Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya, KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga chiqadi.
Professional ringda faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev Kaliforniyada navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Turkiyaga safar qilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro Etnosport konfederatsiyasi hamda UNESCO yig‘ilishida qatnashdi.
Iordaniyaning Amman shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kadet sikli doirasidagi musobaqada o‘zbekistonlik uch sportchi medalga ega bo‘ldi.
Indoneziyada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qaroriga ko‘ra 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.
O‘zbekistonga Xitoydan sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar va sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi olib kelinadi.
«Humo Arena"dan xokkey, figurali uchish, kyorling, short-trekni rivojlantirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.
18 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boshlanadigan XVIII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilarni kuzatish marosimi tashkil etildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan keyinchalik bir yilga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan uch yillik shartnoma imzoladi.
O‘zbekiston MTJni boshqaradigan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Toshkentga yetib keldi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov amerikalik Markus Teylorga yutqazib qo‘ydi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjarbek Rahmonov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
6 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper rasman tanishtiriladi.
Toshkentda o‘tkazilgan «CAFA U-15 championship» turnirida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar ikkinchi o‘rinni egalladi.
Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov faoliyatini Qozog‘istonning «Jetisu» klubida davom ettiradi.
Shoakrom Isroilov O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini tark etdi.
Janubiy Koreyaning Jeju shahrida takevondo WTF bo‘yicha «Korea Open» musobaqasida O‘zbekistondan 30 sportchi qatnashdi va 22 ta medal qo‘lga kiritildi.
Futbol bo‘yicha Misr terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston MTJga boshchilik qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting