Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov internetda yoziladigan negativ fikr-mulohazalar bekorchilikdan kelib chiqishini aytdi. U konteynerda yashayotgan joyda insonlar Facebook va internet nimaligini bilmasligini ta’kidladi.
AQSH Kubaning Guantanamo prefekturasidagi qamoqxonasining eng maxfiy bo‘limi hisoblanadigan 7-lagerni yopdi. Endilikda qamoqxonadagi barcha mahbuslar ikkita lagerda (bungacha uchta lagerda saqlangan) saqlanadi, bu esa «qamoqxona xarajatlarini» kamaytiradi.
50 ming dollarga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. U yerni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali olib berishini aytgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati organlari to‘rtta teraktning oldini oldi, ulardan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, 67 ta yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 594 ta qurol noqonuniy muomaladan chiqarildi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 2 kishi jarohatlandi.
Namangan viloyatidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suv jo‘mragini ochib yuborishi natijasida 70% kuyish tan jarohatidan vafot etdi. Bola aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya hukumati yana oltita mamlakat, shu jumladan O‘zbekistondan bo‘lgan talabalarga o‘qishlarini davom ettirishlari uchun mamlakatga qaytib kelishiga ruxsat berdi. Buning uchun bir qator qoidalar belgilangan.
Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.
Taniqli haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Toshkentdagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon haykallari, bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, xususan, «Kosmonavtlar» metro stansiyasidagi kompozitsiya va boshqa yodgorliklar ijodkori hisoblanadi.
Internetda asli iroqlik, kurd millatiga mansub Mullo Mahmud Hasan Aliy Kalak Kurdistoniyning O‘zbekistonga kelgani haqidagi xabarlar tarqaldi. SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
AOKA va Ichki ishlar vazirligi narkotik moddalar reklamasi haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning uchta tumanida «bu kabi reklamalar ko‘payib ketgani» haqida xabar tarqalgan edi.
Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olganlarda isitma, allergik reaksiyalar va ukol qilingan joyda qizarish kuzatilishi mumkin, deya ma’lum qildi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.
Toshkent viloyatida haydovchi qizil chiroqqa o‘tib ketganligi uchun uni to‘xtatgan YPX hodimiga hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda, haydovchi inspektorga tosh bilan hujum qilmoqchi bo‘ladi. Fuqaroga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.
Yunusobod tumanida Spark hamda Lacetti to‘qnashdi. Spark ag‘darilishi oqibatida haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Pasta faqatgina makaron va go‘shtdan iborat bo‘ladi deb o‘ylaydiganlar uchun Zira.uz 6 xil mazali pasta retseptlarini taqdim etadi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
1 apreldan O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari boshlandi. «Gazeta.uz» muxbiri Toshkent shahri va viloyatidagi bir qancha emlash punktlariga tashrif buyurib, aholining vaksina bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. Kimdir xitoy-o‘zbek vaksinasi ishonchliroq desa, boshqa birovga AstraZeneca ma’qul, yana kimdir esa «Sputnik V elita qatlami uchun», degan fikrda.
2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand (6 723 ta), Farg‘ona (5 900 ta) va Toshkent viloyatlari (5 459 ta) yetakchi bo‘ldi.
2 aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ikkita yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi poyabzal ishlab chiqarish sexi hamda Zangiota tumanidagi deraza va eshiklarni ishlab chiqarish sexi yonib ketdi.
Poytaxtning 4 ta nuqtasida velosipedlarni ijaraga beradigan bike sharing tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, umumiy uzunligi 606 km bo‘lgan velosiped yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting