Jamiyat

Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi holati Senat nazoratiga olindi
25 may 2021, 21:05

Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi holati Senat nazoratiga olindi

Uy-joy masalasida yechim izlab Vazirlar Mahkamasiga borgan mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani holati Senat nazoratiga olindi. Ushbu holatga tez orada qonuniy baho berilishi aytildi.

Jizzax va Andijon neft bazalari rahbarlari ishdan olindi
25 may 2021, 20:23

Jizzax va Andijon neft bazalari rahbarlari ishdan olindi

Andijon neft bazasida 33 mln so‘mlik kamomad va 24,3 mlrd so‘mlik debitorlik qarzlar aniqlandi. Bundan tashqari, xodimlarga ortiqcha oylik va mukofot pullari berilgani ma’lum bo‘ldi. 10 nafar mansabdor ishdan olindi.

2021 yilda bitta tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan mablag‘ ajratilgan
25 may 2021, 18:21

2021 yilda bitta tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan mablag‘ ajratilgan

2020 yilda tez tibbiy yordam xizmatiga dori-darmon va tibbiy buyumlar sotib olish uchun 58 mlrd so‘m ajratilgan. Bu — 2016 yilga nisbatan 12 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan degani. Joriy yilda har bir tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan ajratiladi.

Tez tibbiy yordam xizmatida «Damas»dan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda
25 may 2021, 17:34

Tez tibbiy yordam xizmatida «Damas»dan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda

Tez tibbiy yordamda «Damas» avtomashinasidan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Uning o‘rnini B va S klassidagi tibbiy transport vositalari egallaydi. Joriy yilning o‘zida 1000 dona B klassiga mansub zamonaviy mashinalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

«Agrobank» va «Rosselxozbank» o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda
25 may 2021, 17:00

«Agrobank» va «Rosselxozbank» o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

«Agrobank» va «Rosselxozbank» vakillari o‘zaro tajriba almashib, banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolashdi.

Vazirlar Mahkamasi hududida mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilariga kuch ishlatilgani aytilmoqda
25 may 2021, 16:56

Vazirlar Mahkamasi hududida mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilariga kuch ishlatilgani aytilmoqda

22 may kuni Vazirlar Mahkamasiga yordam so‘rab borgan mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilari ichki ishlar xodimlari ularga kuch ishlatishganini ta’kidlamoqda. Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan xizmat tekshiruv o‘tkazmoqda. Holat IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Aziz Abduhakimov birdaniga 3 ta taklif bergan yigitni vazirlikka ishga taklif qildi
25 may 2021, 16:26

Aziz Abduhakimov birdaniga 3 ta taklif bergan yigitni vazirlikka ishga taklif qildi

«Besh tashabbus harakati» davomida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlar bilan muloqot qildi va turizm sohasida birdaniga 3 ta taklifni bildirgan Shahboz Zaripovni vazirlikka ishga taklif qildi.

«Men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib, olganim yo‘q». Aziz Abduhakimov 5 ta lavozimda ishlashi haqida
25 may 2021, 16:07

«Men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib, olganim yo‘q». Aziz Abduhakimov 5 ta lavozimda ishlashi haqida

Seshanba kuni «Besh tashabbus» festivali doirasida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlarni savollariga javob berar ekan, «Men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib olgan joyim yo‘q», — dedi u. U shuningdek, 5 ta lavozimi orasidan faqat bosh vazir o‘rinbosarligi uchun oylik maosh olishini qo‘shimcha qildi.

Enter Engineering ijtimoiy faol va ijodiy izlanuvchan yoshlar uchun chellenj e’lon qildi
25 may 2021, 15:00

Enter Engineering ijtimoiy faol va ijodiy izlanuvchan yoshlar uchun chellenj e’lon qildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Enter Engineering 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun chellenjni o‘tkazmoqda. G‘olib kompaniyaning qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi
25 may 2021, 14:31

Bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi

Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.

2021-yil bitiruvchilariga murojaat
25 may 2021, 11:52 1

2021-yil bitiruvchilariga murojaat

Bosh vazir o‘rinbosari, Mass-media fondi rahbariyati, YeI elchisi, Uzbekistan Airports rahbari, Antikorrupsion agentlik direktori va Toshkent hokimi 2020−2021 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi
25 may 2021, 09:30

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi

«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.

24 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 may 2021, 20:30

24 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mukofotlangan bosh vazir, Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlanishi, Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Qashqadaryodagi majburiy mehnat, Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi ish grafigi — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi
24 may 2021, 17:27

Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi

15 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi. Aviakompaniyaning xabar berishicha, bu qaror qulaylikni ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

O‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish noto‘g‘ri — Ozodbek Nazarbekov
24 may 2021, 17:23

O‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish noto‘g‘ri — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «san’atni harom deb e’tiqod qilish — dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan» deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dinni yaxshi bilmasdan va tushunmasdan turib, jamoat oldida, minbardan turib dindan gapirish uchun, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak».

Angrendagi yirik avariyada 7 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi (yangilandi)
24 may 2021, 16:39

Angrendagi yirik avariyada 7 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi (yangilandi)

Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN yuk mashinasi va yettita yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 14 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Toshkentda xorijda ta’lim olish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi
24 may 2021, 15:00

Toshkentda xorijda ta’lim olish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi

26 may kuni Toshkentda QS World University Rankings reytingiga ko‘ra top 300 talikka kiruvchi AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya OTMlariga o‘qishga kirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Seminar doirasida Navitas Ltd xalqaro OTMlar assotsiatsiyasi eksperti Nikita Shileyev abituriyentlarning savollariga javob beradi.

Haftaning ikkinchi yarmi jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda
24 may 2021, 14:39

Haftaning ikkinchi yarmi jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda

Shu kunlarda bir qator viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lib, shamol kuchayishi mumkin. Haftaning o‘rtalaridan boshlab mamlakatga juda iliq havo kira boshlaydi, kunduzgi harorat + 34 … + 37 darajaga ko‘tariladi.

Samarqandda elektr tarmog‘idagi uzilish sabab tramvay ikki soatga to‘xtab qoldi
24 may 2021, 13:17

Samarqandda elektr tarmog‘idagi uzilish sabab tramvay ikki soatga to‘xtab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay elektr tarmog‘idagi uzilish sabab to‘xtab qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib harakatga keltirilgani yuzasidan izoh berildi. Unda ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar tramvay boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun itarib, chorrahani bo‘shatib qo‘yishga ko‘maklashishgan.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan yolg‘iz onalarning farzandlari bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi
24 may 2021, 12:49

«Ayollar daftari»ga kiritilgan yolg‘iz onalarning farzandlari bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi

Bolalarni davlat bog‘chalariga qabul qilish reglamenti yangilandi. «Ayollar daftari» ga kiritilgan yolg‘iz onalar farzandlariga imtiyozli navbatga ega bo‘lish huquqi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting