Sport

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 58-o‘ringa ko‘tarildi
24 oktabr 2024, 14:54

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 58-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 2 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Jamoa oktabr oyidagi o‘yinlarda o‘z uyida Eron bilan durang o‘ynagan va BAAni mag‘lub etgandi.

19 yoshli kurashchi Alisher G‘aniyev yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medal olib, O‘zbekiston tarixiga kirdi
23 oktabr 2024, 12:03

19 yoshli kurashchi Alisher G‘aniyev yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medal olib, O‘zbekiston tarixiga kirdi

Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video).

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi
23 oktabr 2024, 10:06

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.

Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
22 oktabr 2024, 15:19

Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.

“Biz natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas” — Otabek Shukurov
16 oktabr 2024, 11:40

“Biz natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas” — Otabek Shukurov

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Eron va BAAga qarshi o‘yinlardan so‘ng bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi. “Biz faqat natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas. Chiroyli futbol o‘ynaganmiz, [o‘shanda] men o‘zim ikki marta Jahon chempionati yo‘llanmasini yutqizganman”, — dedi Shukurov.

O‘zbekiston va BAA futbol uchrashuvi — “Bunyodkor”dan fotoreportaj
16 oktabr 2024, 11:11

O‘zbekiston va BAA futbol uchrashuvi — “Bunyodkor”dan fotoreportaj

Seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Murod Yusuf o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi
15 oktabr 2024, 21:32

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida o‘z uyida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi. Raqib ikkinchi bo‘limni bir kishi kam holda o‘tkazdi, yagona gol esa penaltidan kiritildi. Foto, video.

“O‘z uyimizda BAAni hozircha mag‘lub etmaganmiz. Bu an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz” — murabbiy Vlado Radmanovich
14 oktabr 2024, 17:41

“O‘z uyimizda BAAni hozircha mag‘lub etmaganmiz. Bu an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz” — murabbiy Vlado Radmanovich

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-oktabrda BAAga qarshi o‘ynaydi. Shu vaqtgacha terma jamoa o‘z uyida raqibni mag‘lub etolmagan. Murabbiy Vlado Radmanovich bo‘lajak o‘yinda jamoa salbiy an’anaga chek qo‘yish niyatida ekanini aytdi. Futbolchilar tayyor, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz, dedi u.

“Biz ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu fojia emas”. Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini haqida
11 oktabr 2024, 22:40

“Biz ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu fojia emas”. Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi o‘yin yomon o‘tmaganini ta’kidladi. “Umuman olganda, ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu juda katastrofa deb ayta olmayman. Chunki guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik”, — dedi u.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi — suratlarda
11 oktabr 2024, 10:41

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi — suratlarda

Payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi
10 oktabr 2024, 21:38

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida Eronni mag‘lub eta olmadi. Eronliklar ikkinchi bo‘limda o‘n kishi bo‘lib o‘ynadi, ammo uchrashuv durang bilan yakunlandi.

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki haqidagi “Gazeta.uz” filmi
10 oktabr 2024, 14:43

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki haqidagi “Gazeta.uz” filmi

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Parij yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan “Ko‘rinmas medal” nomli ilk hujjatli filmini tayyorlamoqda. Filmni premeradan so‘ng nashr sahifalarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti O‘zbekistonga keldi
8 oktabr 2024, 18:02

World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti O‘zbekistonga keldi

World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi
8 oktabr 2024, 12:49

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi

O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoaga murabbiylik qilgan Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. O‘FA jamoaning musobaqadagi ishtirokini tanqid qildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish, turnirlarga jalb etish tavsiya qilindi.

Srechko Katanets salomatligi sabab Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda terma jamoani boshqarmaydi
7 oktabr 2024, 15:01

Srechko Katanets salomatligi sabab Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda terma jamoani boshqarmaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sabab Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Uchrashuvlarga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni
7 oktabr 2024, 12:39

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni

Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
7 oktabr 2024, 11:57

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.

Futzal JCh: Argentina Fransiya ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvdan fotolavhalar
4 oktabr 2024, 15:45

Futzal JCh: Argentina Fransiya ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvdan fotolavhalar

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining 6-oktabrda bo‘ladigan finali Janubiy Amerika derbisiga aylanadigan bo‘ldi: Argentina termasi Fransiyaga qarshi yarim finalda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va endi chempionlik uchun Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi.

Futzal JCh: Ukraina Braziliyaga mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan fotolavhalar
4 oktabr 2024, 15:43

Futzal JCh: Ukraina Braziliyaga mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan fotolavhalar

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Xususan, Ukraina va Braziliya o‘rtasidagi dastlabki yarim final o‘yinida Janubiy Amerika vakillari irodali g‘alabaga erishdi. Final 6-oktabr, yakshanba kuni bo‘ladi.

Futzal JCH: Qozog‘iston Argentinaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan o‘yindan fotolavhalar
1 oktabr 2024, 19:42

Futzal JCH: Qozog‘iston Argentinaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan o‘yindan fotolavhalar

“Humo Arena"ga yig‘ilgan salkam 9 ming muxlis tomonidan xuddi “o‘z uyidagidek” muhit hosil qilinganiga qaramay, Qozog‘iston futzalchilari JCH-2024 yarim finaliga chiqa olmadi: Argentinaga qarshi chorak final o‘yini yirik — 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting