Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil O‘zbekistonda «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochilishin e’lon qildi.
Qibray tumani hokimiyati qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga 154 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berdi. Har bir gektardagi hosil uchun ular 20 mln so‘mdan olishdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV vakillaridan «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivalida tadbir bo‘yicha kuzatiladigan xato va kamchiliklarni «saytlarda aylantirmasdan, hokimlikning o‘ziga aytishni» so‘radi. «To‘yimizni buzmanglar. Bayram bayramdek bo‘lsin. Biz keyin yana bayram o‘tkazishimizga ishtiyoqimiz bo‘lsin. Tanqid deb keyin qo‘limizni yerga tushirishni xohlamaymiz», — deya ta’kidladi u.
Qariyb o‘n yildan beri biz xorijiy tillarni ona tili darajasida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz, ammo natijalar hali-hanuz maqtangulik emas. 2012 yildan beri xorijiy tillarni o‘qitish sifati yaxshilandimi, sertifikat «qamchisi» va ustama «asali» siyosati kutilgan natijalarni berdimi — kolumnist Komil Jalilov bu savollarni tahlil qilishga urindi.
2021 yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 2242 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 1684 kishi jarohatlangan, 557 kishi esa vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, aprel oyining o‘zida piyodalar ishtirokidagi avariya — 318 tani, bolalar bilan bog‘liq hodisa esa — 148 tani tashkil etgan.
Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish uchun ikkita chegaraviy hamkorlik idorasi ochildi.
Kattaqo‘rg‘onda o‘zaro janjal oqibatida singil o‘z opasini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaroga «qasddan odam o‘ldirish» va «yengilroq jazo tayinlash» moddalari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish respublika markazlari tashkil etilishi, qulupnay dalasining buzilishi, OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochilishi, «Paxtakor»dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazilgani — «Gazeta.uz»ning 20 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qibrayda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Istiqlol» majmuasi va boshqa ob’ektlar quriladigan maydondagi 8 ga qulupnay dalasi buldozerda buzib tashlandi. Yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berildi.
Raqamli yechimlarni joriy etish hisobiga Adliya vazirligi o‘tgan yili 100 tonna qog‘ozni iqtisod qildi. Litsenziyalar va ruxsatnomalarning maxsus blankalarda rasmiylashtirilishidan voz kechilishi va elektron hujjatlar berishga to‘liq o‘tilishi natijasida 1,5 mln dollardan ziyod mablag‘ iqtisod qilindi.
Sirdaryoda «Indorama» klasterining ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Fuqarolar oylikdan norozi ekanliklari sababli ish tashlayotganliklarini ma’lum qilishgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi «mazkur holat kompaniyaning ichki ishlari ekanliklari va hokimlikka hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini» ni ta’kidladi.
O‘zbekistonda Tarlon yengil zirhlangan yo‘ltanlamasini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Mashina sig‘imi 11 kishini tashkil etib, himoya sinfi xalqaro standartlarga javob beradi.
Qibray tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro «Salar» shaharchasi hududidagi 2 gektar yer maydonini 1 million 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
“Paxtakor” dan tashqari yana 8 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga ularni keyinchalik sotish sharti bilan topshirildi. Toshkent shahar hokimligi endi “Bunyodkor"ning egasi va bosh homiysiga aylandi.
OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari ochiladi. Mazkur bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMlarda joriy qilinmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibraydagi qulupnay dalalaridan biri buldozer bilan buzib tashlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Lavhada voqea joyida ichki ishlar xodimlari ham bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Xalq kengashi deputati Feruza Babasheva «qulupnayni ekishdan oldin to‘xtatilsa bo‘lmasmidi?», — deb yozdi. Viloyat IIB yerdagi hosilni terib olish yoki buzdirish ishlariga ichki ishlar xodimlari aloqador emasligini ta’kidladi.
Shahrisabz shahri hokimining qabuliga shikoyat bilan borgan ayol mahalla raisi, «uchastkavoy» va shahar mahalla bo‘limi rahbari tomonidan «jinnixonaga» tiqib qo‘yilgan. Holatni o‘rganish uchun Shahrisabz shahar hokimligida ishchi guruhi tuzildi.
Prezident qarori bilan Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatildi. Uning o‘rniga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazlari tashkil etildi. Bundan tashqari, ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam berish uchun 24 soat uzluksiz ishlovchi «ishonch telefoni» raqami yo‘lga qo‘yiladi.
Angrenda 3 500 AQSH dollari evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Shuningdek, poytaxtning Mirobod tumanida 1 500 AQSH dollar evaziga Moskva davlat universitetining filialiga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting