Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.
2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.
Qashqadaryoda 2012 yilda Nexia-2 haydovchisini o‘ldirib, dalaga ko‘mib yuborgan shaxslar jinoyati fosh etildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.
Senatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Senatorlar kollej va OTMlarda bolalarni o‘qitish uchun kitoblab sotib olishga subsidiyalar haligacha ajratilmaganini qayd etdilar. Ularning fikricha, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni yangilash zarur.
Senatorlar 2019−2020 yillar va 2021 yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, ularning 358 nafari korrupsiyada ayblangan. Ushbu jinoyatlar ortidan 24 mlrd mablag‘ talon-toroj qilingan. Qolaversa, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi 149 nafar xodim jinoyat sodir etgan.
Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur bog‘i) rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Rasmiylar bog‘ning, aholi talab qilganidek, shovqinli attraksionlarsiz, qulay va sokin joy bo‘lib qolishiga va’da berishdi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi davrida aholining salomatligini saqlash uchun 80 trln so‘m sarflanganini ma’lum qildi. Davlat rahbari aholini koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. Uning aytishicha, dushanba kuni mamlakatga grippga qarshi vaksina ham olib kelinmoqda.
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyorbek O‘rozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilinib, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha savdo balansi manfiy saldosi 10,1 mlrd dollarni, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 4,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Natijada savdo balansi manfiy saldosi xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga qisman qoplangan.
Turkiyada chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar rossiyaliklar, shuningdek Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bundan tashqari, ular siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanmoqda.
O‘zbekistonda Latviya tajribasi asosida xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi maslahat markazlari tashkil etilmoqda. Maslahat guruhlari faoliyati O‘zbekistonning yetti tumanida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigida «Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish»ga chaqirdi. Mamlakatda yashayotgan turli millat vakillari va chet elliklar uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarur, dedi u.
Yangi qaror qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi, 1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 20 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlik orqali shaharni rivojlantirish uchun Toshkent hokimi etib tayinlanganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda shahardagi savdo maydonlari 10 barobarga oshirish, 44 ta yirik savdo va ko‘ngilochar markazlari ishga tushirilishi va “O‘zekspomarkaz” hududida Toshkent xalqaro moliyaviy markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Milliy gvardiya qo‘mondoni farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish, qolaversa, ularga alohida to‘lovlar, imtiyozlar yoki kompensatsiyalar to‘lab berishni taklif qildi. «Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to‘lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko‘payib ketadi degan umiddamiz», — dedi u. Shuningdek, bolani avvalambor o‘z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.
Senatning 20-yalpi majlisida Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev yillar davomida navbatda turish fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan bola sotib olishga majbur qilayotganini ma’lum qildi. U hozirgi kunda 500 nafardan ortiq bolani asrab olishga qariyb 5800 nafar fuqaro navbatda turganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting