Jamiyat

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi
21 aprel 2021, 14:09

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.

«Ro‘zalarni tutib, davolanib yotibdilar» — Otabek Umarovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi
21 aprel 2021, 13:11

«Ro‘zalarni tutib, davolanib yotibdilar» — Otabek Umarovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Sportchi Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqidagi turli xabarlarga ishonmaslikni va hozirda uning salomatligi yaxshi ekanligini aytdi. «Kayfiyatlari zo‘r. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar», — dedi u.

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi
21 aprel 2021, 12:19

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi

Yakkabog‘da 30 yoshli erkak xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan edi. Mazkur shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili”ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev
21 aprel 2021, 11:34

“Bir tilni barcha uchun majburiy “xalq tili"ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev

“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi
21 aprel 2021, 11:05

Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi biznesga bosim haqida fikr bildirdi

«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi
21 aprel 2021, 10:56

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari karantin talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tadi. Urushning ehtiyojmand ishtirokchilarining uylari ta’mirlanadi. Ularni parvarish qilish va yordam berish maqsadida patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi
21 aprel 2021, 10:28

Korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

2020 yilda korrupsion jinoyatlarning asosiy sabablari moddiy manfaatdorlik (30%), byurokratik to‘siqlarning mavjduligi (28%) va ijtimoiy ta’minlanmaganlik yoki adolatli mehnat sharoiti yo‘qligi (12%) kabi omillar bo‘lgan.

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi
21 aprel 2021, 08:43

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Yakshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unga hokimiyatlar, vazirlik va idoralar xodimlari jalb qilingan. Mehnat vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi va idoralarga dam olish kunida ishga jalb qilingani uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so‘mdan beriladi
21 aprel 2021, 08:10

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so‘mdan beriladi

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘mdan beriladi.

Matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichi yomonlashdi
20 aprel 2021, 16:20

Matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichi yomonlashdi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi
20 aprel 2021, 15:14

Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitet IIV, Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning bir qancha yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlaydi.

Samarqandda uch oyda 1477 ta holatda ekologiyaga zarar yetkazilgani aniqlandi
20 aprel 2021, 14:31

Samarqandda uch oyda 1477 ta holatda ekologiyaga zarar yetkazilgani aniqlandi

Samarqand viloyatida uch oyda 1477 ta holatda ekologiyaga oid qonun hujjatlari talablarini buzish holati aniqlandi. Bu bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan tegishli bayonnomalar tuzilib, 748,4 mln so‘m jarima va 279,9 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Qirg‘iziston aholisi O‘zbekiston bilan yer almashish bo‘yicha kelishuvlardan norozi
20 aprel 2021, 13:26

Qirg‘iziston aholisi O‘zbekiston bilan yer almashish bo‘yicha kelishuvlardan norozi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati aholisi rasmiylarning Kampir-Obod suv ombori yaqinidagi 50 gektar maydonni O‘zbekistonga berish rejalariga qarshi chiqishmoqda. Ular bilan uchrashgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev yana muzokaralar uchun Toshkentga borishga va’da berdi.

Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola vafot etdi
20 aprel 2021, 13:19

Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola vafot etdi

Toshkent shahrining «Vodnik» dahasidagi bolalar maydonchasida 8 yoshli bolaning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mahkamlanmagan arg‘imchoq ustuni bolaning ustiga qulab tushgan. Otasining ta’kidlashicha, obodonlashtirish xizmati xodimlari obodonlashtirish ishlari paytida maydonni tegishli me’yorlar asosida to‘sishmagan.

Samarqand turizm salohiyatining ko‘pi bilan 5 foizidan foydalanayapmiz — Aziz Abduhakimov
20 aprel 2021, 12:16

Samarqand turizm salohiyatining ko‘pi bilan 5 foizidan foydalanayapmiz — Aziz Abduhakimov

Turizm va sport vazirining ta’kidlashicha, «Samarqand turizm salohiyatining ko‘pi bilan 5 foizidan foydalanayapmiz». Buning uchun yangi aeroport qurilayotgani va yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi aytildi. Aziz Abduhakimov Uzbekistan Airways`ning qimmat parvozlari muammosi Samarqand xalqaro aeroportiga ochiq osmon maqomi berilishi bilan hal qilinishini ta’kidladi. «Samarqand xalqaro aeroporti ochilsa, narxlar tushadi», — dedi u.

IIV Akademiyasida ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi
20 aprel 2021, 12:13

IIV Akademiyasida ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, Akademiyaning Nukus filiali tashkil etilmoqda.

Metroda to‘y qilgan tiktokerlarga nisbatan jazo tayinlandi
20 aprel 2021, 11:48

Metroda to‘y qilgan tiktokerlarga nisbatan jazo tayinlandi

Toshkent metropolitenida jamoat tartibini buzgan holda to‘y qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslarga BHMning 4 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi
20 aprel 2021, 11:40

Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi

Toshkent viloyatida 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi. Shu sababdan tumanlardagi bir qator maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazildi.

Toshkentdagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 aprel 2021, 11:22

Toshkentdagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Poytaxtning Olmazor tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi.

Toshkent viloyatida 75 ming dollarga yer olib bermoqchi bo‘lgan soxta prokuratura xodimi ushlandi
20 aprel 2021, 10:59

Toshkent viloyatida 75 ming dollarga yer olib bermoqchi bo‘lgan soxta prokuratura xodimi ushlandi

Toshkent viloyatida o‘zini Bosh prokuratura Departamentida ishlashini qayd etib, Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar yer maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va’da qilgan va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting