Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Ruslan Nuriddinov bronza medaliga ega chiqdi.
Toshkentda boshlangan dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasining ilk kunida Diyorbek O‘rozboyev va Sardor Nurillayev kumush, Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQSHda Isak Zaratega qarshi o‘tkazadi.
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangida g‘alaba qozondi.
Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangida meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudioga qarshi ringga chiqadi.
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Avstraliyada o‘tkaziladigan yig‘inda Livan va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.
2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Toshkentda qurilayotgan inshootlar uchun mas’ul shaxslarga qat’iy ogohlantirish berdi hamda 2018 yil oxiriga qadar ob’ektlarni topshirish vazifasini yukladi.
Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Doston Yoqubov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan Adhamjon Ergashev yoshlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi.
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressida G‘ofur Rahimov tashkilot prezidenti etib saylandi.
Dohada o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ochko jamg‘ardi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Sport turlarini rivojlantirish, saralash ishlarini takomillashtirish, sohaga yangi zamonaviy metodlarni joriy etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
O‘zbekiston professional ayollar terma jamoasi Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI)ning yil yakunlariga ko‘ra reytingida shosse yo‘nalishi bo‘yicha 20-pog‘onadadan joy oldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 2018 yilning 1−18 noyabr kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba «Toshkent shahar spartakiadasi» sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda qilichbozlikning shpaga turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida «Satellit» xalqaro turniri, qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida «Bilayn O‘zbekiston» kompaniyasi ko‘magi bilan uzunligi 50 metr, kengligi 25 metrni tashkil etuvchi suv havzasi barpo etildi.
Turkiyaning «Vahadir kul mimarlik inshaat taah.tic.ve san» LTD kompaniyasi O‘zbekistonda yangi texnologiyalar va yengil konstruksiyalar asosida loyihalashtirilgan ob’ektlar qurishni taklif etdi.
Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqlarida finalga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting