Toshkentda pandemiya sharoitida chet elga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasallik haqidagi hujjatlarni 1200 dollardan pullagan aviakassa rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi.
2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari davolanishga jo‘natildi. Ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar hokim o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan izoh berdi. Sud majlisida qatnashishga ruxsat berishini qo‘pol tarzda so‘ragan OAV xodimlari bo‘yicha Bosh prokurorga taqdimnoma kiritilgani ma’lum qilindi.
Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani «Qizilo‘zak» qishlog‘ida yashovchi bolalar 8 km uzoqlikda joylashgan maktabga piyoda, eshakda va velosipedda qatnamoqda. Qishloqda 150 ga yaqin bola maktabga boradi va hozirda ularga velosiped sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan. Avvalroq
Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi. Toshkentda yer silkinishining magnitudasi 2−3 ball atrofida bo‘ldi.
8000 talabaga mo‘ljallangan prezident universiteti Toshkentda ochiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Universitetda Oksford ta’limi joriy etiladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, yoshlarning yarmi chet elda o‘qiganidan keyin qaytib kelmayotgani kuzatilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev hokim Jahongir Ibrohimovning Yunusobod tumaniga «yangi kuch» sifatida kelganini aytdi. «Hokim „raskladushka“ bilan keldi rayonga. U hokimiyatda yotmaydi, balki sektor mahallasida borib yotadi», — dedi prezident. U bir oy ichida prokuror, Davlat soliq inspeksiyasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlarining taqdiri hal bo‘lishini ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekistonning doimiy aholisi 653,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga o‘sdi va 34,5 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.
Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida hokimga tegishli avtomashina yo‘ldan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. YTH oqibatida fuqaro og‘ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Yoz kunlari va mevalarni sog‘inganlar uchun Zira.uz quritilgan mevalardan turli xil yeguliklar retseptlari to‘plamini tayyorladi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Reyslar 2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.
Farg‘ona viloyatida qarama-qarshi yo‘nalishlarda ketayotgan «Damas» va «MAN» yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlar BHMning 5 baravarigacha jarima to‘laydi.
Prezident Chilonzorda Sobiq «FONON» negizida ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi. Ushbu loyiha qariyb 21 mln dollarga teng va yiliga 6 tonna zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Olmaliq hokimining birinchi o‘rinbosari homilador xodimasini «dekret»ga chiqarmaslik uchun uni ishdan bo‘shatishga urinayotgani aytilmoqda. Tahririyatga yuborilgan audiolarda u Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan bo‘shatishini aytib, tahdid qilgani aks etgan. Ayol prezident va Senat raisiga murojaat bilan chiqdi. «Gazeta.uz» surishtiruvi.
«Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik», — deya ma’lum kildi Komil Allamjonov efirdan olib tashlangan «Zakovat» teledasturi haqida.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati iqlim me’yoridan 10−12 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Faoliyati davomida u prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Davlat xizmatlari agentligi direktori sifatida ham ish yuritgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting