Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.
Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining asoschisi va rahbari Surat Ikromov 76 yoshida vafot etdi.
1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.
Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.
1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning tegishli idoralariga so‘rov yubordi.
2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.
Birinchi chorakda O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.
Buvayda tumanida Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.
Turkiyada COVID-19 infeksiyasining tarqalishi oldini olish uchun O‘zbekistondan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqoblari insonparvarlik yordami sifatida yuborildi.
Hafta davomida ayrim viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi oqibatida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi bekat yonida turgan ikki piyodani urib yubordi. Yengil tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Asaka tumanidagi «Xalq banki» filiali xodimlari 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, bank filiali sobiq rahbari va boshqalar kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 mln so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Seoul Riverside turar-joy majmuasi — bu shaxsiy vaqti, shuningdek, qulaylik va jimjitlikni qadrlovchilar uchun haqiqiy topilma. Siz ham ushbu turar-joy majmuasidagi uylardan birining egasiga aylaning va barcha qulayliklarga ega bo‘ling (Reklama huquqlari asosida).
Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir qiz notanish yigit tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Roppa-rosa besh yil oldin toshkentliklar tramvaydan — shaharning 115 yillik tarixining bir qismidan mahrum bo‘lishdi. Tramvayni Samarqandga ko‘chirib o‘tishdi, ammo uning qo‘riqchilari poytaxtda qolishdi. Abdimurat Shatursunov hayotining 30 yilini yengil temir yo‘l transportiga bag‘ishladi. U vagonda rafiqasini uchratdi, farzandining dunyoga kelishini nishonladi va tramvayning g‘ildiraklari ovozi ostida nafaqaga chiqishni xohlardi. Ammo g‘ildiraklar vaqtliroq to‘xtashdi. Shatursunov Toshkent tramvayini qay holatida eslaydi va nima uchun hali-hanuz jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishda davom etyapti — Sabina Bakayeva reportajida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting