Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, deputatlar ushbu o‘zgarishlarni uzoq yillar orzu qilishgan.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning koronavirusdan vafot etgani sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Marhum vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, ota-onalarga farzandlariga uy sharoitida din asoslarini o‘qitishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilinadi.
O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlari e’lon qilindi. Imtihonlarda 1,2 mln nafar (95,1%) abituriyent qatnashdi. 63 ming nafari esa kelmagan, 1187 nafari esa test sinovlaridan chetlashtirilgan. 90 nafar abituriyentda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent IIBB xodimlarining ko‘cha sotuvchilaridan havo sharlarini tortib olib, ularni osmonga uchirib yuborayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB buni sharlarning yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgani, ular portlagan taqdirda, atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan izohladi.
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilandi. Xususan, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi, mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi.
Xorijga ishga ketayotgan kam ta’minlangan oilalar a’zolariga bir yil muddatga 10 mln so‘mgacha miqdorda mikroqarzlar beriladi. Mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, 446 ming so‘m (40 doll) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.
Korean and Migrations mansabdorlari, shuningdek, xususiy bandlik agentligi faoliyati bilan aloqador boshqa shaxslar firibgarlik va qalbakilashtirishda aybdor deb topildi. Agentlik direktori va Namangan viloyat filiali boshlig‘iga 9 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
YHXBB 13 sentyabr kuni beshta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Baxtsiz hodisalar natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Maktab o‘quvchilarining immuniteti zaif bo‘lishining sabablari nimada, bolalar uchun sog‘lom uyqu va ovqatlanish ratsioni qay tartibda bo‘lishi kerak? Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedovaning tavsiyalari.
Saidaxon Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Chorshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab haroratning pasayishi, shamol tezligining kuchayishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shanba kunigacha kunduzgi harorat 27 daraja atrofida bo‘ladi.
Namanganda ikki nafar erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, jinoyat ishini tugatishga qaror qilindi.
Davlat test markazi ba’zi abituriyentlarning test natijalarini e’lon qilishda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Hozirda muammo bartaraf qilingan va natijalar yangilangan, deya aniqlik kiritdi DTM.
So‘z erkinligi va nafratga to‘la ritorika o‘rtasidagi huquqiy chegaralar qayerda? Internetdagi bullingga (boshqalarni tahqirlash, zo‘ravonlik) qarshi huquqiy himoyani qanday kuchaytirish mumkin? Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, Global Shapers Tashkent Hub tashabbusining kurator-asoschisi Dilfuza Kurolovaning maqolasida.
14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.
2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting