Jamiyat

Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
17 sentabr 2024, 22:58

Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Toshkent shahrida nemis tibbiy-ta'lim dasturlari asosida “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi. Muassasa bir yil davomida kasb va tilga o‘qitib, diplom va Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beradi.

17-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 sentabr 2024, 22:12

17-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Germaniyaga ishlashga yuboriladigan 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira, chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish loyihasi, AQSh bilan muhim foydali qazilmalar sohasida imzolangan memorandum, 2 baravar qisqargan elektromobillar savdosi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi 18 kunga yopiladi
17 sentabr 2024, 21:24

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi 18 kunga yopiladi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘ida yerosti kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu sabab 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar ushbu hudud avtomobillar uchun yopiladi.

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida YTH yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan
17 sentabr 2024, 20:28

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida YTH yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa borib urildi. IIBBning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. Kameralar yo‘qligi haqidagi xabarlarga javoban ko‘chada ko‘chma radarlardan foydalanilayotgani aytildi.

Ma’lumotlarning nafaqat hukumat, balki jamiyat uchun ham ochiq bo‘lishi juda muhim — Feliks Elvert
17 sentabr 2024, 18:13

Ma’lumotlarning nafaqat hukumat, balki jamiyat uchun ham ochiq bo‘lishi juda muhim — Feliks Elvert

Viskonsin universiteti professori Feliks Elvert “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida oila dinamikasi, demografiya, ma’lumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz kabi tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib, oxir-oqibat Fransiya haqida tadqiqot qilishga majbur bo‘lishini istamaymiz”, deydi u.

O‘zbekistonga oq tovus va qirg‘ovullarni noqonuniy olib kirayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi
17 sentabr 2024, 15:37

O‘zbekistonga oq tovus va qirg‘ovullarni noqonuniy olib kirayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi

“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi
17 sentabr 2024, 15:28

O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi

Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yo‘lida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadamdir.

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda
17 sentabr 2024, 14:13

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi
17 sentabr 2024, 12:57

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi

Anestpharma kompaniyasi kontrafakt Nest Imudon dori vositasini ishlab chiqargani aniqlandi. Uning nomi va qadoqlanishi asl Imudon`ga o‘xshaydi. Avvalroq kompaniya soxta Magne B6 ishlab chiqargani uchun javobgarlikka tortilgandi.

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda
17 sentabr 2024, 12:35

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda

Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan.

Ombudsmanga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda
17 sentabr 2024, 12:22

Ombudsmanga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda

Ombudsman lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lish haqidagi talablar bekor qilinmoqda. Deputatlar ushbu norma aks etgan qonunni qabul qildi.

So‘rovnoma: Rahbarning xodimga zo‘ravonligi haqida odamlar nima deydi?
17 sentabr 2024, 11:53

So‘rovnoma: Rahbarning xodimga zo‘ravonligi haqida odamlar nima deydi?

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahrining ayrim hududlarida bo‘lib, ishxonada xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar borasida odamlar fikri bilan qiziqdi. Ulardan shunday vaziyatda qanday harakat qilishi va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyorligi haqida so‘radi.

Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalarni uyida saqlab kelgan fuqaro aniqlandi
17 sentabr 2024, 11:28

Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalarni uyida saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Sirdaryoda chiqindi tashish xizmati aholiga 528,6 mln so‘m ortiqcha to‘lov hisoblagani aniqlandi
17 sentabr 2024, 10:58

Sirdaryoda chiqindi tashish xizmati aholiga 528,6 mln so‘m ortiqcha to‘lov hisoblagani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” korxonasi salkam 150 ming iste’molchiga nisbatan 528,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblagani aniqlandi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson jarimaga tortildi
16 sentabr 2024, 23:57

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson jarimaga tortildi

UzAuto Motors bosh direktori, shvetsiyalik Bu Andersson tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

Ohangaron o‘rmon xo‘jaligining ijaradagi 2 gektar yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
16 sentabr 2024, 23:35

Ohangaron o‘rmon xo‘jaligining ijaradagi 2 gektar yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
16 sentabr 2024, 23:14

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston hukumati Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va bunday tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.

16-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 sentabr 2024, 22:07

16-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonni muhim hamkor deb atagan Germaniya kansleri, AQSh bilan bojxona sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, Borsakelmasda o‘tkazilgan marafon, sotuvchisini urgani uchun qamalgan Inbazar mas’ullari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi
16 sentabr 2024, 20:57

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi

Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Hafta davomida issiq harorat saqlanib qoladi
16 sentabr 2024, 20:25

Hafta davomida issiq harorat saqlanib qoladi

Ushbu haftada havo issiq va asosan quruq bo‘ladi, kunduzi harorat +30 darajagacha yetadi. Seshanba va payshanba kunlari ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting