Jurabek Laboratories remdesivir preparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kompaniyadan qariyb 12 milliard so‘mga 39 ming doza sotib oldi. «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kompaniya vakili ushbu dori qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkazilgani, ularning umumiy dori vositasi nima uchun Amerikaning Gilead patent qonunchiligini buzmasligi va JSST remdesivirning samarasizligi haqida bayonot berganini so‘zlab berdi.
Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.
Chirchiq daryosida, shuningdek, Yangiyol va Zangiota tumanlarida COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgan. Bu hukumat bayonnomasiga muvofiq, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ishi to‘xtatilganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mazkur ma’lumotlarni rad etib, shifoxonalar hududidan chiqindilar chiqmaganini aytmoqda.
Prezident farmoni bilan ToshTA huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti negizida ikki yillik majburiy o‘qitiladigan Harbiy-tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.
Parkent tumanidagi bir qator dala hovlilar joylashgan posyolkalarning birida 20 oktabr kuni suv sisternasi yorildi. «Gazeta.uz» muxbiri jabrlangan aholi va tuman hokimiyati bilan suhbatlashib, sisterna kimga tegishli ekanligi, dala hovli egalarining hozirda qanday ehtiyojlari borligi va ular nimaga suyanishlari mumkinligini o‘rgandi.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Yer osti silkinishlari kuchi Farg‘onada 4 ballni tashkil etdi.
Abdumannob Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oldinroq harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan 1828 nafar abituriyentning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Seshanbadan havo sovuq bo‘lishi, mamlakat bo‘ylab shamol tezligining kuchayishi va havo haroratining +13 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Qanday qilib ta’lim tizimidagi poraxo‘r ajdahoni yengish mumkin? Tizim rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan kadrlarni yetishtirishni qanday to‘xtatsa bo‘ladi? Quyida faylasuf Valeriy Xanning fikrlari bilan tanishamiz.
Zira.uz kuz mavsumi uchun iliq, to‘yimli va tayyorlash oson bo‘lgan yettita salat retseptini tanladi. Ular asosiy taomga ajoyib qo‘shimcha yoki garnir bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi. Sinf rahbarligi uchun to‘lovlar esa 1,5 baravarga oshiriladi. Shuningdek, metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bu — Prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.
Toshkent shahrida sinov tariqasida YTH ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantirish uchun yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Belgi ostida ikki avtomobilning to‘qnashuvi yoki avtomobil va piyoda ishtirokida YTH aks etgan rasmli izoh berilgan belgi ham o‘rnatiladi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
416 ta IT Park rezidentidan 52 ta IT-kompaniya shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun doimiy rezident maqomi va soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. To‘liq ro‘yxat bilan sayt sahifasida tanishsa bo‘ladi.
AOKA UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud jarayonini yoritayotgan OAVga bosim o‘tkazgani haqidagi ma’lumotini o‘rganib chiqib, ayblov isbotini topmaganini ma’lum qildi.
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimi tomonidan unga nisbatan kuch ishlatilganligi haqida xabar berdi. Toshkent shahar IIBB voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda jurnalistning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting