Sport

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
1 oktabr 2024, 13:47 2

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya yarim finalga chiqdi (foto)
30 sentabr 2024, 12:07

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya yarim finalga chiqdi (foto)

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha JCH-2024 da 29-sentabr kuni ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Braziliya Buxoroda Marokashni 3:1 hisobida yengdi, Ukraina esa Toshkentda Venesuelani 9:4 hisobida tor-mor keltirdi. 30-sentabr kuni Qozog‘iston yarim final uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Futzal JCH: Chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi
28 sentabr 2024, 00:01

Futzal JCH: Chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatida 27-sentabr kuni nimchorak final bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi: Fransiya Tailandni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Argentina Xorvatiya darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.

Futzal JCH: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi
26 sentabr 2024, 22:22

Futzal JCH: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi mundialning nimchorak finalida navbatdagi sensatsiyalar qayd etildi: Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni Portugaliyani mag‘lub etdi. Marokash esa jahon chempionatlarida Eronni mag‘lub eta olgan Afrikaning ilk vakiliga aylandi.

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya chorak finalga chiqdi (foto)
25 sentabr 2024, 12:12

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya chorak finalga chiqdi (foto)

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal mundialida 24-sentabr kuni nimchorak finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya Buxoroda Kosta-Rikani tor-mor keltirgan bo‘lsa, Ukraina Toshkentda Niderlandiyani mag‘lub etdi. 25-sentabrda pley-offning Ispaniya — Venesuela va Paragvay — Afg‘oniston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida
24 sentabr 2024, 23:50

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Kramnik terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat olimpiadasi natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Nodirbek Abdusattorov boshqa yosh shaxmatchilar bilan birga “juda-juda uzoq vaqt top darajada qolishini” aytdi.

Toshkentda tantanali kutib olingan shaxmatchilar — suratlarda
24 sentabr 2024, 22:40

Toshkentda tantanali kutib olingan shaxmatchilar — suratlarda

2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.

Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarilishi mumkin
24 sentabr 2024, 19:40

Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarilishi mumkin

Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.

“Qizlarga ham avtomashina berilmaganidan xafaman” — shaxmat Olimpiadasi sovrindori Nodira Nodirjonova
24 sentabr 2024, 16:05

“Qizlarga ham avtomashina berilmaganidan xafaman” — shaxmat Olimpiadasi sovrindori Nodira Nodirjonova

Budapeshtda bo‘lgan shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari 24-sentabr kuni Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan erkaklar jamoasi a’zolariga avtomobillar sovg‘a qilindi. Olimpiadada kumush medal olgan Nodira Nodirjonova bunga o‘z munosabatini bildirdi.

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi
23 sentabr 2024, 22:25

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi

Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston bronza, Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi
23 sentabr 2024, 08:50

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston bronza, Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida 189 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxmatchi Shamsiddin Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar jamoasi 12-o‘rinni egalladi, Nodira Nodirjonova esa o‘z doskasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Futzal JCH: Pley-offning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi
22 sentabr 2024, 23:55

Futzal JCH: Pley-offning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Panamaga yirik — 3:8 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. Ammo bu g‘alaba Panamaga baribir pley-off yo‘llanmasini bermadi. Nimchorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida musobaqa debyutanti Afg‘oniston ham bor.

Futzal JCH: Qozog‘iston Yangi Zelandiyani 10:0 hisobida mag‘lub etdi, Afg‘oniston Ukrainaga mag‘lub bo‘ldi
21 sentabr 2024, 23:59

Futzal JCH: Qozog‘iston Yangi Zelandiyani 10:0 hisobida mag‘lub etdi, Afg‘oniston Ukrainaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston futzalchilari mundialdagi yurishni erta to‘xtatdi, ammo qo‘shnilarda ahvol yomon emas. Qozog‘iston shanba kuni Yangi Zelandiyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi. Afg‘oniston esa, Ukrainaga yutqazganiga qaramay, hamon imkoniyatga ega. Kun gollarga boy bo‘ldi, xususan, ikki futzalchi beshtadan gol urdi.

Foto: O‘zbekiston futzalchilari Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan lavhalar
21 sentabr 2024, 12:40

Foto: O‘zbekiston futzalchilari Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan lavhalar

O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi
21 sentabr 2024, 10:28

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi

Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.

Futzal JCH: O‘zbekiston Kosta-Rikaga yutqazib, mundialdagi ishtirokini erta yakunladi (video)
21 sentabr 2024, 00:31

Futzal JCH: O‘zbekiston Kosta-Rikaga yutqazib, mundialdagi ishtirokini erta yakunladi (video)

O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga qarshi dramatik uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Prezident Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi
20 sentabr 2024, 20:44

Prezident Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi

Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi
20 sentabr 2024, 18:20

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.

Futzal JCH: Tojikiston Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi
19 sentabr 2024, 23:24

Futzal JCH: Tojikiston Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining oltinchi kungi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Portugaliya, Marokash, Eron va Fransiya ham pley-off yo‘llanmasi masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qilib bo‘ldi. Tojik futzalchilari mundialdagi ikkinchi o‘yinda ham alamli mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona ko‘tarilib, 60-o‘ringa chiqdi
19 sentabr 2024, 14:52

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona ko‘tarilib, 60-o‘ringa chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rinni egalladi. Jamoa sentabrdagi 2 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting