Qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls.uz platformasida pul to‘lash to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi. Turizm va sport vazirligi uni rad etib, «axborot xizmati xodimi asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani»ni ta’qidladi. Platforma ishlashda davom etmoqda.
Toshkent shahri va viloyatlarda Ekologik politsiya bo‘linmalari test rejimida ish boshladi. Poytaxtda ekopolitsiya uniformasi va xizmat mashinalari taqdim etildi.
Hukumat qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Mustaqil hamshira faoliyatni amalga oshirishdagi harakatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev 76 yoshida vafot etdi.
Korn-dog va xot-doglar, non-kabob, shaurma, tovuqli “popkorn” — Zira.uz uyda tayyorlanadigan fastfud retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Adliya vazirligi korrupsiya va ochiqlikni o‘rganuvchi birinchi nodavlat notijorat tashkilot — “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitida ishtiroki, Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanishi, SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 17 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryoda mast fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida Matiz va Damas ishtirokidagi avariyada 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Marhumning otasi o‘g‘lini urib yuborgan mast haydovchi Milliy gvardiya xodimi ekanini aytib, videomurojaat bilan chiqdi. Keyinroq ushbu ma’lumot rad etildi.
18−19 sentabr kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan «SKY CAMP» marafoni sababli Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida giyohvand moddalar aylanmasi aniqlandi, 5,2 kg gashish va qariyb 30 gramm «opiy» musodara qilindi.
Shanba va yakshanba kunlari mamlakatda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +32…+35 darajada bo‘ladi. Shuningdek, keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
«Uzbekistan Airways» 26 sentabrdan Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnovlar 6 yildan buyon amalga oshirilmayotgan edi.
Yo‘qolib ketish arafasida turgan Buxoro kiyiklari yashayotgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.
Shavkat Mirziyoyevning Emomali Rahmon bilan uchrashuvi, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurilishi, YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlanishi — “Gazeta.uz"ning 16 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining yangi namunadagi formali kiyim-boshi tasdiqlandi. IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansambli kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting