“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, — dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.
Elektroskuterlar, shuningdek, elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kuchga kirdi. Bu vositalar yorug‘lik qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ularda yo‘lovchi tashish taqiqlandi.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IT Community of Uzbekistan va Uzum IT sohasida yosh mutaxassislarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.
Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi yangi o‘rinlari, MDH missiyasining deputatlik sayloviga bahosi, o‘quvchilar uchun kuzgi ta’til muddatlari, Markaziy bank nomidan qilinayotgan firibgarlik holatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent viloyati Angren shahridagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Yangi qonun bilan foydali qazilmalarni takroran ruxsatnomasiz qazib olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochiladi. Amaldagi qonunchilikda bu uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
MJTKga individual harakatlanish vositalari (velosiped, skuter, samokat va hokazo) va ularning elektron variantlari orqali sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Talab etilgan til sertifikatiga ega bo‘lib, ammo kvota doirasida magistraturaga tavsiya etilmagan talabgorlar OTMlar belgilaydigan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.
OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi.
Maktab o‘quvchilari uchun 2-noyabr so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi. Ular 4-noyabrdan kuzgi ta’tilga chiqib, 10-noyabrgacha dam oladi.
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan yana uch shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Avvalroq bir gumonlanuvchi hibsga olingandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov poytaxtdagi 531-sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Parlament deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan vazirga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mavqeini jamiyat oldida yuksaltirish zarur. “Deputatda aynan siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart, deb o‘ylayman”, — dedi u.
MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak.
MSK raisi dunyo bo‘ylab onlayn ovoz berish tizimida uning xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlamasdan ovoz berish dasturlari hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganini ma’lum qildi. “Agar umume’tirof etilgan moslamalar bo‘lsa, keyingi saylov jarayonlarida qo‘llash rejamiz ham yo‘q emas”, — dedi u.
Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting