Jamiyat

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi
2 avgust 2021, 10:44

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi

Mudofaa vazirligining vertolyotlari tomonidan yakshanba kuni Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirayotganda havodan olovga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.

YPX mashinalariga 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlaydigan qurilma o‘rnatilmoqda
2 avgust 2021, 09:59

YPX mashinalariga 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlaydigan qurilma o‘rnatilmoqda

O‘zbekistonda sinov tariqasida yo‘l-patrul xizmati mashinalariga 360 gradus radiusga ega bo‘lgan masofada qoidabuzarliklarni aniqlaydigan maxsus qurilmalar o‘rnatilmoqda. Qurilma to‘xtash va to‘xtab turish, harakatlanish tezligini oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik singari qoidabuzarliklarni qayd etadi va u orqali haydovchilarning yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.

Zomin tumanidagi tog‘larda yong‘in sodir bo‘ldi
1 avgust 2021, 14:16

Zomin tumanidagi tog‘larda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliy gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi
1 avgust 2021, 11:32

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sergelida omborxonada gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi
31 iyul 2021, 23:23

Sergelida omborxonada gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi

Sergeli tumanida omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Omborxonadan tashqari, korxona ma’muriy binosi ham vayron bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

Foto: Uzbekistan Helicopters yangi Airbus vertolyotlarini taqdim etdi
31 iyul 2021, 20:39

Foto: Uzbekistan Helicopters yangi Airbus vertolyotlarini taqdim etdi

Uzbekistan Helicopters tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertolyoti taqdimotini o‘tkazdi. Yil yakuniga qadar yana ikkita vertolyot xarid qilish rejalashtirilgan. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 4 kishilik mazkur vertolyotda 1 soat parvoz qilish 12 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Vertolyotlar tasnifi, sohadagi monopoliya va boshqalar «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Ish beruvchi emlashdan bosh tortganni ishdan chetlashtirishi mumkin, ishdan bo‘shatishi emas — adliya vaziri
31 iyul 2021, 17:59

Ish beruvchi emlashdan bosh tortganni ishdan chetlashtirishi mumkin, ishdan bo‘shatishi emas — adliya vaziri

«Agarda fuqaro vaksina olishni rad qiladigan bo‘lsa, hech kim uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tibbiy muassasaga olib borib vaksina qilmaydi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning ta’kidlashicha, fuqaro rad qilsa, huquqiy oqibatlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. U ish beruvchi esa emlanishni xohlamagan xodimini ma’lum muddat ishdan chetlashtirish va o‘sha davr uchun ish haqi to‘lamasligi mumkinligini aytib o‘tdi.

Samarqanddagi ikkita YTHda 4 kishi vafot etdi
31 iyul 2021, 17:24

Samarqanddagi ikkita YTHda 4 kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida Lacetti avtomashinasi yuqori tezlikda uy devoriga urildi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Shuningdek, Urgut tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Senat majburiy profilaktik emlashlar to‘g‘risidagi o‘zgartishni ma’qulladi
31 iyul 2021, 15:07

Senat majburiy profilaktik emlashlar to‘g‘risidagi o‘zgartishni ma’qulladi

Senatorlar aholining ayrim toifalarini majburiy profilaktik emlashni qonuniylashtirish hamda ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ishchini ishga qo‘ymaslik huquqini berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishni ma’qulladilar.

Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi
31 iyul 2021, 14:50

Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova 56 yoshida vafot etdi. U 2020 yil 4 martdan beri Bo‘ston tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi
31 iyul 2021, 13:15

«Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti» — Senat raisi

2021 yilning 6 oyi davomida 4,5 mingdan ortiq daraxt noqonuniy kesilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Senat raisi Tanzila Narbayeva moratoriy davrida ham daraxtlarning kesilishiga tizimdagi sustkashliklar sabab bo‘layotganligi ta’kidladi. «Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti», — dedi u.

Uyda tayyorlaymiz: shaftolili shirinliklar
31 iyul 2021, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: shaftolili shirinliklar

«Svetayevskiy» va yozgi piroglar, qovun va malina qo‘shilgan smuzilar — Zira.uz shaftolidan tayyorlanadigan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Yana antirekord: 30 iyul kuni O‘zbekistonda 924 kishida koronavirus aniqlandi
31 iyul 2021, 10:29

Yana antirekord: 30 iyul kuni O‘zbekistonda 924 kishida koronavirus aniqlandi

30 iyul kuni O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlandi: 924 nafar kishida ushbu infeksiya qayd etilgan. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi
30 iyul 2021, 21:26

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi

Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.

30 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 iyul 2021, 21:00

30 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, mamlakatga 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishi, yangi qaror va qonun imzolanishi — “Gazeta.uz"ning 30 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha ishlar tenderlar g‘oliblari aniqlanmasdan boshlab yuborilgan
30 iyul 2021, 19:26

29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha ishlar tenderlar g‘oliblari aniqlanmasdan boshlab yuborilgan

Antikorrupsiya agentligi O‘zbekistonning bir nechta hududlarida davlat xaridlari bo‘yicha qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 63,6 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlar qonunga zid ravishda e’lon qilingan. Bundan tashqari, qator hududlarda 29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarning g‘olibi aniqlamay turib, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan yoki tugatilgan.

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan
30 iyul 2021, 18:08

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga oshgan. 217 ta qotillik jinoyatlarining har uchinchisi qarindoshlar yoki qo‘shnilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan
30 iyul 2021, 16:08

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

2021 yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan. Yarim yilda umumiy YTHlar soni 3,5 mingdan ortiq, ularda 1000ga yaqin inson halok bo‘lgan.

TIV xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurish tartiblarini e’lon qildi
30 iyul 2021, 13:13

TIV xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurish tartiblarini e’lon qildi

TIV pandemiya davrida xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi bo‘yicha tartiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobil orqali kelayotganlar mamlakat hududidiga faqat PZRning manfiy ko‘rsatkichiga ega bo‘lsagina kiritiladi. Shuningdek, mamlakatga kirish vaqtida turistda koronavirus infeksiyasining alomatlari bo‘lib, PZR musbat bo‘lsa, o‘ni o‘z davlatiga qaytarish ishlari yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

«Sog‘liqni saqlash xodimlari uyma-uy yurib, aholining ko‘proq kaysi kasalliklar bilan og‘riyotganini aniqlashi kerak» — Tanzila Narbayeva
30 iyul 2021, 13:12

«Sog‘liqni saqlash xodimlari uyma-uy yurib, aholining ko‘proq kaysi kasalliklar bilan og‘riyotganini aniqlashi kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, tibbiyot xizmat sohasidagi ko‘plab muammolar joylarda vaqtida o‘rganishlar olib borilmaganligi sababli kelib chiqmoqda. U aholining salomatligini ta’minlashda mahalliy kengashlar ham faol bo‘lishi kerakligini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting