Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmog‘ining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati o‘zgarmaydi.
Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.
Toshkentda fuqaro shifokor tavsiyasisiz “Seftriakson” va “Lidokain” aralashmasidan ukol olgach, ahvoli yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi. Farmxavfsizlik markaziga ko‘ra, bu dori sifati bilan bog‘liq emas. Preparatlar qayta tekshirilmoqda. Ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish mumkin emasligi eslatildi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi sayyohlarga Vengriyaning muhim sport tadbirlariga — Formula-1 Gran-prisidan tortib, suv sporti turlari bo‘yicha xalqaro turnirlargacha tashrif buyurish imkoniyatini taklif qiladi.
Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzganini ma’lum qildi. Qo‘mita korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.
Toshkent viloyatining chegara hududlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, Parlament saylovi byulletenlarining ko‘rinishi, 1000 kub metri 160 dollardan sotib olinayotgan gaz, JCh saralash bosqichida KXDRni yengan O‘zbekiston futbolchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfid sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.
Raqobat qo‘mitasi 7 nafar sobiq talabaning pullari qaytarilmagani yuzasidan Central Asian University’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. CAU talabalar universitetga murojaat qilmagani, hozirda mablag‘ni qaytarib berish boshlanganini aytdi.
Futbol bo‘yicha JCH saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR uchrashuvi sabab soat 23:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot edi.
Markaziy saylov komissiyasi Parlament saylovi byulletenlarining shakli va tavsifini tasdiqladi. Bunday byulletenlar ixchamligi sabab chop etish xarajatlarini 3 mlrd so‘mgacha kamaytiradi, natijalarni aniqlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi ham qisqaradi.
Ishtixon tumanida yuqori tezlikdagi Lacetti qarama-qarshi yo‘ldagi mototsikl bilan to‘qnashdi. Oqibatda mototsikl haydovchisi va 13 yoshli farzandi voqea joyida halok bo‘ldi, mashina haydovchisi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Tug‘ilganidan beri davolanayotgan 7 oylik qiz O‘zbekiston bolalar ombudsmani ko‘magida Sankt-Peterburgdan shifokor hamrohligida olib kelindi. Uning ota-onasi aprel oyida yashash muddati tugagani sababli uyga qaytishgan. Xarajatlarni qoplashga o‘zbek diasporasi va tadbirkorlardan biri yordam berdi.
O‘nlab bolalarni bir mashinaga o‘tqazib harakatlanish bo‘yicha navbatdagi holat Andijon tumanida qayd etildi: Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotganda to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.
Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Xususan, ular mahsulotni birjaga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Raqobat qo‘mitasi holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Boshqa hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidagi “Xalqlar do‘stligi” bekatida poyezdda nosozlik yuzaga kelgani sababli har ikki yo‘nalishda yarim soatga yaqin harakat to‘xtab qoldi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.
Sovet mafkurasini targ‘ib qilishni taqiqlash taklifi, MO migrantlariga fuqarolik berishga moratoriy haqida o‘ylayotgan Rossiya, DXShni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati, maktablarda boshlangan yangi o‘quv yili va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting