Dam olish kunlari mamlakatdan sovuq havo chekinadi. Yakshanba kuni butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi.
2021 yildan boshlab ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi. Ular davlat hisobidan tiklab beriladi.
Urganchda 40 ming dollarga 3 gektar yer, Yakkasaroyda 74 ming dollarga turli rusumdagi mashinalar, Jalaquduqda 354 kishiga 49 mln so‘mga un sotmoqchi bo‘lgan firibgarlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Yana bir firibgarlik universitetga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq.
Xivadagi Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan 100 ta noyob eksponatning 3D ko‘rinishlari yaratildi. Ular respublika muzeylarining yagona portaliga joylashtiriladi.
Toshkent viloyatiga noqonuniy olib kirilayotgan 150 mln so‘mlik 1000 dona «Tropikamid» dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Transport vazirligi Toshkentda jamoat transporti yo‘lovchilari uchun har kuni 16,8 mln so‘mga bir martalik qo‘lqop sotib olinayotganini ma’lum qildi. Avvalroq OAVda bu raqam 28 mln so‘m ekani aytilgandi.
OTMlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalari o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib amalga oshirishlari mumkin.
Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi qurilish maydonchalarining birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar pandemiya davrida 40−45 kun ob’ektdan chiqmay ishlaganliklari, oylik maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi va ovqat sifati pastligidan shikoyat qilishdi. Hozirda ularning oyliklari berilib, ovqat sifati ham yaxshilangan.
«O‘zbekiston 24» telekanalining Toshkentdagi bozorlardan birida go‘sht narxining pasayishi haqidagi jonli efir reportajida mol go‘shtiga ko‘p suyak qo‘shib sotilayotganini aytib, noroziligini bildirdi.
Ta’mirtalab yo‘llar sabab yuzaga kelgan YTHlarda 191 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Senat. Bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Sirdaryo viloyatining sakkizta hududida «Toza hudud» korxonasi olib chiqib ketilmagan maishiy chiqindilar uchun aholidan 1,2 so‘m asossiz daromad olgani aniqlanib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilindi.
Ta’lim inspeksiyasi 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari maktablari egalladi.
Oktyabr oxiri va noyabr boshida Rossiyadan deyarli 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinadi. Bu uchun Voljskiy — Toshkent yo‘nalishiga yana to‘rtta poyezd qo‘shilib, jami qatnovlar soni to‘qqiztaga yetdi. Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 ta vagon mavjud.
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondining atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini avtomatlashtirish loyihasining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Yana ikki bosqich amalga oshirilgach, har soatda havo sifatini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.
Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi.
Hukumat qarori bilan Yong‘in xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi. Davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun amal qilish majburiy bo‘lgan qoidalar 7 bo‘lim, 41 bob va 846 bandni o‘z ichiga oladi.
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini maqolalarni o‘chirtirish va o‘zgartirish orqali OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Qo‘mita esa ushbu ayblovlarni rad etib, o‘z «pozitsiyasi»da qat’iy qolishi va barcha nizolarni faqat sud orqali hal qilishini ta’kidladi.
Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sobiq mehnat vaziri o‘rinbosari, professor Rustam Shodiyev hayotdan ko‘z yumdi.
Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting