Shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi Gretsiyani mag‘lub etdi. Endi ular jamoasida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bo‘lgan AQShga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining “S” va “D” guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Afg‘oniston bu safar Argentinaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ukraina Angolani, Qozog‘iston esa Liviyani yirik hisobda taslim etdi.
O‘zbekiston futzal termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozona olmadi. Aksincha, Paragvayga qarshi o‘yin o‘zbekistonliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan tugadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf uchrashuv lahzalarini kadrlarga muhrladi.
O‘zbekiston termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Paragvayga yirik — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Paragvaydan tashqari Tailand va Braziliya ham nimchorak finalga chiqib bo‘ldi.
Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.
Futzal bo‘yicha mundialda O‘zbekistonga qo‘shni uchinchi mamlakat — Tojikiston ham o‘z yurishini boshladi. Ammo tojiklarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi — jamoa Marokashga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rttala o‘yinning birortasida oltitadan kam gol urilmadi.
Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Moldova terma jamoasini mag‘lub etdi (raqib jamoa o‘tgan turda ham mag‘lubiyatga uchragandi). Ayollar terma jamoasi esa ilk mag‘lubiyatini Gruziya bilan o‘yinda qabul qilib oldi.
Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rxok hududida o‘tkazilgan “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafonida 11 ta davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi. Ular orasida Nike elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon ham bor. Foto.
Futzal bo‘yicha mundialning ikkinchi kuni O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi o‘z yurishini boshladi: Afg‘oniston Angola ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Qozog‘iston o‘z darvozabonining sanoqsiz seyvlari evaziga bir ochkolik bo‘ldi. Dushanba kuni yana bir qo‘shni mamlakat — Tojikiston ilk o‘yinini o‘tkazadi.
O‘zbekistonda 14-sentabr kuni futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston futzalchilari Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yin lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda — 14-sentabrda Toshkent va Buxoroda futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston 1-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynadi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning uchinchi turida Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Ayollar terma jamoasi raqiblari reytingi yuqori bo‘lishiga qaramay, musobaqa mezboni Vengriya ustidan g‘alaba qozondi.
Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.
O‘zbekiston terma jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi Olimpiadaning ikkinchi turida Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ayollar terma jamoasi Angola vakillarini mag‘lub etdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qirg‘iziston ustidan haqli ravishda g‘alabaga erishilgani, shu bilan birga, futbolchilarning “ayrim xatolari” haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi hamda murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining birinchi bosqichida Trinidad va Tobago terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi, ammo ikki grossmeysterda muammoli pozitsiyalar kuzatildi. Ayollar jamoasi Gaiti vakillari bilan ishonchli tarzda kurash olib bordi.
Sadir Japarov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi. Avvalroq u “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting