgan qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar, 16 fevral voqealarida qatnashganlikda gumon qilingan shaxsning O‘zbekistonga qaytarilgani, Sharof Rashidov nomi berilgan SamDU, emlanganlar o‘rtasidagi lotereya o‘tkazilishi va unga avtomobil qo‘yilgani, xonadonida baliq yetishtiruvchilarga beriladigan 81 mln so‘mlik kredit, tunda «tez yordam» stansiyasiga borgan vazir va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 14 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda
14 yanvar 2022, 19:43

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda

Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklanishi mumkin
14 yanvar 2022, 16:04

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklanishi mumkin

O‘zbekiston va Tojikiston transport vazirliklari pandemiya tufayli to‘xtab qolgan avtobus qatnovini qayta tiklash masalasini muhokama qildi. Qolaversa, «O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy» transport koridorini rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi
14 yanvar 2022, 15:47

Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi

Prezident qarori bilan Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi. SamDUni flagman universitet darajasiga olib chiqish maqsadida transformatsiya dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, universitet tarkibida ikki institut va bitta filial tashkil etiladi.

«Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi» — prezident
14 yanvar 2022, 14:33

«Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ hamda harbiy texnika bilan ta’minlash, havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish, serjant-yo‘riqchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Yangi usullar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda muvaffaqiyat, ko‘p jihatdan, komandir-serjant boshqaradigan kichik bo‘linmalar harakatiga bog‘liq», — dedi u.

Vaksina olganlar o‘rtasida lotereya o‘tkaziladi, bosh sovrin — avtomobil
14 yanvar 2022, 12:57 48

Vaksina olganlar o‘rtasida lotereya o‘tkaziladi, bosh sovrin — avtomobil

Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar o‘rtasida bosh sovrini avtomobil bo‘lgan yutuqli o‘yin tashkil etiladi. Qolaversa, SSV ish beruvchilardan 20 yanvarga qadar xodimlari koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlashni so‘radi (yangilandi).

O‘zbekiston aholisi 2021 yilda 712,4 ming nafarga oshdi
14 yanvar 2022, 12:55

O‘zbekiston aholisi 2021 yilda 712,4 ming nafarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda aholi soni 712,4 ming kishiga ko‘payib, jami 35 mln nafardan ortiqni tashkil etdi. Aholining 49,7 foizi ayollar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4 mlndan ortiq) yashashi qayd etildi.

USAID hunarmand ayollarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
14 yanvar 2022, 11:57

USAID hunarmand ayollarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi hunarmand ayollar (5−50 mln so‘m miqdorida qo‘shma moliyalashtirish) va ayollar hunarmandchiligi korxonalarining (50−200 mln so‘m) loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting