20−22 sentyabr kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha navbatdagi Tokio olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
JCH-2022 saralashi doirasida Falastinga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekiston futbolchilari 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining birinchi uchrashuvida falastinlik raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Milliy terma jamoa ilk bor Falastindan mag‘lubiyatga uchradi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov avgustda Rossiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Berlindagi Europakriterium der Bahnfahrer turnirida uchta medalni qo‘lga kiritdi.
«Agar ijobiy natijaga erishilsa, siz tarixda qolasiz, muxlislarimizning orzusi ushaladi». Futbol assotsiatsiyasi prezidenti, DXX raisi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga murojaat bilan chiqdi.
Rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis ikki oylik tanaffusdan so‘ng «Navbahor» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Deyan Jurjevichning o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston voleybolchilari Markaziy va Janubiy Osiyo chempionati finalida Qirg‘iziston jamoasiga mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
«Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov kolumbiyalik raqibi Darli Peresni 30 soniya ichida mag‘lubiyatga uchratdi (+video).
Mo‘ynoq tumani markazida 18×36 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25×11 o‘lchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Toshxo‘jayev tashkilotga yangi rahbar etib saylandi.
O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Anahaymdagi UFC 241 turnirida promoushen prezidenti Dana Uayt bilan ko‘rishdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida boks federatsiyasining Tokio olimpiadasiga va Yekaterinburgda o‘tkaziladigan jahon chempionatmga tayyorgarligi yuzasidan hisobot-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich bilan uning murabbiylar shtabida ishlagan o‘zbekistonlik Maksim Shatskix ham ishdan bo‘shatildi.
Toshkentda 1979 yildagi aviahalokatda vafot etgan «Paxtakor» futbolchilari xotirasi yodga olindi. Fojia yuz berganiga 40 yil bo‘ldi. Toshkentda «Paxtakor-79» ko‘chasi paydo bo‘ldi.
Toshkentdagi «Universal» sport saroyida o‘tkazilayotan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Zafarbek Karimov oltin medal sohibi bo‘ldi.
Kuvaytda o‘tkazilgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalga ega chiqdi.
Dog‘istonda o‘tkazilgan «Magomed-Salam Umaxanov» xalqaro xotira turnirida o‘zbekistonlik bokschilar ikkita oltin, uchta kumush va uchta bronza medali sohibi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting