Navoiy viloyati Uchquduq tumanida uch yoshli qizini 60 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani va metro yo‘lovchilari bekat tomon tunnel bo‘ylab piyoda ketishgani to‘g‘risida video tarqaldi.
Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda.
Namangan viloyatida «KIA BONGO III» rusumli avtomashina orqa tomonga harakatlangan vaqtida 2 yoshli bolani bosib yuborgan. Bola voqea joyida vafot etgan.
Antimonopoliya qo‘mitasi paxta yog‘i va chigit narxini shakllanishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Qo‘mita tadbirkorlar mavjud vaziyatdan foydalanib, urug‘lar narxini asossiz oshirib yuborishi yoki bozorda uning ta’minotini sun’iy ravishda jilovlashi mumkin deb hisoblaydi. Fond birjasida bitta xaridor tomonidan paxta yog‘ini sotib olish miqdori cheklandi.
Buxoro xalqaro aeroportida 20 yil davomida ishlab kelgan Jaxongir Rahimov Buxoro xalqaro aeroporti direktori etib tayinlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston davlat idoralariga murojaat davlat tili — o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif maqullanmadi. Deputat Doniyor G‘aniyev davlat tili o‘z nomi bilan davlatning fuqarolar bilan rasmiy muloqot tili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini ishlab chiqish kerakligini aytdi.
Davlat test markazi 2021 yil kirish imtihonlari uchun tarix, matematika, kimyo, fizik, biologiya, ona tili, ingliz tili va boshqa fanlardan namunaviy test savollarini e’lon qildi. Barcha testlar.
O‘zbekistonda 27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni vaksinatsiya qilish jarayonlari boshlandi.
27 aprel kuni O‘zbekistonda 34 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Jami mamlakat bo‘yicha emlanganlar soni 600 ming nafardan oshdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli ekanligini belgilovchi qonunni imzoladi. Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat qilib qo‘yildi.
Namanganda «KIA» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda ketayotgan velosipedchini urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Namangan viloyatida VAZ-2106 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 6 yoshli piyodani urib yuborgan. Bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Samarqanda bitta va Toshkentda uchta oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Namangan viloyatida shar’iy turmushdagi xotinini muntazam qiynab, do‘pposlab kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tibbiy ekspertizada jabrlanuvchining tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda er xotinini arqon bilan bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklaganligi aytilmoqda.
Toshkentlik yigit tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilganidan so‘ng ikki do‘sti bilan uning qoidabuzarligini qayd etgan radarni tosh otdi.
Nurafshonda sodir bo‘lgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni o‘g‘rilash natijasida sodir bo‘lgan. «Hududgazta’minot» kvartira egasi gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni bilan ulaganini ma’lum qildi.
Nurmat Otabekov hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotgani, vaksinatsiya faqatgina davlat tibbiyot muassasalarida olib borilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotganda xususiy sektor ehtiyojini ham e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan va 578 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ko‘chib ketganlarning eng katta qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting