Xitoy kompaniyasidan 6193 ta bodikamera xarid qilindi. Ulardan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab foydalaniladi.
Mudofaa vazirligining «Yirik kalibr» Oliy liga QVZ o‘yinlarining finalida 19,3 ball bilan 2019 yil chempioniga aylandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs mast holda o‘zi bilan yashab kelayotgan ayolning voyaga yetmagan qizini 4-qavatdan tashlab yuborib, o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ayblanuvchi qo‘lga olingan.
Ko‘rish darajasi pastligi sababli Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralida 80 kishi, jumladan 36 nafar avtobus yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda havoning isishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +10… +15 darajagacha ko‘tariladi.
Qamchiq dovonida transport harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani bois Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bojxonachilar O‘zbekiston orqali o‘z tanalarida jami 5,7 kg dan ziyod geroinni olib o‘tmoqchi bo‘lgan olti nafar narkokurerni qo‘lga oldi.
«UZBAT A.O» kompaniyasi va yakka tartibdagi tadbirkor Toshkentda tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotni noqonuniy ravishda reklama qilgani aniqlandi.
«Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfsi borligi uchun «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Oliy sud 19 nafar mahkuma ayolning qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lganini hisobga olgan holda ularning jazo muddatlarini qisqartirdi. Jazo muddatlari qisqargani sababli ayollar ozod qilindi va oilalari bag‘riga qaytdi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qariyb barcha viloyatlarida sezildi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq ob-havo saqlanib qoladi, tuman tushishi, shamol tezligi kuchayishi va yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kechqurun harorat −5…0 darajagacha tushadi.
Davlat test markazi sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish maqsadida «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovni sudga berdi.
FVV metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘lgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetgani haqida xabar qildi. Halok bo‘lganlarning jasadlari oilalariga yetkazildi. Hukumat komissiyasi hodisa sabablarini aniqlab, baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ishlab chiqilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Toshkentda metro qurilishidagi tuproq o‘pirilishida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Ularga janoza va dafn marosimlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatiladi.
Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekani aytilayotgan audiyozuvni o‘rganmoqda.
FVV metro qurilishida tuproq o‘pirilishida halok bo‘lgan olti fuqaroning ism-shariflarini e’lon qildi. Ularning to‘rt nafari Qashqadaryo, ikki nafari esa Samarqand viloyatidan. Halok bo‘lganlarning oilalariga 100 mln so‘mdan tovon puli to‘landi.
Poytaxtning Sirg‘ali tumanida Mercedes-Benz avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi jarohatlandi.
Deputatlikka nomzod o‘z rahbarligidagi tashkilot ishlab chiqargan un va yog‘ mahsulotini saylovchilarga arzonlashtirilgan narxda sotgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat natijasida tuproq ostidan 30, 52, 20, 33 va 23 yoshli kishining jasadi topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting