Jamiyat

Sudgacha Guljahon Yo‘ldoshevani aybdorga chiqargan prokuror Bosh prokuraturaga ishga o‘tdi
28 yanvar 2021, 17:19

Sudgacha Guljahon Yo‘ldoshevani aybdorga chiqargan prokuror Bosh prokuraturaga ishga o‘tdi

Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Chirchiq shahar prokurori sifatida ishlagan. Ibrohimov Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning ishi sudgacha yetib bormasidan OAVlarda aybdor degan fikrni ilgari surgani bilan ko‘pchillikka tanish.

Fevraldan benzin narxlari 110 so‘mgacha oshishi kutilmoqda
28 yanvar 2021, 17:10

Fevraldan benzin narxlari 110 so‘mgacha oshishi kutilmoqda

1 fevraldan neft mahsulotlariga solinadigan soliq stavkalarining o‘zgarishi natijasida benzin narxlari ham oshishi kutilmoqda. Ai-80 benzini o‘rtacha 110 so‘mgacha, Ai-90 va undan yuqori markali benzin narxlari o‘rtacha 60 so‘mdan 90 so‘mgacha qimmatlashishi mumkin.

Cotton Campaign O‘zbekiston paxta klasterlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi
28 yanvar 2021, 16:22

Cotton Campaign O‘zbekiston paxta klasterlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

Cotton Campaign 2020 yilda mamlakatdagi paxta yig‘im-terimlarida majburiy mehnatga barham berishda «sezilarli yutuqlar» bo‘lganini qayd etib, so‘nggi 10 yilda ilk bor majburiy mehnat holatlari hujjatlashtirilmagani aytildi. Shuningdek, koalitsiya O‘zbekiston paxta klasterlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Qozog‘istonda 2021 yil oxirigicha 6 mln aholi COVID-19 ga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda
28 yanvar 2021, 16:17

Qozog‘istonda 2021 yil oxirigicha 6 mln aholi COVID-19 ga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda

2021 yilning ohirigacha Qozog‘istonda 6 mln aholi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda. Vaksinatsiya jarayonlariga faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar o‘tkaziladi. Bundan tashqari elektron vaksinatsiya pasporti joriy etilishi kutilmoqda.

Farg‘onada 3 yashar bolasini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
28 yanvar 2021, 14:32

Farg‘onada 3 yashar bolasini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatida fuqaro tanishi bilan birga o‘zining 3 yashar farzandini 4000 AQSH dollariga sotayotgani aniqlandi. Bolaning onasi bundan avval ham shunday holatni sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yoshlarga 1 gektardan yer ajratish rejalashtirilmoqda
28 yanvar 2021, 14:07

Yoshlarga 1 gektardan yer ajratish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevga yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish tartibini, har 10 gektar ekiladigan yerning 1 gektarini yoshlarga ajratishni buyurdi. Prezident buni «inqilobiy qaror» deb atadi.

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti sifatida ish boshladi
28 yanvar 2021, 12:58

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti sifatida ish boshladi

Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sadir Japarov davlat rahbari lavozimida ish boshladi. U o‘zining inauguratsiya marosimidagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga va’da berdi.

Toshkent viloyatida 2,5 yashar qizaloq bosh qismiga olingan jarohatdan vafot etdi
28 yanvar 2021, 12:08

Toshkent viloyatida 2,5 yashar qizaloq bosh qismiga olingan jarohatdan vafot etdi

Toshkent viloyatida erkak 2,5 yashar qizaloqni tinchlantirish uchun boshiga urib, tan jarohati yetkazdi. Hodisa oqibatida bola vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
28 yanvar 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 7 pog‘ona ko‘tarildi
28 yanvar 2021, 11:17

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 7 pog‘ona ko‘tarildi

Transparency International xalqaro tashkilotining 2020 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 146-o‘rinni egalladi. Bu 2019 yil ko‘rsatkichiga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori. COVID-19 pandemiyasi korrupsiya avj olgan va avtoritar rahbarlar uchun davlat xarajatlari ustidan nazoratni yengillashtirish va fuqarolar erkinliklarini cheklash uchun bahona bo‘ldi, deyiladi hisobotda.

«Vatanparvar» tashkiloti Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi
28 yanvar 2021, 11:07

«Vatanparvar» tashkiloti Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi

Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti 210 ta hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash va ularga kasb-hunar o‘rgatish vazifalarini bajarmayotganligini ta’kidladi.

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident
27 yanvar 2021, 19:09

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 million kishidan ortiq bo‘lgan 18−30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etishini ma’lum qildi. Yoshlar muammolarini hal etish uchun hududlarda sektor rahbarlari mas’ul bo‘ladi. 2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?
27 yanvar 2021, 19:05

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan ish haqi va aksiz soliqlari, qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvining to‘xtatilayotgani va boshqalar — 1 fevraldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Prezident o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin bo‘ladi
27 yanvar 2021, 17:45

Prezident o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin bo‘ladi

26 yanvar kuni imzolangan farmon bilan prezidentga o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish huquqi berildi. Bunda afv etilayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘lishi talab etilmaydi.

O‘zbekistonda tizimli majburiy va bolalar mehnati yo‘q — Tanzila Narbayeva
27 yanvar 2021, 17:35

O‘zbekistonda tizimli majburiy va bolalar mehnati yo‘q — Tanzila Narbayeva

Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yilgi «Uchinchi tomon monitoringi» natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda o‘tgan yili tizimli majburiy va bolalar mehnati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, hisobot davomida 46 ta majburiy mehnat holati aniqlangani, 42 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgani aytildi.

Samarqandda «Spark» yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi
27 yanvar 2021, 17:04

Samarqandda «Spark» yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi

Samarqand viloyatida «Spark» va «Nexia-3» to‘qnashuv zarbidan yo‘lning chetida turgan piyoda urib yuborildi. Fuqaro tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
27 yanvar 2021, 16:35

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi
27 yanvar 2021, 16:01

Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jamoat joylarida fuqarolardan 567 ta pichok, bir qancha bolta, kastet va bitalar topildi. Sovuq qurollar o‘quv dargohlaridagi o‘smirlarda borligi ham aniqlandi.

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan
27 yanvar 2021, 13:58

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan

2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi
27 yanvar 2021, 13:49

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi

Qonunchilik palatasi 30 iyulni Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilaydigan qonunni qabul qildi. 2011 yilda BMT ushbu canani Xalqaro do‘stlik kuni deb e’lon qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting