24-sentabrdan Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi. Poyezd har hafta qatnaydi, yo‘lda Qozog‘iston va Rossiyadagi bekatlarda to‘xtab o‘tadi.
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli fuqarolarga qator tavsiyalar berdi. Elchixona xavfsizlik choralarini ko‘rishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi, rasmiy xabarlarini kuzatib borish so‘raldi.
Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.
O‘zbekistonda Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi dasturi amalga oshiriladi. “Avitsenna” nomi ostida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi. Davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri shakllantiriladi.
Sayxunobod tumanida mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qilgan Captiva haydovchisi 4 yil 6 oyga qamaldi. Oldin ham sudlangan shaxs jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Malibu-2 va Lacetti mashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar va yana bir nafar yo‘lovchi jarohatlandi.
2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilmoqchi bo‘layotgan O‘zbekiston, kambag‘al oilalar biznesi uchun 30 mln so‘mgacha foizsiz qarzlar, yuqori tezlikda harakatlangani uchun jarimaga tortilgan Olimpiada chempioni, 15 foizgacha oshirilgan aliment to‘lovlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablari texnikumlarga aylantiriladi, binolarning bir qismi maktablar uchun beriladi. Texnikumlar qisman akademik mustaqillikka ega bo‘ladi va pullik xizmatlar ko‘rsata oladi. Ulardan 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi.
Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.
“Adolat” partiyasi tabiiy resurslarni samarali boshqarish uchun qonunlarni takomillashtirish, ekologik baholash va jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash tashabbusini ilgari surmoqda.
Samarqandda muqaddam sudlangan 2 shaxs 3 nafar fuqaroni 52,7 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlandi. Prokuratura departamenti ularga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan.
Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi va kiberjinoyatchilikning ko‘payishi sharoitida Uzum Media va Mastercard ikkita bepul onlayn kursni ishga tushirayotganini e’lon qildi.
Toshkent shahrida mashinasida soatiga 110 km/soat tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting