Jamiyat

Yangi park qurilishi sababli qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga tovon puli to‘lanadi
20 may 2021, 20:20

Yangi park qurilishi sababli qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga tovon puli to‘lanadi

Qibrayda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Istiqlol» majmuasi va boshqa ob’ektlar quriladigan maydondagi 8 ga qulupnay dalasi buldozerda buzib tashlandi. Yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berildi.

18 turdagi ma’lumotnomalardan voz kechish yiliga 15 mln dollarni tejash imkonini beradi — adliya vaziri
20 may 2021, 18:43

18 turdagi ma’lumotnomalardan voz kechish yiliga 15 mln dollarni tejash imkonini beradi — adliya vaziri

Raqamli yechimlarni joriy etish hisobiga Adliya vazirligi o‘tgan yili 100 tonna qog‘ozni iqtisod qildi. Litsenziyalar va ruxsatnomalarning maxsus blankalarda rasmiylashtirilishidan voz kechilishi va elektron hujjatlar berishga to‘liq o‘tilishi natijasida 1,5 mln dollardan ziyod mablag‘ iqtisod qilindi.

Sirdaryoda ish haqqidan norozi klaster ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi
20 may 2021, 18:10

Sirdaryoda ish haqqidan norozi klaster ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Sirdaryoda «Indorama» klasterining ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Fuqarolar oylikdan norozi ekanliklari sababli ish tashlayotganliklarini ma’lum qilishgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi «mazkur holat kompaniyaning ichki ishlari ekanliklari va hokimlikka hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini» ni ta’kidladi.

Mudofaa sanoati qo‘mitasi Tarlon zirhlangan avtomobilini sinovdan o‘tkazmoqda (video)
20 may 2021, 17:46

Mudofaa sanoati qo‘mitasi Tarlon zirhlangan avtomobilini sinovdan o‘tkazmoqda (video)

O‘zbekistonda Tarlon yengil zirhlangan yo‘ltanlamasini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Mashina sig‘imi 11 kishini tashkil etib, himoya sinfi xalqaro standartlarga javob beradi.

Qibrayda 2 gektar yerni 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
20 may 2021, 17:30

Qibrayda 2 gektar yerni 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibray tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro «Salar» shaharchasi hududidagi 2 gektar yer maydonini 1 million 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

“Paxtakor”dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazildi
20 may 2021, 17:28

“Paxtakor"dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazildi

“Paxtakor” dan tashqari yana 8 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga ularni keyinchalik sotish sharti bilan topshirildi. Toshkent shahar hokimligi endi “Bunyodkor"ning egasi va bosh homiysiga aylandi.

OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochiladi
20 may 2021, 16:15

OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochiladi

OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari ochiladi. Mazkur bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMlarda joriy qilinmaydi.

Qulupnay dalasi buzilishiga ichki ishlar xodimlari aloqador emas — IIB
20 may 2021, 14:44

Qulupnay dalasi buzilishiga ichki ishlar xodimlari aloqador emas — IIB

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibraydagi qulupnay dalalaridan biri buldozer bilan buzib tashlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Lavhada voqea joyida ichki ishlar xodimlari ham bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Xalq kengashi deputati Feruza Babasheva «qulupnayni ekishdan oldin to‘xtatilsa bo‘lmasmidi?», — deb yozdi. Viloyat IIB yerdagi hosilni terib olish yoki buzdirish ishlariga ichki ishlar xodimlari aloqador emasligini ta’kidladi.

Shahrisabzda hokim qabuliga borgan ayol «jinnixona»ga joylashtirilgan
20 may 2021, 11:35

Shahrisabzda hokim qabuliga borgan ayol «jinnixona»ga joylashtirilgan

Shahrisabz shahri hokimining qabuliga shikoyat bilan borgan ayol mahalla raisi, «uchastkavoy» va shahar mahalla bo‘limi rahbari tomonidan «jinnixonaga» tiqib qo‘yilgan. Holatni o‘rganish uchun Shahrisabz shahar hokimligida ishchi guruhi tuzildi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish respublika markazlari tashkil etildi
20 may 2021, 10:41

Ayollarni reabilitatsiya qilish respublika markazlari tashkil etildi

Prezident qarori bilan Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatildi. Uning o‘rniga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazlari tashkil etildi. Bundan tashqari, ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam berish uchun 24 soat uzluksiz ishlovchi «ishonch telefoni» raqami yo‘lga qo‘yiladi.

$3 500 evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20 may 2021, 09:52

$3 500 evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Angrenda 3 500 AQSH dollari evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Shuningdek, poytaxtning Mirobod tumanida 1 500 AQSH dollar evaziga Moskva davlat universitetining filialiga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi.

19 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar — Dayjest
19 may 2021, 21:15

19 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar — Dayjest

Paralimpiya qo‘mitasi tashkil etilgani, ID kartasi bor haydovchilarning YPX xodimlariga ayrim hujjatlarni taqdim etmasligi, O‘zbekistonga keltirilgan 500 ming doza vaksina, yangi tez yordam mashinalari va SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali — «Gazeta.uz»ning 19 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Tibbiyot OTMlari transformatsiya qilinadi
19 may 2021, 19:04

Tibbiyot OTMlari transformatsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi 11 ta tibbiyot oliygohini transformatsiya qilishni topshirdi. Bu ish Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanib, unga Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Qo‘qondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
19 may 2021, 17:38

Qo‘qondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi «UzGazOil» yoqilg‘i quyish shoxobchasida benzovoz yoqilg‘i to‘kish vaqtida yondi. Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

«Mening baxtim — ochiqlik siyosati». Konservatoriya rektori korrupsiyaga qarshi kurash haqida
19 may 2021, 17:10

«Mening baxtim — ochiqlik siyosati». Konservatoriya rektori korrupsiyaga qarshi kurash haqida

O‘zbekistonning eng yosh rektorlaridan biri, Davlat konservatoriyasi rahbari Kamoliddin Urinbayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotganligi, unga bo‘lgan bosimlar va nega ta’lim sohasida puxta o‘ylanmagan islohotlarning oldini olish kerakligi to‘g‘risida gapirib berdi.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi
19 may 2021, 16:58

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi. Filialga talabalar mutaxassisliklar bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida teng ulushda qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Adliya vazirligi: O‘zbekiston shubhasiz fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida olg‘a qadam tashlamoqda
19 may 2021, 16:49

Adliya vazirligi: O‘zbekiston shubhasiz fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida olg‘a qadam tashlamoqda

Adliya vazirligi «Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin» maqolasiga o‘z izohlarini e’lon qildi.

Humans cheksiz trafikli ilovalarni taqdim etadi
19 may 2021, 15:00

Humans cheksiz trafikli ilovalarni taqdim etadi

Humans mijozlari ko‘p foydalanadigan xizmatlar va dasturlarni tanlab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi
19 may 2021, 12:18

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi

Prezident topshirig‘iga binoan 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi. Hozir hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas tez tibbiy yordam mashinalari mavjud.

Qozog‘iston va O‘zbekiston yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor
19 may 2021, 12:03

Qozog‘iston va O‘zbekiston yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor

Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor, dedi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov. Loyihani amalga oshirish uchun chet elliklar ariza yuborishi mumkin bo‘lgan portal ishga tushiriladi. Hozirda «Osiyo Shengeniga» Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va bir qator Kavkazorti mamlakatlari qo‘shilishi mumkinligi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting